Hisoblash masalasining qo‘yilishi. Qabul qilingan matematik model asosida bir yoki birnechta hisoblash masalasi tuziladi. Bu masalalarning yechimlarini topish keyingi boblarda qarab chiqiladi.
16
Hisoblash masalasi xossalarining dastlabki (kompyuter hisobiga qadar) tahlili. Dastlab hisoblash masalasining xossalari kompyuter hisobiga qadar tadqiq qilinadi. Bunda asosan masalaning korrekt qo‘yilganligiga e’tibor qaratiladi, chunki avval masalaning matematik xossalarini tahlil qilmay turib, uni sonli yechishga urinish natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu tahlil masalaning qo‘yilishini soddalashtirishi ham mumkin, ba’zi xususiy hollarda esa analitik yechimni ham topish imkoniyatini beradi. Bu esa hodisaning muhim xususiyatlarini tahlil qilish yoki dasturning to‘g‘ri ishlayotganligiga ishonch hosil qilish uchun test bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Sonli usulni tanlash yoki qurish. Hisoblash masalasini kompyuterda yechish uchun hisoblash masalalaridan foydalanish talab qilinadi. Bunda amaliy masalani yechish ketma-ketligi ko‘pincha samarali standart hisoblash masalalarini yechishga olib kelinadi. Ba’zida, agar hisoblash masalasi yangi bo‘lsa, u holda unga mos hisoblash usuli tayyor bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday masala uchun sonli usulni qurish murakkab muammo bo‘ladi va hisoblash matematikasining maxsus mutaxassislarini bu masalaga jalb qilish talab etiladi. Ba’zan birgina hisoblash masalasini yechish uchun bir nechta hisoblash usulidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Ana shu paytda hisoblash usulining o‘ziga xos xususiyatlarini, kriteriyalarini, ularning eng samarali ko‘rinishlarini bilish talab etiladi. Bunda tanlov, albatta, bir qiymatli emas. Bu talab qilinayotgan yechimdan, mavjud zaxiralardan, hisoblash texnikasining imkoniyatlaridan bog‘liq. Ushbu o‘quv qo‘llanma asosan aynan ana shunday muammolarni hal qilishga ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan.
Algoritmlashtirish va dasturlash. Oldingi bosqichda tanlangan hisoblash usuli masalani yechishning faqat asosiy sxemasini beradi, uni kompyuterda bajarish uchun esa ko‘p jihatlari ochilmagan bo‘ladi. Demak, hisoblash bosqichlarini batafsil bajarish uchun kompyuter algoritmini tuzish zarur. Keyin esa dastur ana shu algoritmni daturlash tiliga ko‘chiradi. Hozirda mavjud C++, FORTRAN, Pascal, Delfi kabi algoritmik tillar hisoblash masalasini yechishda keng qo‘llaniladi. Bu algoritmik tillarning standart dasturlar bibliotekasi yoki amaliy dasturlar paketi ham mavjudki, ulardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari MATLAB, Maple, Mathcad, Mathematica, va shu kabi matematik paketlar ham mavjudki, bular hisoblash masalalarini yechishning eng zamonaviy vositalari bo‘lib bormoqda. Bulardan tashqari MS Excel dasturidan ham bu borada samarali foydalanish mumkin. Albatta, tadqiqotchi o‘zining tuzgan dasturiga ega bo‘lishni xoxlaydi. Buning uchun maxsus qo‘llanmalarga murojaat qilish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |