Respublikasi oliy


Minogalar (Petromyzonifonnes) turkumi



Download 3,12 Mb.
bet63/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

Minogalar (Petromyzonifonnes) turkumi. Minogalarning 24 ta turi bor. Bular dengiz va daryolarda erkin suzib yuradi, chala parazitlik qilib oziqlanadi. Ko'pincha baliqlarning gavdasiga yopishib oladi, ulaming qoni va go'shtini so'radi. Ko'zlari yaxshi rivojlanmagan, jabra teshiklari 7 juft bo‘lib, har biri mustaqil ravishda tashqariga ochiladi. Minogalarga vakil qilib gavdasining uzunligi 1 m gacha boradigan dengiz minogasi, daryo minogasi va soy minogasini olish mumkin.

  • Miksinalar (Myxiniformes) turkumi. Miksinalaming 18 —20 ta turi bor. Ularning orqa suzgich qanoti yo'q, ko'zlari terisi ostiga yashiringan, jabra teshiklari 15 juftgacha bo'ladi. Ichki qulog'ida faqat bitta yarim doirali kanal bo'ladi. Jabra teshiklari kanallar holida borib, teri tagidan bir juft teshik bilan tashqariga ochiladi. Bu belgilaming hammasi miksinalaming oziqlanishiga asoslangan, ya'ni miksinalar baliqlarning gavdasi ichiga kirib oladi va ichki organlarini yeydi.

    Minogalar oziq —ovqat sifatida ishlatiladi. Ular asosan, Volga daryosidan tutiladi. Miksinalar to'rga tushgan baliqlami yeb qo’yadi va shu bilan baliqchilikka sezilarli darajada zarar yetkazadi.
    Test topshiriqlariga javob bering

    1. Tuban xordalilar uchun umumiy bo'lgan belgilarni ko'rsating.

    a —o'q skeleti — umurtqa pog'onasidan iborat, b —o'q skeleti xordadan iborat; d — markaziy nerv sistemasi xorda ustida joylashgan nerv nayidan iborat, e —halqumi devorida jabra yoriqlari bo'ladi, f— nerv nayining oldingi qismi bosh miyani hosil qiladi.
    A — a,b,f; B — d,e,f; D — a,e,f; E — b,d,e; F — b,d,f.

    1. Xordalilar tipi qanday kenja tiplarga bo'linadi?

    a — umurtqalilar, b —baliqlar, d —lichinka xordalilar, e —sudralib yuruvchilar, f—suvda va quruqlikda yashovchilar, g —bosh qutisizlar.
    A — a,d,g; B — b,e,f; D - b,d,g; E — a,e,f; F — a,f,g.

    1. Lichinka xordalilarga xos belgilarni ko'rsating.

    a —xordasi embrional rivojlanish davrida bo'ladi, b —nerv nayi oldingi qismi bosh miyani hosil qiladi, d —orqa tomonda umurtqa pog’onasi rivojlangan, e —tanasi qobiq bilan o'ralgan, f — nerv sistemasi yagona nerv tugunidan iborat, g —quruqlikda yashovchi xordalilarda jabra yoriqlari embrión davrida bo'ladi.
    A — a,d,e; B — a,e,f; D — b,f,g; E — d,e,f; F — b,d,g.


    91


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    1. Umurtqalilarga xos belgilami ko'rsating. (3 —topshiriqqa qarang).

    2. Xordalilar kenja tiplari va ularga mansub sinflarni juftlab, ko’rsating.

    1 — bosh skeletsizlar, 2 —lichinka xordalilar, 3 — umurtqalilar;
    a —to'garak og’izlilar, b — lansetniklar, d — assidiyalar.
    A — la, 2d, 3b; D — lb, 2d, 3a;
    B — lb, 2a, 3d; E — Id, 2a, 3b; F — Id, 2b, 3a.

    1. Assidiyalar qanday tuzilgan?

    a — gavdasi xaltaga o'xshash, b — gavdasi yuqori qismida og'iz teshigi bor, d —boshi rivojlanmagan, e —terisi shaffof bir qavat epiteliydan iborat, f—muskullari gavdasining ikki yonida joylashgan, g —qon aylanish sistemasi tutash emas, h —yuragi bo’lmaydi, i—lichinkasi harakatchan, suv tubiga yopishib, voyaga yetadi.
    A — a,b,g,i; B — d,e,f,h; D — b,e,g,h; E — a,d,f,i; F — d,e,g,h.

    1. Lansetniklar qanday tuzilgan? (6 — topshiriqqa qarang).

    2. Umurtqalilar qanday katta sinflarga bo’linadi?

    a — murtak pardasizlar, b — to'garak og’izlilar, d — murtak pardalilar, e —baliqlar, f—to'rtoyoqlilar, g—jag'sizlar.
    A — a,b,f; B — d,e,g; D — a,f,g; E — b,e,g; F — e,f,g.

    1. Lansetniklami o’rgangan olimlar kimlar?

    A — I.Mechnikov; B — A.Kovalevskiy; D — P.Pallas;
    E — V.Kovalevskiy; F — Fedchenko; G — A.Severtsev.


    92


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    1. BALIQLAR (PISCES) KATTA SINFI


      1. Tog'ayli baliqlar (Chondrichthyes) sinfi


    Tog'ayli baliqlar sinfi vakillari asosan dengiz va okeanlarda yashaydi. Tog'ayli baliqlaming tuzilishi ko'ppak akula misolida berilgan (25 — rasm). Uning bo'yi 1 m ga boradi. Gavdasi uzunchoq. Boshining uchida qazg'ichi bor. Boshining yon tomonlarida 5 juftdan jabra yoriqlari joylashgan. Ko'zlarining orqasida ikkita halqumga ochiladigan sachratqichlari bo'ladi. Gavdaning ostki tomonida dumning oldida kloaka bor. Dum suzgich qanoti teng pallali bo'lmaydi, ya'ni ustki pallasi pastkisiga nisbatan katta bo'ladi. Bunday dum suzgich qanoti geteroserkal dum deyiladi. Gavdaning oldingi yon tomoniga gorizontal joylashgan juft ko'krak suzgich qanoti, orqa qismining qorin tomonida esa juft qorin suzgich qanoti joylashgan.









    Download 3,12 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   114




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish