Avstraliya tuyaqushlari (Casuariformes) turkumiga kazuarlar va emular kiradi. Emu qoramtir —qo'ng'ir rangli bo'lib, og'irligi 40 — 55 kg keladi. U Avstraliyaning dasht va cho'llarida tarqalgan. Avstraliyaning shimoliy —sharqiy qismida va Yangi Gvineya o'rmonlarida kazuarlar tarqalgan. Kazuaralaming og'irligi 80 — 90 kg keladi, tanasi qora, bo'yni va boshi patsiz. Peshonasida o'tkir shox o'simtasi bor.
Qanotsizlar yoki kivilar (Apterygiformes) turkumi vakillari ko'krak tojsiz qushlarning ichida eng kichigi bo'lib, og'irligi 2 — 3 kg keladi. 3 ta turi faqat Yangi Zelandiya o'rmonlarida tarqalgan. Qanot skeleti va yelka kamari kuchli reduksiyalangan. Oyog'ida 4 ta barmog'i bo'ladi. Burun teshiklari uzun tumshchug'ining uchida joylashgan. Ko'zlari nisbatan kichik. Tunda hayot kechiradi. Hasharotlar bilan ovqatlanadi. Urg'ochilari 1 — 2 ta, nisbatan katta tuxum qo'yadi. Inkubatsiya davri 6 — 7 hafta davom etadi.
Ko'krak tojlilar (Carinatae) katta turkumiga kiruvchi qushlarning ko'pchiligi uchish qobiliyatiga ega, to'sh suyagida ko'krak toj suyagi taraqqiy etgan, yelpig'ich patlarida ilmoqchalarbor, terisida apteriya bo'ladi, suyaklari pnevmatik. Ko'krak tojli qushlar yer yuzida keng tarqalgan va bir qancha turkumlarga bo'linadi. Bu katta turkumga 8500 dan ortiq tur kiradi. O'zbekistonda 410 dan ortiq turi uchraydi (38 — rasm).
146
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kurakoyoqlilar (Steganopodes) turkumiga suvda yashaydigan yirik qushlar kiradi. Ularning barmoqlari umumiy suzgich parda bilan o'zaro qo'shilgan, pastki jag'ining ostida har xil darajada takomillashgan ten xaltachasi bo'ladi. Kurakoyoqlilar yer yuzida keng tarqalgan bo'lib, dengiz, ko‘1 va daryolarning quyi oqimlarida yashaydi. MDH ning janubiy tumanlarida saqoqushlar va qoravoylar yashaydi. Bular asosan baliqlar bilan oziqlanadi. Qoravoylar baliqlarni katta chuqurliklarga sho'ng'ib ushlasa, saqoqushlar suvning sayoz joylaridan tutadi.
38 - rasm. Ko'krak tojli qushlar vakillari: I — karqur (Tovuqsimonlar turkumi),!! — tog' kaptari (Kaptarsimonlar turkumi), III — kronshnep — kichik uzunburun (Balchiqchilar turkumi), IV — baliqchi qush (Baliqchilar turkumi), V — kayra (Chistiklar turkumi), VI — kulrang g'oz (G’ozsimonlar turkumi), VII harom qoravoy (Kurakoyoqlilar turkumi), VIII — oq laylak (Laylaksimonlar turkumi), IX — tuvaloq (Tuvaloqsimonlar turkumi), X — burgut (Kunduzgi yirtqich qushlar turkumi), XI — pungqush (Yapaloqqushlar turkumi), XII — qizilishton (Qizilishtonlar turkumi), XIII — qora qarg’a (Chumchuqsimonlar turkumi).
Do'stlaringiz bilan baham: |