rasm. Nizoni hal qilishning pedagogik va ma’muriy usullari
Pedagoglar pedagogik nizo ishtirokchilariga pedagogik, pedagogik yordam ko‘rsata olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari zarur. Bu borada ko‘rsatiladigan yordam turlari quyidagilar sanaladi (50-rasm):
rasm. Pedagogik nizo sub’yektlariga ko‘rsatiladigan pedagogik-psixologik yordam turlari
Zamonaviy pedagog imidji. Bugungi kunda “imidj” tushunchasi ishlab chiqarish, savdo va o‘zaro munosabatlar jarayonida faol qo‘llanilmoqda.
O‘qituvchilarning imidji ularning shaxsi to‘g‘risida atrofdagilarga “ma’lumot” berib qolmay, balki talabalarga samarali ta’sir ko‘rsatish vositalaridan biri sanaladi.
Talabalarga samarali ta’sir ko‘rsata olish uchun pedagog qanday imidjga ega bo‘lishi zarur. Pedagogning imidji uning sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli yaltiroq bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq kiyinishida aks etadi. Soch turmagi uning erkin ishlashiga halaqit qilmasligi kerak.
Pedagogning kasbiy faoliyatiga mos ish kiyimiga ega bo‘lishi talabalarga u tomonidan ko‘rsatilaigan tarbiyaviy ta’sir samaraorligini oshiradi. Zero, ish kiyimi, eng avvalo, pedagogni tartibga o‘rgatadi, qolaversa, uning tartibliligi talabalar ham namuna bo‘la oladi.
Kasbiy faoliyat pedagogning pardoz maqsadlarida turli yorqin ranglar (qizil, qora, ko‘k, yashil, zarg‘aldoq va b. rangli tirnoq va soch bo‘yoqlaridan) foydalanmasligini taqozo etadi. Shuningdek, pedagog ta’lim muassasasiga o‘ta hashamdor, ochiq, yaltiroq liboslarda kelmasligi zarur. Chunki yorqin ranglar, hashamdor, ochiq, yaltiroq liboslar talabalarning e’tiborini ta’lim olishdan chetga tortadi. Bu esa o‘z- o‘zidan ta’lim sifati va samaradorligiga ziyon yetkazadi.
Demak, “pedagogik mahorat” tushunchasi o‘tgan asrning 80-90- yillarida ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida “Innovasion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” moduli negizida tinglovchilarni pedagogik mahorat asoslar bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Pedagogik mahoratning tarkibiy elementlari bilan tanishish ular tomonidan pedagogik texnika, nutq madaniyati, pedagogik deontologiya, kommunikativ komptentlik kabi sifatlarni samarali o‘zlashtirish, pedagogik nizolarga oqilona yondashish imkoniyatini beradi.
Mohiyatiga ko‘ra pedagogik mahorat yaxlit tizim bo‘lib, uning tarkibida pedagogik bilimdonlik, odob, qobiliyat, muloqot madaniyati, relaksasiya, takt, texnika, ijokorlik, tajriba va madaniyat, kommunikativ
ta’sir ko‘rsatish maaniyati hamda nutq texnikasi malakasiga egalik ko‘zga tashlanib, pedagog mahorati bevosita kasbiy-pedagogik faoliyatda ko‘rinadi. Shu sababli u pedagogik jarayonning umumiy mohiyatini chuqur anglashi, bu jarayonda ustuvor ahamiyat kasb etadigan qonuniyatlardan xabardor bo‘lishi, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish mexanizmlarini puxta egallay bilishi lozim.
Pedagogik muloqot ruhiy-psixologik ta’sir kuchiga ega. Shu sababli uni tashkil etishda muloqot jarayonining ijobiy bo‘lishini ta’minlash pedagogning zimmasiga katta mas’uliyatni yuklaydi. Kasbiy faoliyatda muloqotni tashkil etishda pedagoglar avtoritar, liberal va demokratik uslublardan foydalanadi. Ular orasida liberal uslub pedagog shaxsida namoyon bo‘lmasligi zarur. Muloqot jarayonida pedagoglar ehtiyotsizlik, shaxsiyatparastlik, suhbatdoshni ortiqcha majburlash; sustkashlik, o‘zini juda yuqori yoki past qo‘yish; haddan tashqari jonbozlik ko‘rsatish kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka e’tiborni qaratishlari kerak.
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri nizo bo‘lib, ular yuzaga kelgan vaziyatlarda ijtimoiy munosabatlardagi yakkahokimlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Odatda pedagogik nizolar ikki usul: 1) pedagogik usul; 2) ma’muriy usul bilan hal qilinadi.
O‘qituvchining imidji atrofdagilarga uning shaxsi to‘g‘risida “ma’lumot” berish bilan birga talabalarga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli pedagogning imidjida soddalik, tartiblilik, bejirimlik aks etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |