9.“Napoleonchaxotira”nomlimashq. 1. Berilgan figuralarga quyidagi raqamlarni qo‘yib chiqing: 2.
22 Proщiskaya Ye.N. Vыbirayte professiyu / Ucheb. posobiye dlya st. kl. sred. shk. – Moskva: Prosveщyeniye, 1991. – S. 51.
2
4
Mashg‘ulotning yakuni Tinglovchilarning faoliyati umumiy tarzda tahlil qilinadi. Imkon qadar har birining faoliyatiga baho beriladi. Mashg‘ulot yakunlanadi.
amaliy mashg‘ulot: PEDAGOGLARDA KREATIVQOBILIYATNIRIVOJLANTIRISH.
Reja: Maxsus testlar yordamida pedagogning kreativlik sifatlariga egaligini o‘rganish.
Pedagogik kreativlikni rivojlantirishga doir topshiriqni bajarish.
E.P.Torrensning “Tugallanmagan rasmlar” testi bilan ishlash.
Devid Lyuisning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko‘rsatmalari bilan tanishish va u yuzasidan muhokama tashkil etish.
Mashg‘ulotningborishi: “To‘ldirilgan hikoya” testi yordamida pedagogning kreativlik sifatlariga egaligini o‘rganish.
“To‘ldirilganhikoya”testi Test har biri 8 ta rasmdan iborat ikkita to‘plam asosida tashkil etiladi. Hikoyaning qahramoni – Ferdinad nomli shaxs. Testning maqsadi ta’lim oluvchilarning Ferdinandning odatiy kundalik hayotida ro‘y
bergan ikki hodisalarning mohiyatini qanchalik to‘g‘ri anglay olishlarini aniqlashdan iborat.
Ferdinand oilali, uning rafiqasi va o‘g‘li bor. U korxonalardan birida rahbar bo‘lib ishlaydi. Shu sababli ikkinchi hikoyada uning qo‘l ostida ishlaydigan xodimlari ham ishtirok etadi.
Har ikki to‘plam testlarida birinchi qatorda joylashgan to‘rtta rasm orqali Ferdinandning hayotida ro‘y bergan voqealarning izchilligi aks ettirilgan. Biroq, bu qatorda bitta rasm tushirib qoldirilgan. Sizlar ikkinchi qatorda berilgan yana to‘rtta rasm orasidan birinchi qatordan tushirib qoldirilgan rasmni joyiga qo‘yish talab etiladi. Tegishli rasm o‘z joyiga qo‘yilgach, Ferdinand bilan bog‘liq voqeaning mazmuni to‘la anglanadi.
Tinglovchilarning xatti-harakatlari ikki holatni yuzaga keltiradi:
bordi-yu, tegishli rasm to‘g‘ri topilsa, personajlarning his- tuyg‘ularini to‘g‘ri anglanadi va Ferdinandning hayotida ro‘y bergan voqeaning mazmuni ham to‘g‘ri tushuniladi;
agarda tegishli bo‘lmagan rasm bo‘sh katakka qo‘yilsa, u holda voqeaning izchilligi ta’minlanmaydi.
Demak, e’tiboringizga havola etilayotgan rasmlarni diqqat bilan ko‘zdan kechiring va bo‘sh katakni tegishli rasm bilan to‘ldiring!
Har bir test bilan ishlashingiz uchun Sizlarga 10 daqiqa vaqt beriladi. Reglament tugashiga bir daqiqa qolganda Sizlarni ogohlantiramiz. Topshiriqni imkon qadar tez bajarishga harakat qiling. Bir topshiriq uchun ko‘p vaqt ajratmang. Garchi javobni noto‘g‘ri deb hisoblasangiz-da, uni bayon eting!