Respublikasi oliy va o‘rta



Download 6,05 Mb.
bet58/141
Sana29.04.2022
Hajmi6,05 Mb.
#589856
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   141
Bog'liq
Қўлланма иннватция LOTIN

Elektron doska (ingl. “interactive whiteboard” – interfaol doska) – katta sensorli ekranga ega qurilma bo‘lib, u kompyuter va proyektor ham kiradigan tizimning bir qismi sanaladi. Proyektor yordamida kompyuterning “Ish stoli”dagi tasvir elektron (interfaol) doskaning yuzasiga chiqariladi, natijada doska “ekran”ga aylanadi. Doskaga uzatib berilgan tasvirni o‘zgartirish, unda ma’lum o‘zgarishlarni hosil qilish yoki unga belgilar qo‘yish mumkin. Barcha o‘zgartirishlar mos ravishda kompyuterda faylga yozib olinadi, uni saqlab qo‘yish fleshka yoki diskka yozib olish, qayta ishlash mumkin. Bu vaziyatda elektron doska axborotni kirituvchi qurilma sifatida namoyon bo‘ladi. Doskani maxsus stilus yoki qo‘lni unga salgina tekkizish orqali boshqarish mumkin. Doska va kompyuter o‘rtasidagi aloqa ikki yoqlama bo‘lib, qo‘l yoki doskaning ruchkasi (stilusi) xuddi sichqoncha kabi ishlaydi.
Modem (“modulyasiya”, “demodulyasiya” so‘zlaridan olingan) – uzluksiz signallarni raqamli ma’lumot (modulyasiya)larga va raqamli ma’lumotlarni esa uzluksiz signal (demodulyasiya) lariga aylantirib
beradigan qurilma. Kompyuter telefon tarmog‘i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda tarmoqdan uzatilayotgan signallarni qabul qilish va ularni raqamli axborotlarga aylantirish imkonini beradigan qurilmaning mavjud bo‘lishi taqozo etiladi. Modemning vazifasi kompyuter uzatilgan signalni telefon tarmog‘ining ish chastotasi diapozoniga mos chastotali elektr signaliga aylantirib berish, shuningdek, kompyuterlararo aloqani o‘rnatishdan iborat. Ushbu qurilma o‘zining kommunikasion dasturlariga ega. Mazkur dasturlar uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish imkonini yaratadi.
Telefon (qad. yunon. “uzoq” + “ovoz” – uzoqdagi ovoz) – muayyan masofadan turib, ovozni uzatish va qabul qilib olishga mo‘ljallangan apparat. Zamonaviy telefonlar elektr signallarni bevosita yuborish imkoniyatiga ega.
Internet (angl. “Internet” – butunjahon kompyuter tarmoqlarining birlashgan tizimi) – dunyoning barcha nuqtalaridagi o‘n minglab axborotlarni saqlovchi va uzatib beruvchi kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi ulkan butunjahon kompyuterlar tarmog‘i; uning vazifasi xohlovchilarga istalgan ma’lumotlarni yetkazib berishdan iborat. Ko‘p hollarda “Butunahon tarmog‘i”, “Global tarmoq” yoki oddiygina “Tarmoq” deb nomlanadi. Internet asosida Butunjahon o‘rgamchak to‘ri (World Wide Web – WWW), shuningdek, juda ko‘plab boshqa ma’lumotlarni yetkazib beruvchi tizimlar ishlaydi
Elektronnaya pochta (ingl. “electronic mail” tushunchasidan olingan; “email”, “e-mail”) – 1) joylashgan o‘rni, xabar matni yoki fayl (hujjat, fotosurat va h.k.)an qat’iy nazar boshqa shaxsga ma’lumotlarni yuborish imkoniyatini beradigan elektron pochta; 2) kompyuter tarmog‘i, shuningdek, Internetdan foydalanuvchilar o‘rtasida elektron xabarlarni almashish va olish borasida ko‘rsatiladigan xizmat; texnologiya. Odatda elektron pochta orqali yuborilgan xabar elektron xat (maktub) yoki e-mail (imeyl), pochtaning o‘zi esa quti (elektron quti) deb nomlanadi. Mazkur pochta tarkibiy elementlari, ishlash tamoyillari va xarakterli xususiyatlari (foydalanishning oddiyligi, yetkazib berishda ma’lumotlarning biroz tutib turilishi, yetarli darajadagi ishonchlilik, qolaversa, yetkazib berish kafolatining mavjud emasligi)ga ko‘ra amalda oddiy (qog‘oz orqali yuboriladigan) pochtaning o‘zi bo‘lib, unda ham pochta, xat (maktub), konvert, quti, yetkazib berish va b. tushunchalar qo‘llaniladi.

Download 6,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish