Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Mavzu. Banklarda balansdan tashqari operatsiyalar hisobi



Download 4,77 Mb.
bet76/124
Sana19.11.2022
Hajmi4,77 Mb.
#868350
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   124
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi [iqtisodchi kutubxonasi]

Mavzu. Banklarda balansdan tashqari operatsiyalar hisobi.


Reja:
    1. Banklarda balansdan tashqari operatsiyalar hisobi mazmuni.


    2. Bank kafolatlari va ularning hisobi.
    3. Muddatli bitimlar va ularning hisobi. Trast operatsiyalari hisobi.





  1. Banklarda balansdan tashqari operatsiyalar hisobi mazmuni.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 13 avgustda 773-17- son bilan ro’yxatga olingan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007 yil 17 iyuldagi 15/3-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining oxirgi 6 bo’limi “Ko’zda tutilmagan holatlar” deb ataladi. Bank balansining mazkur bo’limida bank tomonidan barcha turdagi balansdan tashqari hisoblari amalga oshiriladi va aks ettiriladi.
«Ko’zda tutilmagan holatlar» bo’limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv uslubi bo’yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to’g’riligini qo’shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Balansdan tashqari hisobvaraqlar bank balansining aktiv qismi tarkibiga kiradi.
Balansdan tashqari hisobvaraqlarda bankka tegishli bo’lmagan va unga ishongan holda saqlash uchun topshirilgan vositalar va qimmatliklar, ijro etilishi lozim bo’lgan talablar va majburiyatlar, muddatli va muddati o’tgan to’lovlar hamda qimmatli qog’ozlar blankalari hisobga olinadi. Dastlabki buxgalteriya ma’lumotlari mazkur hisobvaraqlarga balansdan tashqari orderlar orqali aks ettiriladi va bank tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar analitik va sintetik tahlili shu ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Bankning balansdan tashqari hisobvaraqlarida quyidagilar aks ettiriladi:to’lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilinganbanknot va tangalar; hujjatli qimmatli qog’ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli qog’ozlar; bankning plastik kartalari, terminallari,bankomatlari va infokioskalari;savdoga oid moliyalashlar;aktivlar bo’yicha foizlar va vositachilik haqlari;bankning kredit va lizing majburiyatlari;qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari;hosilaviy instrumentlar bo’yicha transaktsiyalar;qimmatli qog’ozlar bo’yicha muddatli bitimlar;saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar;garov sifatidagi qimmatli qog’ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar.
Bankning ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida zahira fondidagi banknotalar va tangalar, kreditlar bo’yicha qarzdorlarning muddatli majburiyatlari, hisob-kitob hujjatlari, bankka qabul qilingan inkasso va kredit bo’yicha ta’minot hujjatlari hisobi, qat’iy hisobda to’ruvchi blankalar, pul belgilarini chiqarish uchun ruxsatnoma, to’lovga qaratilgan akkreditivlar va boshqalarning hisobi yuritiladi.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining 17.01.2011 yildagi №773-29-son o’zgarishiga asosan tijorat banklarining ko’zda tutilmagan holatlar bo’yicha hisobvaraqlari quyidagilardan iborat;

  • 90100 To’lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilinganbanknot va tangalar;

  • 90300 Hujjatli qimmatli qog’ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli qog’ozlar;

  • 90400 Bankning plastik kartalari, terminallari,bankomatlari va infokioskalari;

  • 90900Savdoga oid moliyalashlar;

  • 91500Aktivlar bo’yicha foizlar va vositachilik haqlari;

  • 91800Bankning kredit va lizing majburiyatlari;

  • 91900Qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari;

  • 92700Hosilaviy instrumentlar bo’yicha transaktsiyalar;

  • 92800Qimmatli qog’ozlar bo’yicha muddatli bitimlar;

  • 93600Saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar;

  • 94500Garov sifatidagi qimmatli qog’ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar;

  • 95400Boshqa ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari;

  • 96300Ko’zda tutilmagan holatlar kontr-hisobvaraqlari.

90100 hisobvaraqdan 95400 hisobvaraqgacha bo’lgan hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Shu sababli ularning ko’payishi debetda kamayishi esa kreditda bo’ladi. Ushbu hisobvaraqlarga kontr-hisobvaraq bo’lib 96300 hisobvaraqlar hisoblanadi.
Balansdan tashqari hisobvaraqlarning aksariyat qismi balans hisobvaraqlariga nisbatan nazorat funktsiyasini bajaradi.
Tijorat banklarida mijozlarga kreditlar ajratilganda va lizing xizmatlari ko’rsatilgan vaqtda rasmiylashtirilgan ta’minot bilan bog’liq hujjatlar, ya’ni kafolat, kafillik va mol-mulk garovi shartnomalarining hisobi bevosita balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettiriladi va hujjatlar bank kassasida saqlanadi.



  1. Download 4,77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish