Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika



Download 2,79 Mb.
bet13/83
Sana26.02.2022
Hajmi2,79 Mb.
#472377
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83
Bog'liq
chilangarlik1

Kesmani qismlarga bo’lish. Kesmani qismlarga bo’lishda bir qismining uzunligi hisoblanib, tsirkulni hosil qilingan o’lchamga qo’yiladi va qancha kerak bo’lsa, uni shuncha marta qo’yib chiqiladi (xatoga yo’l qo’yilsa bu ish qaytariladi). Aniq rejalashda kesmalar geometrik yo’l bilan qismlarga bo’linadi.
CHiziqni ko’p qismlarga bo’lish kerak bo’lsa, xatolar yig’ilmasligi uchun uni oldini 2,3 va 5 qismga bo’lib olish, so’ngra hosil bo’lgan kesmalarni yana bo’lish kerak.
Kesmani bo’linmaydigan sonlar - 11, 13, 17, 19, 23 va h.k. larga bo’lishda kesma kattalashtiriladi (yoki kichraytiriladi). Bu bo’linadigan sonli qismlar hosil qilish uchun qilinadi, so’ngra yuqoridagidek qismlarga bo’linadi.
Qiya chiziqlarni yasash, burchaklarni qo’yish. Qiya chiziqning vaziyati ikki o’lcham (gorizontal va vertikal o’lcham) ko’rinishida burchak orqali berilishi mumkin (qiya chiziq gipotenuza bo’ladi, o’lchamlar esa to’g’ri burchakli uchburchakning katetlari hisoblanadi). Qiya chiziqning og’maligi qiyalik bilan ifodalanishi mumkin.
Qiya chiziqning vaziyati burchak orqali berilganda, uni transportir, burchak o’lchagich yoki malka bilan o’lchab qo’yish va chiziqcha bilan belgilab, chizg’ich yordamida chiziq o’tkazish mumkin. Lekin buni aniq bajarib bo’lmaydi. CHiziqchaning ozgina noto’g’ri belgilanishi va chiziqning xiyol noto’g’ri chizilishi burchak kattaligining ancha noto’g’ri chiqishiga sabab bo’ladi.
Burchaklarni qismlarga bo’lish chizmachilik kursidan ma’lum bo’lgan oddiy geometrik yasash usullari yordamida bajariladi.
Aylana va yoylarni chizish. Aylanalarni chizishda tsirkulni uning aylana markaziga qo’yilgan oyog’iga kuch tushadigan qilib aylantirish kerak. Aks holda tsirkulь surilib ketib, aylana noto’g’ri chiziladi. TSirkulning qo’zg’almas oyog’i qo’yiladigan nuqta kernlab olinadi.
Aylanalarni rejalashda ko’pincha ularning markazini topishga to’g’ri keladi, bu ishni markaz qidirgich yordamida bajarish mumkin.
Agar zagotovkaning tsilindrik qismiga ishlov berilgan yoki u kalibrlangan chiviqdan qirqib olingan bo’lsa, markaz qidirgichni ikkita vaziyatda qo’yish kifoya. Ikki to’g’ri chiziq kesishgan nuqta biz qidirayotgan aylana markazi bo’ladi. Zagotovka qo’yib yoki shtamplab yasalgan bo’lsa, go’niya uch vaziyatda qo’yiladi. Uchta chizilgan to’g’ri chiziq kesishib, uchburchak hosil qiladi, biz qidirayotgan markaz shu uchburchak ichida yotadi.
Agar teshik mavjud bo’lib, aylanani rejalash va markaz chiziqchalarini topish lozim bo’lsa, yog’och yoki yumshoq metalldan qilingan planka teshikka zich kiritiladi. Plankaning
sirti detalь sirti bilan bir sathda yotishi kerak. Markaz qidirgich yordamida plankadagi markaz topiladi. TSirkulь yog’och plankadagi teshikni buzib yubormasligi uchun unga temir ust qo’yma tiqib qo’yiladi. Aniq rejalashda aylana va yoylarning markazlari geometrik yo’l bilan topiladi.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish