MEHNAT REJIMI
Umumiy ovqatlanish korxonalarida ish kunining mud- dati O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi bilan belgi- lanadi. Oziq-ovqatlar tayyorlash, og‘ir yuklarni u yerdan bu yerga ko‘chirib o‘tishni mexanizatsiya yordamida amalga oshirish tavsiya etiladi. Ko‘tariladigan yuklar, mahsulotlar massasi ayollar uchun 10 kg, erkaklar uchun 30 kg dan oshmasligi kerak.
Xodimlar ichida homilador ayollar bo‘lsa, vrach tavsiya- siga binoan ularni darrov issiq plitalar, qandolat, qovirdoq pechlari yonidan boshqa joylarga o‘tkazish, og‘ir narsalar ko‘taradigan ishlarga qo‘ymaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |