Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/203
Sana05.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#317892
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   203
Bog'liq
Kiber

5.2.2. Zaxira nusxalash strategiyasi 
Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning ideal strategiyasi to’g’ri ma’lumotni 
tanlashdan boshlab, kafolatli ma’lumotni tiklash jarayonigacha bo’lgan bosqichlarni 
o’z ichiga oladi. Zaxira nusxalash turli tashkilotlar uchun farq qilsada, barcha 
holatlarda ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan oldin quyidagi hususiyatlarga e’tibor 
qaratish muhim hisoblanadi: 
-
 
Ma’lumotlarni zaxira nusxalash strategiyasi ixtiyoriy tashqi qurilmalardan 
ma’lumotlarni tiklash imkoniyatina ega bo’lishi shart. Ushbu qurilmalar 
sifatida serverlar, host mashinalar, noutbuklar va boshqalar bo’lishi mumkin. 
-
 
Agar tabiiy ofatlar natijasida ma’lumot yo’qolsa, zaxira nusxalash strategiyasi 
faqat chekli sondagi insidentlarga qarshi himoya bilan cheklanmasligi zarur. 
Strategiya o’zida shuningdek, tabiiy ofatlar yuz bergan taqdirda ham 
ma’lumotlarni tiklash usullarini mujassamlashtirishi shart. 
-
 
Strategiya dastlabki bosqichlarda ma’lumotni qayta tiklash uchun muhim 
qadamlardan iborat bo’lishi kerak. 
-
 
Zaxira nusxalashni qimmat bo’lmasligi tashkilot uchun moliyaviy foyda olib 
keladi. 
-
 
Zaxira nusxalashdagi inson tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan xatoliklarni 
oldini olish uchun ma’lumotlarni zaxira nusxalash avtomatik ravishda amalga 
oshirilishi kerak.  
Faoliyatga  tegishli  muhim  ma’lumotni  aniqlash. 
Har bir tashkilotda juda 
ko’plab turdagi ma’lumotlar mavjud bo’lib, bular orasidan tashkilot uchun muhim 
bo’lganlarini zaxira nusxalash uchun ularni dastlab tanlash zarur. Ma’lumotni 
muhimligi uning tashkilotdagi xizmatining muhimligiga asoslanib, muhim 
ma’lumotlar sifatida daromad, savdo rejalari, ma’lumotlar bazasi, hujjatlarni, 


175 
 
elektron jadvallarni va pochta xabarlarni o’z ichiga olgan fayllarni olish mumkin. 
Ushbu ma’lumotlarni yo’qotilishi tashkilotga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. 
Eng muhim ma’lumotlarda nima borligini aniqlash: 
-
 
tashkilotda muhim funksiya va ma’lumotlarni aniqlash uchun biznesga 
ta’sirini tahlil qilish zarur;  
-
 
hujjatlarni tekshirish va muhim biznes funksiyalarni tiklash maqsadida 
amalga oshirish; 
-
 
biznes faoliyatga ma’lumotlarni ta’sirini tahlil qiluvchi jamoani tashkil etish; 
-
 
qayta tiklash uchun zarur bo’lgan strategiyani yoki rejani amalga oshirish 
uchun yetarli sondagi xodimlarni tayinlash. 
Zaxira nusxalash  vositalarini  tanlash. 
Tashkilotlarda zaxira nusxalarni 
saqlovchilarni tanlash umumiy muammolardan biri hisoblanib, mos bo’lmagan 
zaxira saqlovchi vositani tanlanishi ma’lumotlarni chiqib ketishiga olib kelishi 
mumkin. Zaxira nusxalar saqlanuvchi vositalarni tanlash saqlanuvchi zaxira 
ma’lumotning turiga bog’liq bo’ladi.  
Zaxira nusxalarni saqlovchi vositalarni tanlash quyidagi omillarga asoslanadi: 
-
 
Narx: 
har bir tashkilot o’zining byudjetiga mos bo’lgan zaxira nusxalash 
vositasiga ega bo’lishi shart. Saqlanuvchi ma’lumot hajmidan katta hajmga 
ega vositalarga ega bo’lish ortiqcha sarf xarajatni keltirib chiqaradi. 
-
 
Ishonchlilik:
 
tashkilotlar o’z ma’lumotlari buzilishsiz ishlaydigan 
ma’lumotlarni zaxira saqlash vositalarida saqlanishiga ega bo’lishlari kerak. 
Tashkilotlar bu o’rinda yuqori ishonchlilik, buzilmaydigan ma’lumotlarni 
saqlash vositasini tanlashi shart bo’ladi. 
-
 
Tezlik:
  tashkilotlar zaxira nusxalash jarayonida inson aralashuvini imkoni 
boricha kam talab etadigan saqlash vositalarini tanlashi kerak. Agar mashina 
ishlamaydigan vaqtda zaxira nusxalash jarayoni tugallanmasa, bu holda tezlik 
muammosi kuzatiladi. 
-
 
Foydalanuvchanlik:
  ma’lumot yo’qolgandan yoki zararlangandan so’ng 
zaxira nusxalash vositasidan foydalanish vaqtida muammolar bo’lishi 


176 
 
mumkin. Shuning uchun, tashkilotlar zaxira nusxalash vositalarini har doim 
foydalanishga yaroqli bo’lishiga e’tibor qaratishi kerak. 
-
 
Qulaylik:
  tashkilot foydalanish uchun oson bo’lgan zaxira nusxalash 
vositasini tanlashi shart. Bu esa o’z navbatida zaxira nusxalash jarayonida 
moslashuvchanlikni ta’minlashda muhim hisoblanadi. 
Zaxira  nusxalarni  saqlovchi  vositalar. 
Hozirda ma’lumotlarni zaxira 
nusxalarini saqlashda quyidagi vositalardan foydalanilmoqda: 
Optik disklar (DVD, Blu-ray). 
DVD  disklar o’zida 8.55 GBaytgacha 
ma’lumotni saqlash imkoniyatiga ega bo’lib, faqat o’qish imkoniyati mavjud. 
Hozirda ushbu ma’lumot saqlovchilar amalda keng qo’llanilmayotganining asosiy 
sababi ularga qaraganda katta hajmga ega saqlash vositalarining mavjudligi bilan 
xarakterlanadi. Ushbu ma’lumot saqlovchilarning afzalligi ularning kam narxligi va 
foydalanishdagi qulayligi bilan asoslansa, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlay 
olmasligi uning kamchiligi hisoblanadi. 
Ko’chma qattiq disklar/ USB xotiralar. 
Ko’chma qattiq disklar DVD, Blu-ray 
disklarga qaraganda zaxira ma’lumotlarini saqlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi. 
Ushbu saqlovchilarning xotira hajmi katta bo’lib, kichikroq zaxira nusxalash talab 
etilgan vaqtlarda foydalanilishi mumkin. Flesh disklar turli o’lchamli bo’lib, katta 
hajmdagi ma’lumotlarni ham saqlash imkoniyatiga ega hisoblanadi. Qattiq 
disklardan foydalanishning yana bir tanlovi bu –  RAID  (Redundant Array of 
Independent Disks)  hisoblanadi. U ikki yoki undan ortiq qattiq disklardan iborat 
bo’ladi. Ikkinchi disk birinchi diskdagi ma’lumotlardan nusxani saqlash uchun 
foydalaniladi. Asosiy diskdagi ixtiyoriy o’zgarish qolgan disklarga ham 
akslantiriladi. Ushbu ma’lumot saqlovchilarning afzalligi ularning yuqori saqlash 
imkoniyati va yuqori tezligi hisoblansa, narxining qimmatligi va katta hajmdagi 
ma’lumotlar uchun kam tavsiya etilishi uning kamchiligi hisoblanadi. 
Lentali disklar. 
Lentali disklar ma’lumotlarni zaxira saqlash uchun eng mos 
saqlovchilar bo’lib, tashkilot sathida ma’lumotni zaxira nasxalashni amalga oshiradi. 
Ushbu saqlovchilar ma’lumot va programmalarni saqlash uchun foydalaniladi. 
Ushbu zaxira saqlash usuli saqlash va olib yurish uchun qulay bo’lib, foydalanuvchi 


177 
 
ishtirokini talab etmaydi va to’liq avtomatlashgan tartibda amalga oshiriladi. Uning 
asosiy kamchiligi esa oddiy foydalanuvchilar uchun qimmatligi va oddiy 
kompyuterlar ulardan  foydalanish uchun qo’shimcha apparat va dasturiy vositani 
talab qilishi hisoblanadi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish