Talabalar bilimi va mahoratiga talablar
Talabalar o’quv rejasiga kirgan barcha iqtisodiyot fanlarini bilish uchun korxona
iqtisodiyoti sohasidagi barcha bilimlar majmuasini o’rganishlari, qamrab olishlari
zarur. Ular korxonani ishlab chiqarish tuzilishi, ishlab chiqarish texnikasi va
texnologiyasi, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirish shart - sharoitlari,
talablari, korxonada ishlab chiqarishni iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy va ijtimoiy
boshqarilishi asoslarini yaxshi bilmoqlari, tasavvur qilmoqlari lozim bo’ladi.
Talabalar korxona ishlarini tashkil etish, korxona faoliyatini rejalashtirish, tahlil
qilish va eng samarador usullarini tanlay olish sohasida amaliy tajribalarga ega
bo’lishlari kerak. Talabalar korxona xo’jaligidagi muammolarni tashqi sohadagi
faoliyat turlari – investitsiya, soliq, bojxona xizmati, kredit va moliya tizimlari bilan
o’zaro aloqadorligini o’rganishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |