Avtomobil yo’li qurilishini tashkillashtirish
Avtomobil yo‟li qurilishini tashkillashtirish - samaradorlikni oshirish, ya‟ni ishlab chiqarish resurslaridan foydalanib tabiatni muhofaza qilish va ishlar sifatiga qo‟yilgan talablarga rioya qilgan holda, qo‟yilgan vazifalarni rejada belgilangan muddatlarda bajarishga erishish maqsadida ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir.Chora-tadbirlar majmuiga ko‟p hollarda oqimli (potok) bo‟ladigan qurilishni aniqlash va amalga oshirish usuli, odatda, pudrat usulida ishlaydigan brigadalar tarkibini aniqlash, mashinalar soni va ularning qurilish jarayonidagi ishtirokini, ya‟ni ularning makon va vaqtda mosligini hisoblab chiqish kiradi.Ishlab chiqarish masalalarini hal qilish qurilishni tashkillashtirishni tartibga soladigan asosiy hujjatlar, shuningdek, moliyaviy ta‟minot, kadrlar masalasi, quruvchilar jamoasining maishiy masalalari (turar joy, ovqatlanish, ishchilarni ish joyiga yetkazish), ob‟ektlardagi doimiy va vaqtinchalik ishlarga ishchilarni joylashtirish, ularning dam olishi va boshqa ijtimoiy masalalarning hal qilinishidan iborat.
Avtomobil yo‟li qurilishi bo‟yicha ishlarni tashkillashtirish murakkab hisoblanadi va qator hollarda elektron-hisoblash mashinalarini qo‟llashni talab etadi. Avtomobil yo‟llari qurilishiga oid ishlar katta hajmdagi materiallarning sarflanishini talab qiladigan ishlarga kiritilib, bunda ko‟p materiallarni nafaqat avtomobil transporti, balki boshqa turdagi transportda ham yuzlab va minglab kilometr masofalarga tashib keltirish zarur bo‟ladi.
Materiallar va yarim tayyor mahsulotlarni zavodlar hamda liniyalarga o‟z vaqtida yetkazib berish, barcha ishlab chiqarish va yordamchi, ayniqsa, transport va liniya bo‟linmalaridagi aniq ishlar loyihalashtrilgandek qurilishni tashkillashtirish va ishlarni tejamli bajarishni ta‟minlaydi. AQShda har qanday ishlab chiqa rish faoliyatining asosiga qisqagina “aniq vaqtida” talabi qo‟yiladi, ega, demakki, yanada unumdor qurilish va yo‟l
mashinalarini, universal, mobil, ishchi uskunasi almashtiriladigan, katta yukli avtomobillar, avtobetonqorishtirgichlar, gidravlik boshqaruvga ega kranlarni ishlab chiqarishni ko‟paytirish zarur.
Dağıtıcılar, samosval uchun qo'shimcha sifatida ishlatiladi. Ular taxtani ag'darish vaqtida to'xtatadigan qavslar. Bu quyma materiallarni tushirishning aniqligi va aniqligini yaxshilaydi.
Nazorat savollari
avtomobil yo‟li qurilishini tashkillashtirish
Aavtomobil yo‟li qurilishi bo‟yicha ishlarni tashkillashtirish
barcha ishlab chiqarish va yordamchi
Mavzu 9 Yo„l qurilishda yer qoplamasini ko`tarishda suv tashuvchi mashinasining ishlash jarayoni
Reja
Avtomobil yo‟llari qurilishiga oid
qurilish tashkilotining ishlab chiqarish korxonalari
barcha materiallar
Avtomobil yo‟llari qurilishiga oid barcha ish turlari ularni tashkillashtirish xususiyatlari, qo‟llaniladigan vositalar va maqsadiga ko‟ra tayyorlash, transport va qurilish-montaj ishlariga bo‟linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |