jadval6
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
Moliyaviy tahlil metodlarining asosiy tamoyillari
t/r
|
Moliyaviy tahlil
metodlarining asosiy tamoyillari
|
izzoh
|
1
|
Doimo harakat
|
Tahlil qilinuvchi ob`ekt doimiy harakatda
|
2
|
O’zaro aloqa va o’zaro
bog`liklik
|
Tahlil qilinuvchi ob`ektlar hamda omillar o’zaro
a`loqada va bog`liklikda
|
3
|
Sabab-oqibat
|
Omillarning ta`siri salbiy yoki ijobiy bo’lishi mumkin
|
4
|
Abstraktsiya
|
Ikkinchi darajali faktorlardan fikran chetlashish
|
5
|
Mikdor o’zgarishidan sifat
o’zgarishi
|
Moliyaviy resurslarning miqdorini oshishi moliyaviy
holatga ta`siri
|
6
|
SHaklning mazmunga
mosligi
|
Tahlil uchun tanlangan ob`ekt haqidagi
ma`lumotlarning to’liqligi
|
7
|
Mantiq
|
Tahlil natijasining mantiqan haqqoniyligi
|
Moliyaviy tahlil metodlaridan foydalangan holda xo’jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealarni tahlil qilishda juda ko’plab ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
O’rganilayotgan moliyaviy-xo’jalik jarayonlarining farqlarini va tafovut sabablarini aniqlash, tafovutga sabab bo’lgan, ta`sir ko’rsatgan omillarni xisoblash moliyaviy tahlil metodining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Xatto tahlil natijasida nazarda tutilmagan ko’rsatkichlar aniqlanishi mumkin. CHunki tahlil qilinayotgan moliyaviy munosabatlar yuzaga keltiruvchi iqtisodiy jarayonlar doimo bir-biri bilan uzviy bog`liq hisoblanadi. SHu sababli, moliyaviy tahlilda xatolarga yo’l qo’yish ayrim olingan xo’jalik jarayonining butun bir yakuniy natijasiga sezilarli ta`sir ko’rsatadi va o’zgartirib yuborishi xam mumkin.
Moliyaviy tahlil metodini qo’llashda omillarni to’g`ri guruhlash, xo’jalik faoliyatini tahlil qilishning sifatli bo’lishida muhim ro’l uynaydi.
Moliyaviy tahlili metodining yana bir o’ziga xos jihati shundan iboratki, o’rganilayotgan ko’rsatkich va xujalik jarayonlari bir-biri bilan o’zaro bog`liqlida va bog`lanishda o’lchash lozim. Baracha omillar son va sifatga ajratiladi. Son omil daromad miqdori, sotilgan mahsulot hajmi bo’lsa, sifat esa rentabellik darajasi hisoblanadi.
Moliyaviy tahlilning metodida zanjirli bog`lanish mavjud. Barcha ko’rsatkichlar bir-biri bilan zanjirli bog`lanib, sistemada har-bir omilning o’z
ta`sir xajmi bor. Tahlil jarayonida e`tiborga olinmagan har- bitta ko’rsatkich yoki omil, natijalarni noaniq bo’lishiga olib keladi.
Shu sababli, moliyaviy tahlil metodining muxim xususiyati o’rganiladigan iqtisodiy ko’rsatkichni boshqa omillar bilan bog`liqlikda o’rganishdir.
Tahlilni amalga oshirishda mos tanlangan usul uning natijasini ob`ektiv bo’lishiga olib keladi.
Moliyaviy taxlilning muxim uslubiy jixatlaridan biri, u nafaqat sabab- okibatlarni aniklabgina qolmay, balki u son jixatdan tavsif beradi, ya`ni xar -bir omilning faoliyat natijalariga kay miqdorda ta`sir ko’rsatishini aniklaydi.
Sistemali yondoshish esa o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni bosqichma- bosqich tahlil qilish, ularni o’zaro bog`lik holda tadqiq qilishni ko’zda tutadi.
Moliyaviy tahlilni amalga oshirishda qator usullardan foydalaniladi. 3- chizmaga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |