Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 2,07 Mb.
bet9/60
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#525675
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Bog'liq
2 5350816350669379627

Muammoning qo‘yilishi. Dastlab amaliy masala biror hodisani tadqiq qilish, berilgan xossalariga ko‘ra qurilmani loyihalash, ma’lum bir shartlarda biror obyektning holatini tahlil qilish va shu kabilar uchun umumiy holda tuzilishi mumkin. Bunday holatda tadqiqotning maqsadiga asosiy e’tiborni qaratgan holda masalaning qo‘yilishi yanada oydinlashtiriladi. Bunda tadqiqotchidan masalaning mohiyatini chuqur anglash va uni tuzish mahorati talab qilinadiki, topilgan yechim foydali va shu bilan birga u mavjud usullar yordamida belgilangan vaqtda olinishi lozim. Muvaffaqiyatsiz qo‘yilgan muammo masalani yechish jarayonini uzoq muddatli va judda qimmatli qilish bilan birga foydasiz va trivial natijaga yoki umuman yechim yo‘q holatga ham olib kelishi mumkin. Demak, aniq muammoni tuzishda berilgan fan sohasida qabul qilingan tilda muammoni tuzib olish eng muhim va mas’uliyatli bosqich. Kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini bilish esa muammoning optimal holatda qo‘yilishiga jiddiy ta’sir korsatishi mumkin.
Matematik modelni tanlash yoki qurish. Hodisa yoki obyektni tadqiq qilishning keyingi tahlil bosqichida uni matematik tilda ifodalash, ya’ni uning matematik modelini qurish lozim. Ba’zan o‘rganilayotgan jarayon uchun shu vaqtgacha ma’lum bo‘lgan va qabul qilingan modellar ichidan eng ma’qulini tanlab olish, ba’zan esa shu ma’lum modelning keskin o‘zgartirilgan modifikatsiyasiga murojaat qilish mumkin bo‘ladi yoki umuman yangi model tuzish zarurati tug‘iladi. Bu bosqich eng muhim va u juda ham murakkab. Muvaffaqiyatli tanlangan model maqsadga erishishning eng muhim qadami hisoblanadi. Bunda eng qiyin holat bu hodisani tavsiflashning to‘laroq modelini yaratish istagi (bu murakab modelni tuzishga olib keladi) va yetarlicha sodda modelga erishish zarurati (bu modeldan kompyuterda foydalanish imkoniyatining mavjudligi). Shuning uchun matematik modelning murakkabligi avvalambor qo‘yilgan muammoning murakkabligidan bog‘liq. Agar qo‘yilgan maqsadga yetarlicha sodda modellar yordamida erishish mumkin bo‘lsa, u holda bu nur ustiga a’lo nur. Odatda, qabul qilinayotgan modelning bir qancha soddalashtirilgan variantlariga ega bo‘lgan ma’qul. Modelni oqilona soddalashtirish bu sodda masala emas, ammo soddalashtirilgan model masalani yechishning butun jarayonida juda ham foydali. Bunday soddalashtirishlar ko‘pincha murakkabroq modellar holatlarining asosiy qonuniyatlarini tushunish va ko‘plab asosiy savollarga javob topish imkoniyatini beradi.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish