Respublikasi oliy va o’rta


Kompleks mexanizatsiyalashtirish



Download 0,56 Mb.
bet15/25
Sana28.03.2022
Hajmi0,56 Mb.
#513818
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
ERATORI PDF

Kompleks mexanizatsiyalashtirish - barcha sermehnat va og‟ir texnologik jarayonlarni mashinalar komplekti yordamida bajarilishini ko‟zda tutadi. Mashinalar komplektidan foydalanish belgilangan ish sur‟atini, eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko‟rsatkichlarni, ishlar va mahsulotlar sifatining amaldagi standartlarga javob berishini ta‟minlaydi.
Avtomatlashtirish - qurilishni mexanizatsiyalashtirishning yanada yuqori bosqichidir. Avtomatlashtirilgan (qisman avtomatlashtirish) va avtomatik jarayonlar (kompleks avtomatlashtirish) mavjud. Qisman avtomatlashtirishda texnologik jarayonning faqat ayrim operatsiyalari avtomatlashtirilib, yakuniy mahsulotni olish uchun insonning ishtiroki talab qilinadi. Avtomatik jarayonlarda texnologik jarayonlar avtomatik tarzda bajariladi, inson esa faqat avtomat qurilmalarining sozligini kuzatib boradi. To‟liq avtomatlashtirishda texnologik jarayonni EHM boshqaradi.
Robototexnik vositalar va hisoblash mashinalarini keng qo‟llash orqali texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish asosida korxonalarni Avtomobil yo‟llarining ishonchliligi deganda yo‟lning me‟yoriy xizmat muddati mobaynida harakatni (berilgan foydalanish ko‟rsatkichlari bilan) ta‟minlab berishi tushuniladi.
Ishonchlilik nazariyasida boshlang‟ich buzilmasdan ishlash, ta‟mirtalablik, xizmat muddati, rad etish (otkaz) larni farqlash qabul qilingan. Avtomobil yo‟lining bogshangich buzilmasdan ishlashi deganda qurilish tugallanib, yo‟l foydalanishga topshirilgan vaqtda yo‟lning haqiqiy ko‟rsatkichlari talablarga javob berishi tushuniladi, ya‟ni statik nazorat usulida belgilangan o‟rtacha qiymatdan chetga chiqish yo‟l qo‟yilgan qiymatdan ortmaydi, nostatik nazorat usulida esa farqi SNiP “ishlarni tashkil qilish, bajarish va qabul qilish” yoki boshqa amaldagi me‟yoriy hujjatlarda belgilanganidan
oshmaydi.
Avtomobil yo‟lining ta’mirtalabligi deganda tegishli ta‟mirlash ishlarini amalga oshirish orqali uning ish qobiliyatini tiklash imkoniyati tushuniladi.Avtomobil yo‟lining xizmat muddati deganda yo‟l topshirilgan vaqtdan boshlab uni qayta qurishgacha bo‟lgan davr tushuniladi. Bu davr mobaynida yo‟lning ishi avtomobillarning hisobiy oqimi harakatida berilgan parametrlar tubdan texnik qayta jihozlash orqali ishlab chiqarishda band bo‟lgan kishilar korroziyaga va yemirilishga chidamliligi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, boshqa regionlarga nisbatan qattiqroq talablar zarurligi; asfaltbetonni yanada yuqoriroq darajada shibbalash zarurligi, yanada pastroq qoldiqg‟ovakligi va suvga to‟yinishi, shuningdek mineral materiallar va yo‟l asfaltbetonining sovuqqa chidamliligiga qattiqroq talablar kerakligi to‟grisidagi xulosaga kelingan. Asfaltbeton zavodlar tekshirilganda ularning taxminan 75% qorishmani tekshirish davomida aniqlangan xatoliklar bilan doimiy tarzda tayyorlashlari belgilangan. Qorishmaning sifati ko‟p jihatdan dozalashning aniqligi, tarkibining tabiiy variatsiyasi va o‟zgaruvchanligi, shuningdek, g‟alvirlanishining (groxochenie) aniqligiga bog‟liqligini nazarda tutgan holda, qator xorijiy mamlakatlarda yo‟l qo‟yiladigan standart farq bilan qorishma komponentlarining tarkibi variatsiyasining haqiqiy o‟rtacha qiymatlari taqqoslandi. Bu tekshiruv boshlanishida ish holatini baholashga imkon berdi. Ma‟lum bo‟ldiki, masalan, mineral kukun bo‟yicha farqlar boshqa davlatlar normalarida qabul qilinganidan deyarli 2 baravar ko‟p miqdorni tashkil qilgan.
Qoplamalar tekshirilganda butun qatnov qismning kengligi bo‟yicha asfaltbetonning zichligida sezilarli farq aniqlangan. Yo‟l chetlaridagi zichlik asfalt yotqizish mashinasi o‟tgan o‟rtadagi tasmalardagiga nisbatan eng kam - o‟rtacha 4,2% ga kam chiqqan. Yo‟l bo‟ylab tekshirilgan zichlik ham turlicha chiqqan. Bir xil emasligining sabablari aniqlangan. Masalan, ko‟p zavodlarda issiq g‟alvir (groxochenie) bo‟sh zveno chiqqan bo‟lsa, qorishma yotqizilishida qorishmani uzatish ritmi va butun qatnov qismi bo‟ylab bitta asfalt yotqizish mashinasi bilan yotqizilish ehtimoli va sh.k.
Ishlar aniq tashkillashtirilganda qorishmani yotqizishda, shibbalovchi mashinalar ustidan nazorat qilishda farq kamayadi, bir xillik esa ortadi. Bundan tashqari, qoplamalardagi asfaltbetonning o‟rtacha zichligi ortganda standart farqning
o‟rtacha qiymati sezilarli darajada kamayadi. Ushbu ilmiy va ishlab chiqarish jamoasining 3-4 yillik ishi davomida yo‟llardagi qorishma va asfaltbetonning sifatidagi standart farqlar va o‟rtacha qiymatlar sezilarli
darajada yaxshi tomonga o‟zgaradi. Qoplamalarning foydalanish xususiyatlari ortadi. Bir necha yillar mobaynida doimiy nazorat 40 ga yaqin ABZni qamrab olgan. Dastlab har bir zavoddan bitumning donadorlik tarkibini aniqlash uchun namunalar olingan. Har bir aralashtirgichdan olingan hajm 50 namunani tashkil etgan. Sabablarni aniqlash va tavsiyalarni asoslashga oid keyingi ishlar har bir savol bo‟yicha yuzlab namuna olishni talab qildi.
Ishonchlilik va matematik arifmetika nazariyasi usullari, ko‟rsatilgan sohadan tashqari, yo‟l qurilishida ishlarni tashkillashtirishda, qayta qurish va barcha turdagi ta‟mirlash ishlarida ko‟p qo‟llanilmoqda. Mazkur nazariy usullari negizida qurilish davomida yuzaga keladigan loyiha yechimlariga aniqliklar kiritishdagi boshqa masalalarni, masalan, materiallarni tejash yoki qatlam parametrlarini aniqlashni ham hal qilish mumkin.
Nazorat savollari

  1. Avtomobil yo‟li qurilishini tashkillashtirish

  2. Avtomobil yo‟li qurilishi bo‟yicha ishlarni tashkillashtirish

  3. barcha ishlab chiqarish va yordamchi

Mavzu 10 Yo„l qurilishda yer qoplamasini ko`tarishda bulldozer mashinasining ishlash jarayoni
Reja

    1. Avtomobil yo‟llari qurilishiga oid

    2. qurilish tashkilotining ishlab chiqarish korxonalari

    3. barcha materiallar

“Avtomobil yo‟llarini qurish texnologiyasi va tashkillashtirilishi” fanini ta‟riflashda texnologiyaning asosiy vazifalari ko‟rsatilgan. Shu qoidalarni rivojlantirgan holda ta‟kidlash lozimki, yo‟l qurilishi texnologiyasi fizikaviy (masalan, mexanikaviy), fizik-kimyoviy (beton, ohakning qotishi), shuningdek, materiallarga ishlov berish yoki qayta ishlashning boshqa mexanizatsiyalashtirilgan yoki avtomatlashtirilgan usul va jarayonlarini o‟z ichiga oladi, buning natijasida alohida konstruktiv elementlar va butun bir muhandislik inshootlarining majmuasi ko‟rinishidagi yo‟l barpo etiladi. Bu jarayonlarning barchasi texnologik deb ataladi. Yo‟llarni qurish texnologiyasi - sanab o‟tilgan jarayonlar haqidagi fan bo‟limidir.


Ayrim murakkab masalalar bo‟yicha avtomobil yo‟llarini qurish texnologiyasining nazariy asoslari shakllanishda davom etmoqda. Ularga, masalan, qurilish sifatining talab etiladigan ko‟rsatkichlarining topshirilgan ishonchliligini ta‟minlagan holda texnologik jarayonlarni boshqarish va sh.k.lar kiradi. Fan va amaliyotning ma‟lumotlarini umumlashtirish natijasida yo‟l- qurilish ishlarining barcha turlari bo‟yicha texnologik jarayonlarning batafsil bayonlari yo‟riqnomalar, texnologik kartalar va boshqa hujjatlar ko‟rinishida ishlab chiqilgan. Zamonaviy texnologiya tarkibiga mahsulot sifati va texnologik jarayonlar borishining texnik nazorati kiradi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish