MAVZU ASOSINI O‘RGANISH
Taomlar tarqatilishiga qadar uni tayyorlagan oshpaz, shuningdek sifat komissiyasi tekshirishi va bu haqda sifat jurnaliga tegishli ma’lumotni yozib qo‘yishi shart.
Ovqatning birinchisi va issiq ichimliklar berilganda harorat 75° dan, ikkinchisiniki — 65° dan kam bo‘lmasligi lozim. Sovuq taomlar va ichimliklar harorati 14° dan oshmasligi shart.
Kechagi qolgan ovqatni bugun yangisiga qo‘shib pi- shirish qat’iyan taqiqlanadi.
Davolash, profilaktika va bolalar muassasalarida qish- bahor fasllarida askorbin kislotasining yetishmasligi tufayli ba’zi ovqatlarda ularni ko‘paytirish kerak.
Tayyor taomlarning sifati va ularni tarqatish qoidala- riga rioya qilishga umumiy ovqatlanish korxonalari ma’mu- riyati va ayrim xodimlar mas’uldirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |