O'simliklarda parazitlik qiluvchi to'garak chuvalchanglar. To'garak chuvalchanglar orasida o'simlik parazitlari ham juda ko'p uchraydi. Ayniqsa, ildiz bo'rtma nematodasi ekinlarga katta zarar yetkazadi. Bu nematoda bodring, pomidor, lavlagi, g'o'za, kungaboqar, kartoshka, loviya, mosh, tut, tol kabi 200 dan ortiq sabzavot, poliz va texnika ekinlari hamda turli xil daraxtlaming ildizi va yer osti qismlariga zarar yetkazadi.
Kartoshka nematodasi (Ditylenchus destructor) kartoshka tugunagida parazitlik qilib, hosildorlikning keskin kamayishiga sabab bo'ladi. Sitrus nematodasi esa sitrus o'simhklari (limón, apelsin) ildizida parazitlik qiladi. Bug'doy (Anguina tritici) va sholi nematodasi bug'doy hamda sholining donida parazitlik qiladi. Respublikamizda parazit chuvalchanglarni o'rganishda M.I.Isayev, A.T.To'laganov, M.A. Sultonov, I.X.Ergashev va J.A.Azimovlarning xizmatlari katta.
Test topshiriqlariga javob bering
To'garak chuvalchanglar qanday tuzilgan?
a — gavdasi ipsimon yoki duksimon shaklda, b — gavdasi bir necha bo'gimlargabo'lingan, d —boshida bir necha so'rg'ichlari bor,
e —ko'ndalang kesimi doirasimon, f — tana bo'shlig'i suyuqlik bilan to'lgan.
A — a, d, e; B — a, d, f; D — b, d, e; E — b, e, f; F —a, b, d.
To'garak chuvalchanglarga mansub hayvonlar va ular parazitlik qiladigan organizm yoki organlar juftlab ko'rsatilgan javoblarni
aniqlang.
1 —odam askaridasi, 2 —bolalar gijjasi, 3—bo'rtma nematoda,
4 —bug'doy nematodasi; a —don, b —ichak bo'shlig'i, d —yo'g’on ichak, e — sabzavot va boshqa ekinlar ildizi.
A — la, 2d, 3e, 4b; D — id, 2a, 3e, 4b;
B — lb, 2e, 3d, 4a; E — lb, 2d, 3e, 4a; F — le, 2d, 3a, 4b.
To'garak chuvalchanglarning qaysi organlari bo'lmaydi?
A — nafas olish, ayirish; B — ayirish, qon aylanish; D — nerv, hazm qilish; E — ayirish, jinsiy; F — nafas olish, qon aylanish.
44
www.ziyouz.com kutubxonasi
Askaridaning hazm sistemasi bo'limlarini tartib bilan joylash tiring.
a —o'rta ichak; b —halqum, d —anal teshigi, e —og'iz,
f — qizilo'ngach, g —orqa ichak.
A — b,e,f,g,d,a; D — e,b,f,a,g,d;
B — e,f,b,a,g,d; E — e,a,f,b,g,d; F — e,b,a,f,g,d.
To'garak chuvalchanglar jinsiy sistemasi qanday tuzilgan?
A — ayrim jinsli, tuxumdonlari 2 ta, urug'doni bitta;
B — germafrodit, tuxumdonlari vaurug'donlari 2 tadan;D — tuxumdon va urug'donlari bittadan; E — urug'doni 2 ta, tuxumdoni bitta;
F — urug'doni ikkita, tuxumdonlari uzun tasmasimon.
Askaridaning rivojlanish siklini tuxumdan chiqqan davridan boshlab tartib bilan ko'rsating:
a — tuxumlar tuproqqa tushadi, b — ichak devori orqali qonga o'tadi, d —ichak bo'shligida voyaga yetadi, e —balg'am bilan og'izga tushadi, f—yuvilmagan sabzavot va mevalar orqali og'izga tushadi, g — ichakda tuxumlardan lichinkalar chiqadi, h —qon bilan o'pkaga boradi.
A — d,f,e,g,h,a,b; D — b,d,e,h,g,a,f;
B — e,g,h,a,b,d,f; E — g,b,h,e,d,a,f; F — f,a,b,g,h,e,d.
Parazit chuvalchanglarni o'rgangan olimlarni ko'rsating.
A — Zohidov, Zokirov; B — Zohidov, To'laganov; D — Azimov, Zohidov; E — Isayev, Zokirov; F — Sultanov, To'laganov.
Qaysi tur nematodaning tashuvchisi sikloplar hisoblanadi?
A — bolalar gijjasi; B — trixinella; D — rishta; E — Bankroft ipchasi; F — qilbosh nematoda.
Qaysi tur nematodaning tashuvchisi qon so'ruvchi chivinlar
(8 — topshiriqqa qarang) ?
Birlamchi tana bo'shlig'iga ega bo'lgan hayvonlami ko'rsating?
A — Yassi chuvalchanglar; B — Bo'shliqichlilar; D — To'garak chuvalchanglar; E — Halqali chuvalchanglar; F — Tikanbosh chuvalchanglar.
45
www.ziyouz.com kutubxonasi
HALQALI CHUVALCHANGLAR (ANNELIDA) TIPI
Halqali chuvalchanglar tanasi ko'p sonli bo'g'imlar, ya'ni halqalardan tashkil topgan hayvonlardir. Suvda erkin harakat qilib hayot kechiradigan halqalilaming har bir tana bo'g'imida bir juftdan parapodiylari rivojlangan. Tuproqda yashaydigan turlarida esa parapodiylar yo'qolib ketgan, ulaming o'rnida qilchalar saqlanib qolgan. Ayirish sistemasi har bir bo'g'imda bir juftdan joylashgan naychalardan iborat. Bunday ayirish sistemasi metanefridiy (meta —bo'g'im, nefridiy — buyrak) deb ataladi.
Halqali chuvalchanglarning hazm qilish, nerv sistemalari yassi va to'garak chuvalchanglarnikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Qon aylanish sistemasi bitta tutash doiradan iborat. Yuragi bo'lmaydi.
Halqali chuvalchanglar dengizlarda, chuchuk suv havzalarida va tuproqda yashaydigan 12000 ga yaqin tumi o'z ichiga oladi. Bu tip ko'ptuklilar, kamtuklilar va zuluklar sinflariga bo'linadi.
Ko'ptuklilar (Polychaeta) sinfi
Ko'ptuklilar suvda erkin suzib yuruvchi yoki suv tubida yopishib o'troq hayot kechiradigan halqali chuvalchanglardir. Ularda harakatlanishga ixtisoslashgan birmuncha murakkab tuzilgan harakatlanish sistemasi parapodiylari rivojlangan. Bosh bo'limi esa tanadan aniq ajralib chiqqan ixtisoslashgan maxsus bo'limdan iborat. Bosh bo'limida har xil organlari: paypaslagichlar, ko'zchalar va hidlov chuqurchalari joylashgan. Ko'ptuklilar baliqlar va boshqa bir qancha hayvonlar uchun oziq bo'lib hisoblanadi. Bu sinfga 8000 ga yaqin tur kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |