Respublikasi oliy va


I Bob. Moliyaviy tahlilda axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari



Download 254,77 Kb.
bet4/36
Sana16.01.2022
Hajmi254,77 Kb.
#377288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
moliyaviy tahlilda axborot tizimlarining orni va ularni boshqarish (1)

I Bob. Moliyaviy tahlilda axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari


    1. Moliyaviy tahlil tushunchasi, uning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, ishlab chiqarish munosabatlarining takomillashuvi, ishlab chiqarish ko’lamining kengayishi natijasida oldin qo’llanilib kelingan tahliliy xisob-kitoblar, faraz qilishlar rivojlangan korxonalar faoliyatini o’rganish uchun etarli bo’lmay qoldi. Xo’jalik yurituvchi sub`ektlarning faoliyatini xar tomonlama qamrab olgan kompleks iqtisodiy tahlilsiz murakkab iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va optimal qarorlar qabul qilish mushkul bo’lib qoldi. Tahlil- bu, boshqaruv jarayonidir2.

Moliyaviy tahlilning shakllanishi, rivojlanishi bir-qancha bosqichlardan iborat. Dastlab, buxgalteriya xisobi(taxminnan 500 yil oldin), keyinchalik iqtisodiy taxlil( 100 yil oldin) paydo bo’lgan. Iqtisodiy tahlil zamirida moliyaviy tahlil paydo bo’lgan va rivojlangan.

O’tgan asrning 90-yillarning boshlariga kelib, respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, fanning boshqa sohalarda bo’lgani kabi, tahlil sohasida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish natijasida, iktisodiyot tarmoqlarida iqtisodiy taxlilga bo’lgan munosabat tubdan o’zgara boshladi. Xo’jalik yurituvchi sub`ektlarda moliyaviy tahlilga bo’lgan ehtiyoj sezila boshladi. Respublikamizda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, xususan moliyaviy sektorning rivojlantirilishi moliyaviy tahlilni ahmiyatini yanada oshirdi. Bugungi kunda, moliyaviy tahlil O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarni jadallashtirishda faol ishtirok etuvchi iqtisodiy dastaklarning biri sifatida namoyon bo’lmokda.

Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida korxonalarning mustaqil faoliyati uchun katta imkoniyat yaratib beriladi. Korxonalarga berilgan erkinlik ularning





  1. Мелников В.В., Герaсимов Е.Б. Aнaлиз финaнсово-хозяйственной деятелности предприятии. Учебное пособие.-М.:ФОРУМ: ИНФРA-М, 2008. -192с.(13с).

mas`uliyatini xam oshiradi. Iqtisodiy erkinlik va mas`uliyatining oshganligi ularning moliyaviy xo’jalik faoliyatini faoliyatini chuqur taxlil qilishni takozo qiladi.

So’zsiz, moliyaviy taxlil rejali iktisodiyot sharoitida xam mavjud bo’lgan. Ammo, uning maksadi va moxiyati, rejali iktisodiyotga moslashtirilgan. Moliyaviy tahlil vositasida Davlat tomonidan belgilangan rejaning bajarilish holati o’rganilgan. Barcha mulk, uni tasarruf etish bevosita davlatning ixtiyorida bo’lganligi sababli, moliyaviy tahlilning mazmunida ham mafkuraviy ta`sir mavjud bo’lib, davlat manfaatini o’zida aks ettirgan.

Bugungi kunda, respublikamizda iqtisodiy vaziyat tubdan o’zgardi. Iqtisodiy tizimda Davlat monopoliyasiga chek qo’yildi, aksincha, kup mulkchilikka asoslangan, bozor munosabatlarini uzida ifoda etadigan, mazmun jixatidan yangi iktisodiyot shakllandi.

Yangi iqtisodiy sharoitda, moliyaviy tahlil hech kanday mafko’raga bo’y sunmay, bir vaqtda davlat manfaatini inkor etmagan holda, turli mulk egalarining manfaatlarini o’zida aks ettiradi.

Yangi davr talabi asosida moliyaviy tahlilning maksadi, vazifalari, tarkibi, unda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar tizimini qayta ko’rib chiqish zarur edi.

Moliyaviy tahlil o’rganish jarayoni, tadqiq qilish vositasi bo’lib, u iqtisodiy xodisa va jarayonlar moxiyatini anglashga xizmat qiladi. Turli iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy tahlilning predmetiga o’ziga xos bo’lgan ta`rif beriladi. Moliyaviy tahlil xo’jalik yurituvchi sub`ektlarning moliyaviy-xujalik jarayonlarini sodir bo’lishini, o’zgarishini xamda moliyaviy barkarorligini, to’lov qobiliyatini, raqobatga chidamli bo’lib faoliyat ko’rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion boyliklaridan oqilona foydalanayotganlik darajasini o’rganadi. Bunda o’rganishning ob`ektiv va sub`ektiv qonunlarga tayanadi xamda ko’pgina axborot manbalaridan foydalanadi.

Ob`ektni moliyaviy taxlil qilishda nafaqat sodir bo’layotgan ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni o’rganadi, balkim, mavjud natijaga oqilona baho berish bilan

birgalikda, yul quyilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf qilish va shu orqali tahlil qilinayotgan ob`ektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilash borasida takliflar ishlab chiqiladi. Shu sababli, moliyaviy-xo’jalik jarayonlarni o’rganish, yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash, hamda tegishli tavsiyalar ishlab chiqish jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar moliyaviy tahlilning predmeti deb e`tirof etish mumkin. Moliyaviy tahlilning ob`ekti deganda xo’jalik yurituvchi sub`ektlarning moliyaviy-xo’jalik jarayonlari, faoliyat natijalari tushuniladi.

Shu boisdan, moliyaviy tahlilning ob`ektiga davlat, jamiyat tashkilotlari, uyushmalar, trestlar, birjalar, korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo’jalik yurituvchi sub`ektlarning xo’jalik jarayonlari kiradi. 1-chizmaga qarang.

Moliyaviy tahlil


Sanoat korxonalarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tahlili

Bank, sug`urta komaniyalari, byudjet tashkilotlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tahlili

Boshqa tarmoqlariga mansub korxonalarning moliyavi-xo’jalik faoliyatinini tahlili




Download 254,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish