Nomoddiy aktivlarni kirim qilishga doir muomalalar bo'yicha schyotlar bog'lanishi va asos bo'1uvchi dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilishining to’g’riligini tekshirish
Muomalalar mazmuni
|
№21-BHMS bo'yicha
|
Korxonada tuzilgani
|
|
Schyotlar bog'lanishi
|
yozuvlarni
tasdiqlovchi hujjatlar
|
Schyotlar bog'lanishi
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi hujjatlar
|
|
Dt
|
Kt
|
|
Dt
|
Kt
|
|
1. Nomoddiy aktivlar dastlabki qiymati bo’yicha (haqiqiy tannarxi bo’yicha)
sotib olinganida
|
0410—
0490
|
0830
|
Oldi-sotdi shartnomasi qabul qilish-berish dalolatnomasi
|
04
|
76
|
Nakladnoy, ish vaqtini hisobga olish tabeli
|
2. Korxonaning o’zida yaratilgan nomoddiy
aktivlarni haqiqiy tannarxi bo’yicha kirimga olish
|
0410-
0490
|
0830
|
Ilmiy-tadqiqot
ishlanmalar dasturlari, loyiha- smeta hujjat. NA qa- bul qilish-top-shirish dalolat.
|
04
|
23
|
Ishbay ish uchun naryad, tabel, dalolat- noma
|
3. Ustav kapitaliga ulush
sifatida yoki obuna bo’lingan aktsiya qiymatini to’lash hisobiga olingan nomoddiy aktivlar-ni kirim kilish
|
0410-
0490
|
4610
|
Ta'sis shartnomasi, qabul qilish topshirish dalolatnomasi
|
04
|
85/3
|
Dalolatnoma, bux. ma'lu- motnomasi
|
4. Ekspert bahosi bo'yicha tekinga yoki hukumat organining subsidiyasi
sifatida olinganda
|
0410-
0490
|
8530
|
Tekinga berish
to’g'risida shart- noma, Q. Q-T dalo- latnomasi, NA qayta baholash dalolatnomasi
|
04
|
85/3
|
Shartnoma, bux. ma’1u- motnomasi
|
Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog'1iq muomalalarni hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
№21 - BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog'liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat'iy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h. k). 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko'rilsa - 9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning chiqimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish bo’yicha schyotlar bog'1anishining to’g’ri1igi quyidagi ko'rinishdagi jadval - test yordamida tekshiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to’g'riligini tekshirish. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me'yoriy hujjatlarga muvofiq nomoddiy aktivlarning ayrim turlari qo’shimcha qiymat so1ig'i (QQS)dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e'tibor berishi zarur.
№ 21 BHMS ga muvofiq nomoddiy aktivlar oldindan pu1 o'tkazish yo’1i bilan sotib
olinganida QQS 4410-«So1iqlar va yig'imlar bo’yicha bo'nak to'lov1ar» schyotida aks ettiriladi (hisob-kitob hujjatlarida alohida ajratib ko'rsati1ganida).
Sotib olingan nomoddiy aktivlar bo’yicha QQS summasi quyidagi hollarda byudjetga o'tkaziladi.
sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mo1 etkazib beruvchilarga to'1anganida;
nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida;
nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida.
Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib ko'rsati1gan bo'lmasa, u holda hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib ko’rsatilmaydi.
Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda dastlabki qiymatiga 0410-0490 schyotlar kredit va 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debetlanadi. Hisoblangan eskirish summasiga esa 0510-0590 schyotlar debet va 9220 schyot kreditlanadi. Hisobdan chiqarish natijasi (foyda yoki zarar 9220 schyotdan 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlarni jamlash)» schyotiga o’tkaziladi. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi, foyda byudjet bilan hisob-kitoblar ko'rsatkich1ari, shuningdek xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari mulklarini baholashning asoslanganligi ko'p jihatdan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va baholanishi, ular eskirishlari to’g’risidagi ma'lumotlarning haqqoniyligiga bog'liq.
Shunga ko’ra, nomoddiy aktivlarni hisobda ro'yxatga olishning texnik jihatlarini tekshirish juda muhim hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar o'z nomiga ko'ra moddiy negizga ega bo'lmaganliklari uchun korxonada u yoki bu ob'ektning haqiqiy kirimi va ishlatilishi ustidan buxgalterlik nazoratini tashkil etish muammosi tez-tez vujudga keladi.
Buxgalterlik hisobining umumiy printsiplariga ko’ra har qanday nomoddiy aktiv kirimi tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Bunday dastlabki hujjatlashtirish o’zining mazmuni va tavsifiga ko’ra, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-1) kabi hujjatlarga o'xshash bo'1ishi lozim. Hujjatlarda ob'ekt1arning batafsil xususiyatlari, dastlabki qiymati, foydalanishga topshirilgan vaqti, eskirish normasi va xarajatga olib borish kodi, nomoddiy aktiv foydalanadigan bo’linma va boshqa ma'1umot1ar ko'rsati1ishi lozim.
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda dastlabki hujjatlar bilan birga ularni indentifikatsiyalovchi (aynan o’xshatuvchi) hujjatlar ham bo’lishi zarur. Bunday hujjatlarga nomoddiy aktivlarning o'z1arini yoki ulardan foydalanishni tavsiflovchi hujjatlar, shuningdek, korxonaning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, buxgalterlik hisobda aks ettiriladigan nomoddiy aktivlarning istalgan ob’ekti ob’ektiv shaklda mavjud bo'lishi lozim.
Sanoat namunalari va kashfiyot huquqlarini sotib olish patentlar, guvohnomalar bilan tasdiqlanadi. Korxona tomonidan har qanday mualliflik huquqlarini sotib olish faqat ushbu mualliflik huquqlarini sotuvchilar jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilib, yuridik jihatdan kuchga kirgan to'1aqonli shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Korxona «nou xou» sotib olishni rasmiylashtirishi uchun uning og'zaki (matnli) yoki tasviriy tavsifiga ega bo'1ishi lozim. Korxona raqobat sharoitida sanoat va intellektual mulklarni muhofaza qilish uchun chora-tadbirlarni ko'rishi lozim. Bu nomoddiy aktivlar ob’ektlarning har biri uchun konkret xodimlarni javobgarlikka tortish va ko'ri1gan zararni to'liq qoplash uchun imkon yaratadi.
Korxonalar nomoddiy aktivlarni har xil yo’llar bilan sotib oladilar va shunga ko’ra ularning kirimi ham hisobda turlicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar korxona ustav kapitaliga ishtirokchilarining hissasi sifatida qo’shilishi mumkin. Bunda ular imkon qadar haqiqiy bozor bahosiga yaqinlashgan va korxona aktsiyadorlar kengashi (boshqaruvi) va aktsiyadorlar tomonidan belgilangan shartnoma bahosida kirimga olinadi.
«Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida Nizom»ga muvofiq texnologiyalarni takomillashtirish va yangilarini yaratish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlarini o'tkazish bilan bog'1iq mahsulotlar sifatini yaxshilash, xom ashyo va materialllarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari 9420-
«Ma'muriy xarajatlar» schyotida aks ettiriladi. Agar korxona qandaydir ishlab chiqarish va intellektual mulk (patentlar, guvohnomalar) yaratsa, ushbu «Nizom» dan kelib chiqqan holda, ularni mulk sifatida hisobga olib bo'lmaydi, chunki ularni yaratish bilan bog'1iq xarajatlar kapitallashmaydi.
Ushbu savol masalasida turli mamlakatlarda qarama - qarshi fikrlar mavjud. Masalan, ayrim mamlakatlarda nomoddiy aktivlar mablag’ sifatida inobatga olinmaydi, ularni darhol ishlab chiqarish sarflari yoki foyda hisobiga hisobdan chiqarish ko'zda tutilgan. Ammo, bunday yondoshuvga qarama-qarshi gumon patentlar olish va kashfiyotlar, tovar markalari, savdo belgilari,
«Nou-xou» ishlanmalari va dastur ta'minot1arini yaratish bilan bog'1iq ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlari (ITTKI) kabi aktivlarni darhol hisobdan o'chirish, davr oralig'ida oladigan daromadlarni buzib ko’rsatishga olib keladi va korxonalar tomonidan ushbu faoliyat sohasiga mab1ag'lar sarflashni to'xtatib turadigan omil bo'lib hisoblanishidan iborat. Agar nomoddiy aktivlarni yaratish bilan bog'1iq xarajatlarni darhol hisobdan o'chirish fikriga qo’shiladigan bo'1sak, unda bizning korxonalarimizda bunday xarajatlarga eng oz miqdorda mablag’ ajratilib, respublikamiz xududida ishlab chiqarish va intellektual mulkni (korxonaning o'z ishlab chiqarishini) umuman pasayishiga olib keladi, korxonalar esa o’zlarining mulkiy huquqlari (nomoddiy aktiv1ari)ni yaratmasdan, xorijdan sotib olishga xarajat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |