1-jadval. “Ta’lim texnologiyasi” nazariyasining shakllanish
bosqichi
|
Bosqichlar
|
Yillar
|
Ta’lim texnologiyasi-TT
|
1.
|
I-bosqich
|
XX asrning 30-yillari
|
TT= Ptex
O‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va
vositalar yig‘indisi (pedagogik texnika – Ptex)
|
2.
|
II-bosqich
|
XX asrning 50-yillari
|
TT=Ptex. + TV
Ta’lim jarayonida texnik vositalar (TV)ni qo‘llash, ularning imkoniyatlarini takomilashtirish, axborot sig‘imini kengaytirish, ularni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, talaba faoliyatini individuallashtirish
|
3.
|
III-bosqich
|
XX asrning 60-yillari
|
TT = Ptex. + TV + dasturiy ta’lim (DT)
Dasturiy ta’lim – ta’lim maqsadlarining aniqlanishi, ta’lim jarayonini umumiy loyihalash, talabalar tomonidan nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishi ehtimolini oldindan tashhislash, ta’lim jarayonining samaradorligini aniqlash, ta’lim maqsadining natijalanganligini o‘rganish, faoliyat natijalarini
tahlil etish
|
TT = Ptex + TV + DT
|
Pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari va ularning mohiyatini bilish mazkur jarayon haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Pedagogik texnologiya umumiy didaktik tamoyillarga ega bo‘lishi bilan birga, quyidagi aynan o‘zigagina xos bo‘lgan tamoyillarga ham ega (1-rasm):
1-rasm. PTning umumiy32didaktik tamoyillari
Bir butunlik, yaxlitlik tamoyili ikki jihatni o‘zida aks ettiradi: 1) ta’lim, tarbiya hamda shaxs kamoloti (taraqqiyoti) birligi;
pedagogik texnologiyaning muayyan, qat’iy tizimga egaligi, “tizimlilik” tushunchasi bu o‘rinda ham ma’lum o‘quv fanini o‘qitish jarayoniga, ham umumiy ta’lim jarayoniga xoslikni anglatadi.
Asoslilik (fundamentlik) tamoyili fanlarning o‘rganish ob’yekti, ichki mohiyati va xususiyatlariga ko‘ra turli yo‘nalish (blok)larga bo‘lib o‘rganish afzalliklarini ifoda etadi. O‘quv fanlari tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar tarzida turkumlashtirilgan. Har bir o‘quv fani uning uchun “yadro”, “o‘zak” sanaluvchi axborotlarga ega bo‘lib, ushbu axborotlar shaxs tomonidan fanlar asoslarining o‘rganilishi, aniq mutaxassislik bo‘yicha mustaqil bilim olish, o‘zlashtirilgan bilimlarni kengaytirib borish yo‘lida tayanch tushunchalar bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday yondashuv ma’lum yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayonida fanlararo aloqadorlik xususiyatidan foydalanish imkonini ham beradi. O‘quv fanlarining muayyan yo‘nalishlar tarzda biriktirilishi shaxs xotirasiga nisbatan zo‘riqishni kamaytiradi, shuningdek, fikrlash quvvatini oshiradi, tafakkurning yuzaga kelshini ta’minlaydi.
XX asrning 80-yillarida ta’lim jarayonini tashkil etish ta’lim oluvchilarga mavjud fanlar soщalari bыyicha oz-ozdan ma’lumot (bilim) berishdan iborat deb talqin etilgan bo‘lsa, 90-yillarda ushbu jarayonning tashkil etilishi o‘zlashtirilgan bilimlar negizida muayyan, aniq fan bo‘yicha yangi ma’lumot (bilim)larga ega bыlish uchun qulay sharoitni yaratish jarayoni sifatida e’tirof etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |