UMUMIY TAVSIYA VA DA’VATLAR
Oziq-ovqat turlarining hammasidan har kuni me’yo- rida iste’mol qiling.
Esda tuting! Butunlay «yaxshi» yoki butunlay «yomon» taom yo‘q.
Turli guruhlardagi mahsulotlardan tayyorlangan taom- larni bir-biriga muvofiq holda iste’mol qiling.
Sog‘lom gavda massasini saqlang, iste’mol etiladigan ovqat miqdorini va jismoniy faollikni o‘zgartirib boring.
Taomni oz-ozdan yeng.
Muntazam ravishda ovqatlaning, orada uzoq vaqt o‘tmasin.
Sizga ma’qul bo‘lmagan taomdan birdaniga voz kech- mang, ozroq yeng, so‘ngra o‘zgartiring.
Sabzavot, meva, non, don mahsulotlarini ko‘proq is- te’mol qiling.
Yog‘ iste’mol qilishni kamaytiring. Yog‘i kam ovqat- larni tanlang.
Oziq-ovqat tayyorlashda yog‘ni kam ishlating.
Qandni sof holda yeyishni cheklang.
Tuzni juda kam iste’mol qiling.
Alkogol ichimligidan voz keching.
Bu tavsiyalar haqida oldingi boblarda ham qisman aytil- gan, ammo kengroq tushuncha berilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |