Qattiq kavsharlar bilan qoviyalash. Mustahkam va issiqqa chidamli birikmalar hosil qilish uchun qattiq kavsharlar bilan qoviyalanadi. Qoviyalash quyidagi bosqichlarda bajariladi. Qoviyalanadigan buyum, masalan, tsilindrsimon chiviq yaxshilab tozalanib, uning oksid qoplamalari olib tashlanadi, moysizlantiriladi, keyin ko’rsatilganidek gira jag’lariga qisib egovlanadi. Moslashtirilgan sirtlarga flyus surkaladi va qoviyalanadigan yuzaga mis plastinani qo’yib, uni yumshoq sim bilan mahkamlanadi. Tayyorlangan detallarni qoviyalash lampasi yoki elektr pechda qizdiriladi. Kavshar erigach, detalni o’tdan olib, uni shunday ushlash kerakki, kavshar chokdan oqib tushmasin. Keyin detal sovutiladi. Uni suvda sovutish uchun plastinani olib tashlash kerak, aks holda birikmaning mustahkamligi kamayishi mumkin.
Qoviyalashning boshqa usulida tayyorlangan detalni qizdirib o’nga bur sepiladi keyin yana qizdirib jez yoki mis simni eritib chokka quyiladi. Qoviyalangan detal sovugach, uni suvda yuvib, quruq latta bilan artib quritiladi, chokdagi ortiqcha kavsharlar qumqog’oz bilan jilvirlab olib tashlanadi.
Qalaylash, kavsharlash va ularni bajarishda sanitariya gigena va xavfsizlik texnikasi talablari
Qalaylash. Detallarni sirtini yupqa qilib metall qatlami bilan qoplashga qalaylash deb ataladi. Odatda, detallarni koviyalashga tayyorlash maqsadida qalaylanadi, ayrim hollarda metallarni zanglashdan saqlash uchun ham qalaylash mumkin. Qalaylashda detalga flyus surkab, ustidan qalay quyiladi, bunda qalay detal sirtida yupqa parda hosil qiladi. Detal siridagi qalayi pardasini poluda deb ataladi. Ular kavsharlar singari tayyorlanadi. Poluda sifatida qalayi va uning qotishmasidan foydalanish mumkin.
Sirtni qalaylashga tayyorlash. Sirtni qalay bilan qoplash uchun uni cho’tka bilan tozalab, moyini ketkazib xurushlanadi. Ishlov berishdan oldin buyumni toza suv bilan yuvish kerak (ishni tezlashtirish maqsadida yuvishda qum, pemza va ohak ishlatiladi).
Notekisliklarni yumaloq charx tosh bilan tekislasa bo’ladi. Sirtni kimyoviy usulda tozalash uchun kaustik sodaning suvdagi eritmasini (1 l suvga 10 gr soda) metall idishda qaynatib, o’nga buyumni 10-15 minut solib qo’yiladi. So’ngra detalni issiq suvda yuvib, quritiladi.
Elimlash. Mashina detallari, qurilish konstruktsiyalari va boshqa buyumlarni yelimlab biriktirish ham mumkin. Yelimlangan birikmalar suv va moy o’tkazmaydi, yuqori darajada germetik, titrash va zarblarda bardoshli bo’ladi. Yelimlab biriktirish parchinlash, payvandlash, kavsharlash bilan biriktirish usullarining o’rnini bosa oladi. Yelimlab biriktirish turli usullar yordamida amalga oshiriladi.
Har xil turdagi yelimlovchi moddalar bo’lib, ular orasida BF yelimi eng ko’p tarqalgan.
Bu yelimlar BF-2, BF-4, BF-6 va boshqa rusumlarda ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |