Minogalar (Petromyzonifonnes) turkumi. Minogalarning 24 ta turi bor. Bular dengiz va daryolarda erkin suzib yuradi, chala parazitlik qilib oziqlanadi. Ko'pincha baliqlarning gavdasiga yopishib oladi, ulaming qoni va go'shtini so'radi. Ko'zlari yaxshi rivojlanmagan, jabra teshiklari 7 juft bo‘lib, har biri mustaqil ravishda tashqariga ochiladi. Minogalarga vakil qilib gavdasining uzunligi 1 m gacha boradigan dengiz minogasi, daryo minogasi va soy minogasini olish mumkin.
Miksinalar (Myxiniformes) turkumi. Miksinalaming 18 —20 ta turi bor. Ularning orqa suzgich qanoti yo'q, ko'zlari terisi ostiga yashiringan, jabra teshiklari 15 juftgacha bo'ladi. Ichki qulog'ida faqat bitta yarim doirali kanal bo'ladi. Jabra teshiklari kanallar holida borib, teri tagidan bir juft teshik bilan tashqariga ochiladi. Bu belgilaming hammasi miksinalaming oziqlanishiga asoslangan, ya'ni miksinalar baliqlarning gavdasi ichiga kirib oladi va ichki organlarini yeydi.
Minogalar oziq —ovqat sifatida ishlatiladi. Ular asosan, Volga daryosidan tutiladi. Miksinalar to'rga tushgan baliqlami yeb qo’yadi va shu bilan baliqchilikka sezilarli darajada zarar yetkazadi.
Test topshiriqlariga javob bering
Tuban xordalilar uchun umumiy bo'lgan belgilarni ko'rsating.
a —o'q skeleti — umurtqa pog'onasidan iborat, b —o'q skeleti xordadan iborat; d — markaziy nerv sistemasi xorda ustida joylashgan nerv nayidan iborat, e —halqumi devorida jabra yoriqlari bo'ladi, f— nerv nayining oldingi qismi bosh miyani hosil qiladi.
A — a,b,f; B — d,e,f; D — a,e,f; E — b,d,e; F — b,d,f.
Xordalilar tipi qanday kenja tiplarga bo'linadi?
a — umurtqalilar, b —baliqlar, d —lichinka xordalilar, e —sudralib yuruvchilar, f—suvda va quruqlikda yashovchilar, g —bosh qutisizlar.
A — a,d,g; B — b,e,f; D - b,d,g; E — a,e,f; F — a,f,g.
Lichinka xordalilarga xos belgilarni ko'rsating.
a —xordasi embrional rivojlanish davrida bo'ladi, b —nerv nayi oldingi qismi bosh miyani hosil qiladi, d —orqa tomonda umurtqa pog’onasi rivojlangan, e —tanasi qobiq bilan o'ralgan, f — nerv sistemasi yagona nerv tugunidan iborat, g —quruqlikda yashovchi xordalilarda jabra yoriqlari embrión davrida bo'ladi.
A — a,d,e; B — a,e,f; D — b,f,g; E — d,e,f; F — b,d,g.
91
www.ziyouz.com kutubxonasi
Umurtqalilarga xos belgilami ko'rsating. (3 —topshiriqqa qarang).
Xordalilar kenja tiplari va ularga mansub sinflarni juftlab, ko’rsating.
1 — bosh skeletsizlar, 2 —lichinka xordalilar, 3 — umurtqalilar;
a —to'garak og’izlilar, b — lansetniklar, d — assidiyalar.
A — la, 2d, 3b; D — lb, 2d, 3a;
B — lb, 2a, 3d; E — Id, 2a, 3b; F — Id, 2b, 3a.
Assidiyalar qanday tuzilgan?
a — gavdasi xaltaga o'xshash, b — gavdasi yuqori qismida og'iz teshigi bor, d —boshi rivojlanmagan, e —terisi shaffof bir qavat epiteliydan iborat, f—muskullari gavdasining ikki yonida joylashgan, g —qon aylanish sistemasi tutash emas, h —yuragi bo’lmaydi, i—lichinkasi harakatchan, suv tubiga yopishib, voyaga yetadi.
A — a,b,g,i; B — d,e,f,h; D — b,e,g,h; E — a,d,f,i; F — d,e,g,h.
Lansetniklar qanday tuzilgan? (6 — topshiriqqa qarang).
Umurtqalilar qanday katta sinflarga bo’linadi?
a — murtak pardasizlar, b — to'garak og’izlilar, d — murtak pardalilar, e —baliqlar, f—to'rtoyoqlilar, g—jag'sizlar.
A — a,b,f; B — d,e,g; D — a,f,g; E — b,e,g; F — e,f,g.
Lansetniklami o’rgangan olimlar kimlar?
A — I.Mechnikov; B — A.Kovalevskiy; D — P.Pallas;
E — V.Kovalevskiy; F — Fedchenko; G — A.Severtsev.
92
www.ziyouz.com kutubxonasi
BALIQLAR (PISCES) KATTA SINFI
Tog'ayli baliqlar (Chondrichthyes) sinfi
Tog'ayli baliqlar sinfi vakillari asosan dengiz va okeanlarda yashaydi. Tog'ayli baliqlaming tuzilishi ko'ppak akula misolida berilgan (25 — rasm). Uning bo'yi 1 m ga boradi. Gavdasi uzunchoq. Boshining uchida qazg'ichi bor. Boshining yon tomonlarida 5 juftdan jabra yoriqlari joylashgan. Ko'zlarining orqasida ikkita halqumga ochiladigan sachratqichlari bo'ladi. Gavdaning ostki tomonida dumning oldida kloaka bor. Dum suzgich qanoti teng pallali bo'lmaydi, ya'ni ustki pallasi pastkisiga nisbatan katta bo'ladi. Bunday dum suzgich qanoti geteroserkal dum deyiladi. Gavdaning oldingi yon tomoniga gorizontal joylashgan juft ko'krak suzgich qanoti, orqa qismining qorin tomonida esa juft qorin suzgich qanoti joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |