Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,77 Mb.
bet73/124
Sana19.11.2022
Hajmi4,77 Mb.
#868350
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   124
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi [iqtisodchi kutubxonasi]

Debet 56714–“Soliq (daromad soligʻidan tashqari) va litsenziyalar”, Kredit 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar” hisobvaragʻi.
-kam toʻlangan summa davlat byudjeti hisobvaragʻiga oʻtkazilganda,
Debet 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar”,
Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi.
Agar oldindan toʻlangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi haqiqatda toʻlash lozim boʻlgan summadan koʻp boʻlsa, ushbu farq keyingi oylarda oʻzaro hisob-kitob qilish asosida tartibga solinadi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobi. Ushbu soliq turi 20 foizdan iborat (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 3-punkt 7-bandi). Tijorat banklari “Boshqa daromadlar” hisobvaraqlarida aks ettirilgan daromadlar hisobidan, xususan “Paynet” xizmati boʻyicha olingan daromadlar, asosiy vositalarni sotishdan olingan daromadlar va qonunchilikda belgilangan boshqa daromadlardan toʻlaydi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlanadigan operatsiyalar boʻyicha har oyning yakuni boʻyicha toʻlov miqdori aniqlanib, keyin toʻlov amalga oshiriladi.
Masalan, bank asosiy vositasini (yuk mashinasi) mijozga 120 kunga ijaraga berish hisobidan 500 ming soʻm daromad oldi. Olingan daromaddan quyidagi tartibda QQS hisoblanganda,
a). Mijoz yuk mashinasidan foydalangani uchun ijara toʻlovi bankka oʻtkazilganda,
Debet 20208-“Mijozning muddatli depozit hisobvaragʻi”- 500 ming soʻm,
Kredit 29802 –“Tovar-moddiy qimatliklar va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar” -500 ming soʻm.
b). QQS summasi (83333,33 = 500000 / 120 x 20) hisoblandi:
Debet 29802–“Tovar-moddiy qimatliklar va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar” - 83333,33 soʻm,
Kredit 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar” - 83333,33 soʻm.
v). Hisoblangan summa byudjet hisobiga oʻtkazilganda,
Debet 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar”- 83333,33 soʻm,
Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” - 83333,33 soʻm. g).Mijoz yuk mashinasidan foydalangani uchun ijara toʻlovidan QQS
summasi (83333,33 = 500000 / 120 x 20) chiqarib tashlangandan soʻng, bank qolgan summa bank daromadiga olinganda,
Debet 29802–“Tovar-moddiy qimatliklar va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar” - 416666,67 soʻm,
Kredit 45901 –“Bank asosiy vositalarining ijarasidan olingan daromadlar”
- 416666,67 soʻm.
Bank asosiy vositalarni ijaraga bergan toʻlov hisobidan olgan daromadidan QQSni toʻlagani kabi asosiy vositalar yoki kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni sotishdan olingan daromadlar hisobidan ham yuqorida keltirilgan tartibda QQS hisoblaydi va tegishli buxgalteriya yozuvlari asosida toʻlovlar amalga oshiriladi.
Hisobot oyi yopilgach, jami qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashga asos boʻluvchi daromadlar summasini qoʻshib, 20% QQS toʻlovini amalga oshiramiz. Davlat soliq inspektsiyasiga toʻlangan QQS boʻyicha hisobot topshiriladi.
Soliq solish manbasidan toʻlanadigan soliq (SSMTS) 10 foizni tashkil etadi. Tijorat banklari faoliyati davomida mijozlaridan oladigan daromadi soliq solish manbasidan toʻlanadigan soliq hisoblanadi. Banklar ijaraga olingan asosiy vositalarga toʻlaydigan toʻlovlari (xarajatlar), shuningdek, boshqa banklardan olgan depozit mablagʻlari boʻyicha qiladigan foiz toʻlovlari (xarajatlari) hisobidan 10 foiz miqdorida ushbu soliqlarni toʻlaydi.
Masalan, bank shartnoma asosida mijozning binosida mini bank ochdi. Shartnomaga koʻra oylik ijara toʻlovi 500 ming soʻmni tashkil etadi va toʻlov oyning 5 sanasiga qadar toʻlab beriladi. Bank ijara toʻlovini toʻlab berishdan oldin SSMTSni aniqlaydi. Ushbu summa 50 ming soʻm boʻlib, u quyidagicha hisoblanadi 50 000,00 = (500000 x 0,10) va buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.

  1. Mijozga ijara toʻlovi summasidan SSMTS (500000 - 50000) chegirib tashlandi va vujudga kelgan summa ijara xarajati sifatida mijozga toʻlab berildi.


Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish