Tayyorlash ishlari - qurilish tashkilotining ishlab chiqarish korxonalari tomonidan tayyorlab beriladigan materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallarni tayyorlash hamda saqlash ishlarini o‟z ichiga oladi.
Transport ishlari - barcha materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallarni qurilayotgan yo‟lga hamda yo‟l bo‟ylab yotqiziladigan joylarga tashish ishlarini o‟z ichiga oladi.
Qurilish-montaj ishlari - tayyorgarlik ishlari, yo‟l poyi, sun‟iy inshootlar, yo‟l to‟shamasini qurish, yo‟llarni obodonlashtirish uchun yo‟l, bino va inshootlarni jihozlash ishlarini o‟z ichiga oladi Ish hajmlarini bir tekis va takror taqsimlashga ko‟ra qurilish- montaj ishlari liniyaviy va jamlanganturlarga bo‟linadi. Butun yo‟l bo‟ylab bir tekis taqsimlangan va ba‟zi uchastkalarda o‟rtacha qiymatidan biroz farqlanadigan ish hajmlari liniyaviy deb ataladi. Liniyaviy ishlarga uncha katta bo‟lmagan ko‟tarma va o‟ymalarda yo‟l poyini ko‟tarish, yo‟l to‟shamasini qurish, kichik ko‟prik va quvurlarni qurish, to‟siqlar va belgilarni o‟rnatish ishlari kiradi. Yo‟l qurilishida liniyaviy ishlar ko‟pchilikni tashkil qiladi. Ayrim uchastkalar yoki maydonlarda uchraydigan ishlar jamlangan deb ataladi. Ularga baland ko‟tarmalarni, chuqur o‟ymalarni ko‟tarish, yo‟l va transport xizmati binolarining yirik majmualarini qurish kiradi. Jamlangan ishlar katta hajmi, ishlab chiqarishdagi murakkabligi va sermehnatliligi bilan liniyaviy ishlardan farq qiladi hamda ko‟pincha, ularni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlarini jalb qilishni talab etadi. Mexanizatsiya - ish unumdorligini oshirish va qurilish jarayonlarini intensifikatsiyalashning hal qiluvchi omilidir. Hozirgi kunda katta quvvatga ega, demakki, yanada unumdor qurilish va yo‟l mashinalarini, universal, mobil, ishchi
uskunasi almashtiriladigan, katta yukli avtomobillar, avtobetonqorishtirgichlar, gidravlik boshqaruvga ega kranlarni ishlab chiqarishni ko‟paytirish zarur. Shuningde kichik
mexanizatsiya vositalari va mexanizatsiyalashtirilgan asboblar keng qo‟llanmoqda, bu esa ish unumdorligini oshirish va qurilish sifatini yaxshilashga, qo‟l mehnatini yengilashtirishga yordam beradi.Ishlarni to‟gri tashkillashtirishni faqat kompleks
mexanizatsiyalashtirilgan holda ko‟rish zarur, bunda hamma asosiy va yordamchi jarayonlar hamda operatsiyalar mashinalar bilan, aniqrog‟i, unumdorligi va asosiy parametrlari bo‟yicha bir-biriga bog‟liq bo‟lgan mashinalar komplekti bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |