Tuzilishi. Jigar qurti (Fasciola hepatica)ning tanasi bargsimon yassi bo'lib, uzunligi 3 —5 sm keladi (9 —rasm). U ko'pchilik sut emizuvchilar, jumladan, qo'y, sigir, ot, tuya, echki, kiyik, quyon, cho'chqa kabi uy hayvonlari, ko'pchilik yowoyi hayvonlar va ba'zan odam jigarining o't yo'llarida parazitlik qiladi. Parazitlik qilib yashash munosabati bilan jigar qurtida ikkita so'rg'ich rivojlangan. Ulardan biri tanasining oldingi uchida, ikkinchisi undan keyinroqda — qorin tomonida joylashgan. Ikkala so'rg'ich yordamida jigar qurti o't yo'llariga yopishib oladi.
Jigar qurtining og'iz teshigi og'iz so'rg'ichining o'rtasida joylashgan. Og'zi qisqa halqum bilan tutashgan. Halqumdan ikki shoxli ichak boshlanadi. Ichakning har qaysi shoxi yana ko'p yon shoxlarga ajraladi. Shoxlarning uchi berk bo'lib, oziq qoldig'i og'iz teshigi orqali chiqib ketadi. Jigar qurti o't suyuqligi va qonni so‘rib, oziqlanadi. Uning ayirish, nerv va jinsiy sistemalari oq planariyanikiga o'xshash tuzilgan bo'ladi.
Rivojlanishi. Jigar qurti germafrodit hayvon. Uning urug'langan tuxumlari xo'jayin jigari o't yo'llaridan ichakka va undan tezak bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Tuxumlar suvga tushganida ulardan mikroskopik mayda mirasidiy lichinkasi chiqadi. Lichinkalar kipriklar bilan qoplangan bo'lib, suvda erkin suzib yuradi.
9—rasm. Jigar qurti. A —ovqat hazm qilish sistemasi. B—jinsiy sistemasi: 1 — og'iz so'rg'ichi, 2— qorin so'rg'ichi, 3 —ichak, 4 —kuyikish organi, 5 — tuxumdon, 6 —sariqdon, 7 —sariqdon yo'llari, 8 —urug'don, 9 —urug' yo'li, 10 —bachadon.
36
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bunday lichinkalar chuchuk suv shillig'ini topib, uning tanasiga kirib oladi va kiprikchalarini tashlab, ikkinchi lichinkalik davri — rediyga aylanadi. Lichinkalar shilliq ichida rivojlanish bilan birga ko'paya boshlaydi. Bu davrda lichinka tanasida yana ko'p lichinkalar hosil bo'ladi. Bu lichinkalar dumli bo'lib, serkariy deb ataladi. Ular molluska tanasidan suvga chiqadi va birmuncha suzib yurgach, dumini tashlaydi, qalin qobiqqa o'ralib, sista hosil qiladi. Sistalar suv yuzasida qalqib yurishi yoki o'simliklarga yopishib olishi mumkin. Bunday sista suv yoki oziq bilan hayvonlarning ichagiga tushib qolganida uning qobig'i erib, lichinkalar ichak bo'shlig'iga chiqadi. Lichinka ichak devoridan qon orqali jigarga boradi va o't yo'llariga yopishib, parazitlik qilishga o'tadi.
Shunday qilib, jigar qurti ikkita organizmda rivojlanadi. U jinsiy voyaga yetgan davrida turli chorva molían va yowoyi hayvonlar, ba'zan odam jigari o't yo'llarida parazitlik qiladi. Shuning uchun odam va sutemizuvchi hayvonlar jigar qurtining asosiy xo'jayini hisoblanadi. Parazit lichinkasi suv shillig'i tanasida parazitlik qiladi. Suv shillig'i jigar qurtining oraliq xo'jayini bo'ladi.
Jigar qurti chorva mollari va uy hayvonlarida keng tarqalgan xavfli parazit hisoblanadi. Odam ham dalada ko'lmak suvlardan ichganida yoki yaylovdagi o'tlardan tatib ko'rganida unga jigar qurti yuqishi mumkin.
Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi
Tasmasimon chuvalchanglar tana shakli tasmaga o'xshash yassi va uzun bo'ladi. Tanasi bo'g'imlarga bo'lingan. Parazit hayot kechirishi tufayli ularning tuzilishi juda o'zgarib ketgan. Chunonchi, tanasining oldingi qismida xo'jayin ichagi devoriga yopishib olishga moslashgan har xil so'rg'ichlar va ilmoqchalar rivojlangan. Hazm qilish sistemasi yo'qolib ketgan. Ular tana yuzasi orqali xo'jayin ichagida hazm bo'lgan tayyor oziqni so'rib oladi. Jinsiy sistemasi juda kuchli rivojlangan bo'lib, har bir tana bo'g'imida takrorlanadi. Tasmasimon yassi chuvalchanglar odam va turli hayvonlarning ichki organlari va to'qimalarida parazitlik qiluvchi 3300 ga yaqin tumi o'z ichiga oladi. Tipik vakili qoramol tasmasimon! hisoblanadi (10 — rasm).
37
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |