Yog’och – eng ko’p tarqalgan materil bo’lib, o’quvchilar mashg’ulotlarda ko’p tarqalgan daraxt turlari bilan tanishib chiqishlari kerak.
Qarag’ay - ko’p tarqalgan ishlov berish oson daraxtdir. U unchalik qattiq emas, ammo pishiq, yorish, arralash oson, tolalari bo’ylab randalanadi.
Qoraqarag’ay – yaxshi ishlanadi, uning yog’ochi oq rang ba’zan sarg’ish bo’ladi. Qoraqarag’ay tuzilishiga ko’ra qarag’aydan yumshoq va yengil. Biroq qoraqarag’ayda butoqlar ko’p quriganda yorilib ketadi.
Qayin – Qarag’ayga nisbatan pishiqroq va og’irroq, biroq oson arralanadi va randalanadi, qayin yoqimli qizg’ish tovlanuvchan oq-sariq rangda bo’ladi.
Eman – yog’ochi qattiq, u pishiq va zich hamda og’ir, chiroyli jigar rangga ega.
Toqterak – asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi. Yog’ochi yumshoq anchagina yengil.
Jo’ka – yog’ochi yumshoq, aralash oson, pichoq bilan oson ishlanadi, darz ketmaydi. Jo’kani yorish qiyin. Qarag’ay va qoraqarag’aydan yengil sarg’ish oq rangda.
Fanera – Yog’ochdan shponlar qilinadi, fanerani mana shu shponlar – yog’ochning payraha qilingan yupqa qatlamlari yelimlab yasaladi.
Mozaika - buning uchun yupqa yog’och plastinkalardan tasvir yig’iladi va keyin ularni asosga yelimlab, ustidan lak yoki politura beriladi.
Loy - Loy narsalar yasashdagi asosiy material hisoblanadi, chunki u istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir.
Plastilin – narsalar yasashda qo’llaniladigan materialdir. U su’niy plastik massa bo’lib, loydan hyech qachon qurimasligi va doimo ishlatishga tayyorligi bilan farqlanadi.
Mum – Mum tabiiy va su’niy turlari mavjud. Mum ancha qimmat turadi va undan mayda narsalar yasaladi. Mum bilan ishlash qo’lay, u qo’rimaydi, suv bilan namlashni talab qilmaydi, darz ketmaydi va undan yasalgan narsalar uzoq saqlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR
1.X.Sanaqulov D. Xodiyeva Mehnat o’qitish metodikasi Tafakkur bo’stoni Toshkent -2015
2.N.A. Musulmonov S. Sharipov Mehnat ta’limi o’qitish metodikasi kasb
tanlashga yo’naltirish O’zbekiston faylasuflari milliy-jamiyati nashryoti Toshkent - 2014
Mavlonova R.A, Sanoqulov X.R, Xodiyeva D.P "Mehnat va uni o'qitish metodikasi" O'quv qo'llanma. 2007yil TDPU.
X.Sanaqulov, M.Xaydarov "Boshlang'ich sinfiarda qog'ozdan amaliy ishlar" o'quv-metodik qo'llanma 1996 yil. TDPU.
Ta'Iim lo'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni (Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,"Sharq" nashriyoti)
Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dastur.( Barkamol avlod- O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,"Sharq" nashriyoti)
R.Hasanov, H.Egamov "Tasviriy sa'nat va badiiy mehnat" T. "O'qituvchi" 1997 yil.
Sanaqulov X.R, Xodiyeva D.P «BoshIang'ich sinfiarda tabiiy materiallardan amaliy ishlar» o'quv-metodik qo'llanma 2009 yil. TDPU.
Sanaqulov X, Xodiyeva D, Sanaqulova A “Mehnat ta’limi” 2-sinf darsligi. T., “Nafis bezak” 2013 yil.
Sanaqulov X, Xodiyeva D, Sanaqulova A “Mehnat ta’limi” 3-sinf darsligi. T., “Nafis bezak” 2013 yil.
Internet saytlari
www. tdpu. uz www. pedagog. uz www. Ziyonet. uz www. cdu. uz
tdpu-INTRANET. Ped
Do'stlaringiz bilan baham: |