Respublikasi oliy va o‘rta



Download 6,05 Mb.
bet21/141
Sana29.04.2022
Hajmi6,05 Mb.
#589856
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   141
Bog'liq
Қўлланма иннватция LOTIN

Asosiyfarqlar

Novasiya

Innovasiya

  1. amaldagi nazariya doirasida qo‘llaniladi;

  2. ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi;

  3. metodlar yangilanadi;

  4. natija avvalgi tizimni takomillashtiradi

  1. tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;

  2. ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;

  3. sub’yektlarning faoliyati to‘la yangilanadi;

  4. yangi texnologiyalar yaratiladi;

  5. faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;

  6. amaliyotning o‘zi ham yangilanadi

I.P.Podlasыyning fikriga ko‘ra, ta’lim innovasionlari quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi:

  • pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi;

  • o‘quv jarayonining o‘zgarishi;

  • pedagogik nazariyaning o‘zgarishi;

  • o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi;

  • talaba (talaba) faoliyatining yangilanishi;

  • pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi;

  • ta’lim mazmunining yangilanishi;

  • o‘qitish shakl, metod va vositalarining o‘zgarishi;

  • ta’lim tizimi boshqaruvning o‘zgarishi;

  • ta’lim maqsadi va natijalarning o‘zgarishi

V. Pedagogik innovasion jarayon mohiyati. Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovasion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovasion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzьmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovasion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovasion yondashish, innovasion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovasiyalardan xabaror bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan.
Mohiyatiga ko‘ra innovasiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-o‘zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi.
Har qanday innovasiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, sub’yektiv, mahalliy va shartli g‘oyalar tarzida namoyon bo‘ladi.
Xususiy yangilik munosabat, ob’yekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini o‘zgartirish, yangilashni nazarida tutadi.
Sub’yektiv yangilik ma’lum ob’yektning o‘zini yangilash zaruriyatni ifodalaydi.
Mahalliy yangilik alohida olingan ob’yekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi.
Shartli yangilik esa munosabat, ob’yekt yoki jarayonda murakkab, progressiv yangilanishning sodir etilishini ta’minlovchi ma’lum elementlarning yig‘indisini yoritishga xizmat qiladi.
R.N.Yusufbekova innovasiyalarni pedagogik nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga e’tiborni qaratadi. Xususan, pedagogik innovasiyalar muallif tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonida avval ma’lum bo‘lmagan, qayd qilinmagan holat yoki natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan mazmuni ekanligi ta’kidlanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida innovasion jarayonlarni tashkil etishda o‘ziga xos yondashuvlar kuzatilai. Ular:


  1. Download 6,05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish