Doimiy (statsionar) omborxonalar
Kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlashga mo‘ljallangan omborxonalar ko‘p jihatdan bir- biridan tafovut qiladi, bulardan eng muhimi: qanday mahsulot saqlashga mo‘ljallanganligi, rejalashtirilishi va o‘lchamlari va sig‘imi, hajmi, qurilishdagi xususiyatlari, saqlash tartibiga rioya qilish, uskunalar tuzilmasi, mahsulotlarni joylash usullari va yuklash, tushurish ishlarining mexanizatsiyalashganlik darajasi va nihoyat iqtisodiy ko‘rsatkichlaridir. Meva va sabzavotlarni saqlash texnologiyasini rivojlantirishda mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan omborxonalar qurish muhim ahamiyatga ega. Doimiy omborlar meva va sabzavotlarning turiga, rejalashtirilishiga, hajmiga, saqlash tizimiga, mahsulotlarni joylashtirish va boshqa bir qator xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi.
Doimiy omborxonalar meva va sabzavotlarning turiga qarab – kartoshka, ildizmeva, piyoz, karam va meva saqlashga moslashtirilgan bo‘ladi. Bu mahsulotlarni saqlash sharoiti bir-biridan tafovut qiladi va ularni bir omborda saqlash tavsiya etilmaydi. Doimiy omborxonalar sig‘imi jihatidan kichik, o‘rtacha va katta bo‘ladi. Kichik omborxonalarning sig‘imi 100-200 tonna, o‘rtacha omborxanalarniki 10 000 tonnagacha, katta omborxonalarniki 30 000 tonnagacha bo‘ladi. Katta sig‘imli omborxonalar kichigiga qaraganda qurilish va iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘ladi. SHu Bilan birga mahsulotni saqlashga sarf bo‘lgan xarajat ham kam bo‘ladi.
Omborxonalarni rejalashtirishda ularga transportning kirib chiqishi va chuqurligini hisobga olish lozim. Hozirgi qurilayotgan barcha omborxonalar avtotarnsport bir tomonidan kirib ikkinchi tomonidan chiqib ketadigan qilib qurilgani ma‘qul. Omborxonaning chuqurligini belgilashda yer osti suvlari hisobga olinadi. Bunda yer osti suvlari 2 metrdan past bo‘lishi kerak. Bizning sharoitimizda asosan omborxonalar yarim chuqur yerto‘la qilib quriladi. Meva omborxonasi mahsulotni saralashda yorug‘ bo‘lishi uchun yer ustiga quriladi. Eng oddiy meva omborlari qatoriga oddiy yerto‘la kiradi.
Oddiy yerto‘la quruq yerdan chuqurligi 1 metr qilib qaziladi. Usti yopilib, yon tomonlariga taxta qoqiladi yoki gpisht teriladi. Ichiga devorlari bo‘yolab so‘kchaklar o‘rnatiladi. Yerto‘laning uzunligiga qarab har 3,5 metr joyga bittadan yo‘g‘onligi 10x10 sm li ventilyatsiya naylari o‘rnatiladi. Saralangan mevalar yashiklarga solingan yoki so‘kchaklarga to‘kilgan holda saqlanadi.
Ba‘zan yerto‘laning chuqurligi 1,5 metr, eni 4 metr, uzunligi saqlanadigan mevanting turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Er ustida qurilgan omborlar bir qavatli gpishtli imorat bo‘lib, ularning devor va shiplari ‘o‘kak, qi’iq, qamish va boshqa materiallardan tayyorlangan plitalar bilan qo‘lanadi. polni taxtadan qilib, ular orasida tirqishlar qoldiriladi. Bo‘lmani pol orqali tashqi havo Bilan shamollatib turish uchun qo‘qoqli tuynukchalar qilinadi.
Omborxonalar ikki qavatli qilib ham quriladi. Bunda uning birinchi qavati yerto‘la, ikkinchisi yer usti qavatidan iborat bo‘ladi. Ularda yerto‘la va yer usti omborxonalarining afzalliklari uyg‘unlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |