To’g’ri chiziqli (yassi) sirtlarni shaberlash. Sirtning sifatli shaberlanishiga erishmoq uchun xomaki, yarim toza va toza shaberlash tartibiga e’tibor bermoq lozim.
Xomaki shaberlashda sirtda qolgan avvalgi ishlov izlari, chiziqlar serbar shaberlar bilan olib tashlanadi. Ishni eni 20-30 mm li shaberda 10-15 mm uzunlikdagi ish yo’li bilan bajariladi. SHaberni yo’naltirishni uzluksiz o’zgartirib (har qaysi navbatdagi shtrix oldingisiga nisbatan 90 burchak hosil qilib yo’nalishi kerak), zagotovka sirtidan 0,02-0,05 mm qalinlikdagi qatlamni qirqib olinadi. SHaberlashni ko’zga ko’rinadigan izlarni yo’qotguncha davom ettiriladi. Ishning sifati tekshirish taxtasidan yuqtiriladigan bo’yoqqa qarab tekshiriladi. Har bir bo’yashdan keyin shaberning yo’nalishini o’zgartirish kerak. Dog’larning bir tekis joylashuviga erishilgandan keyin bo’laklashni yakunlab dog’larni ko’paytirishga kirishiladi. Faqat bo’yalgan sirtlarnigina emas, balki ozgina bo’yoq tekkan yuzalarni ham shaberlash lozim. 25x25 mm yuzada 4-5 ta dog’ qolgach, xomaki shaberlash tugaydi.
Yarim toza shaberlash. Taxtada chiqib turadigan joylar tekshiriladi, faqat bo’yalgan joylar yassi ensiz shaberda 12-15 mm uzunlikdagi ish yo’li bilan shaberldanadi. SHaberning bir yo’lida yupqa (8-10 kmk) metall qatlamini qirib olinadi. Eni 8-10 mm li shaber bilan ish yo’lini 4-5 mm qilib, metallning 0,01-0,02 mm qalinlikdagi qavati olinishi mumkin.
Tozalab (pardozlab) shaberlash. Yuqori darajada aniqlik talab qilinadigan sirtlarni tozalab, uzil-kesil shaberlanadi (quyidagi rasm).
Bu holda shaberni yengil bosib. 8-10 kmk metall qatlami qirib olinadi. Sirtga eni 5-10 mm li
shaber bilan ish yo’lini 4-5 mm uzunlikda olib ishlov beriladi. Asbobni salt yurishda taxtadan ko’tariladi.
Egri chiziqli sirtlarni, masalan, podshipniklarni quyidagicha shaberlanadi: valga bir tekis qilib bo’yoq surkaladi. Bo’yalgan valni podshipnikning pastki ichquymasiga, yuqoridagi
ichquymani va podshipnik qopqog’ini tekshirish valiga qo’yiladi. Dam bir burchakdagi, dam ikkinchi burchakdagi gaykalarni bir tekis va navbati bilan qotirib, podshipnik qopqog’ini shunday tortish kerakki, valni ozgina kuch ishlatib burish mumkin bo’lsin. Agar val qattiq qisilgan bo’lsa, podshipnik ichquymalari orasiga qistirma qo’yish, bo’sh bo’lsa, qistirmalarni kamaytirish kerak. Ichquyma sirtidagi chiqib turgan joylarni bo’yash uchun valni o’ngga va chapga 2-3 aylanishga burish kerak. (quyidagi rasm).
Pastki ichquyma toretsidagi yumshoq jag’likni (alyumin, misda yasalgan) giraga
bo’yalgan yuzasini yuqoriga qaratib mahkamlanadi. Bo’yalgan joylarni uch yoqli shaber bilan egri chiziqli shtrixlar tushirib shaberlanadi. Ichquyma yuzasining sifatini bo’yalgan tekshirish vali va andoza to’r bo’yicha tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |