47-masala. Jismoniy shaxsning (2020 yil) Toshkent shaxrida 650 kv.m. yer uchastkasi bor. Yer 14 zonada joylashgan. Imoratning inventarizatsiya qiymati 6,8 mln. so’m. Imoratning umumiy maydoni 260 kv.m. Jismoniy shaxs 2020 yil uchun byudjetga qancha miqdorda mol mulk solig’i to’laydi?
48-masala. Korxona xodimiga 2020 yil fevral oyi uchun 480000 so’m ish xaqi hisoblandi. SHuningdek 50000 so’m premiya berildi. Fevral oyiga daromad solig’i va boshqa majburiy ajratmalarni hisoblang (EKIX 247000 so’m, yanvar oyida ham ish haqi 480000 so’m).
49-masala. Xususiy tadbirkor (Toshkent shahri) chakana savdo faoliyati uchun 2020 yil oktyabr oyida NKM orqali 3,5 mln. yalpi tushum topshirdi. Oktyabr oyi uchun qanday va qancha miqdorda soliq hamda boshqa ajratmalarni to’laydi?
50-masala. Xususiy tadbirkor Toshkent shaxrida chakana savdo faoliyatini yuritadi. 3 gurux nogironi. SHuningdek ushbu do’konda kompg’yuter xizmati faoliyatini ham olib boradi. Tadbirkor 2020 yil oktyabr oyi uchun qanday va qancha miqdorda soliq to’lashi kerak?
51-masala. Korxona xodimiga 2020 yil yanvar oyi uchun 690000 so’m ish xaqi hisoblandi. SHuningdek xodimning yubileyi munosabati ko’ra unga yanvar oyida 305000 so’mlik qimmatbaxo sovg’a berildi. Yanvar oyiga daromad solig’i va boshqa majburiy ajratmalarni hisoblang (EKIX 247000 so’m).
52-masala. Dexqon bozori xududida joylashgan mikrofirma savdo faoliyati va bolalar o’yin avtomatlari faoliyati bilan shug’ullanadi. 2020 yil oktyabr oyida savdo faoliyati bo’yicha yalpi tushumi 8,5 mln. so’mni, 2 ta bolalar o’yin avtomatlari faoliyati bo’yicha 1,7 mln. so’mni tashkil etgan. Mikrofirma byudjetga oktyabr oyida qanday va qancha miqdorda soliqlar to’lashi kerak (EKIX 247000 so’m) (2200-sonli Nizom asosida)?
Keyslar: 1-keys stadi: Yanvar oyida firmaga tashqi o’rindoshlik sharti bilan ikki xodima ishga qabul qilindi. Ulardan birining daromadidan arizaga ko’ra eng yuqori stavkada, boshqasidan – shkala bo’yicha daromad solig’i ushlanadi.
Yanvar-mart oylarida har bir oy uchun ularga 200 ming so’mdan (0,25 stavkada) ish haqi hisoblab yozildi.
Rahbariyat mart oyida bayram munosabati bilan korxonadagi barcha xodimalarga sovg’alar xarid qildi. SHuningdek, ikki o’rindosh xodimaga ham mart oyida ularning har biriga 300 ming so’mlik sovg’a berildi (joriy yilda boshqa sovg’alar berilmagan).
Savol: O’rindoshlar uchun sovg’alar berilishi to’g’rimi? O’rindoshlar olgan sovg’alarga imtiyozlarni qo’llash mumkinmi? JSHODS va SHJBPHga ajratmalar qanday hisoblanadi?