Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/203
Sana05.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#317892
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   203
Bog'liq
Kiber

 
 


171 
 
5 BOB. FOYDALANUVCHANLIKNI TA’MINLASH USULLARI 
5.1. Foydalanuvchanlik va uning tizimlar uchun muhimligi 
Kompyuter  xavfsizligi  axborot  va  axborot  tizimlarini  ruxsatsiz  foydalanish, 
ochish, buzish, o’zgartirish yoki yo’q qilishdan himoya qilishni anglatib, uning eng 
muhim  maqsadi  axborot  konfidensialligi,  yaxlitligi  va  foydalanuvchanligini 
ta’minlashdir.  Biroq,  ular  orasidan  foydalanuvchanlikni  ta’minlash  har  qanday 
kompyuter  tizimining  asosiy  vazifasi  hisoblanadi.  Kompyuter  tizimlari 
ma’lumotlarni  saqlash  va  ishlash  uchun  foydalanilsa,  xavfsizlikni  nazoratlash 
vositalari ushbu ma’lumotni turli xil suiste’mol qilishdan himoyalashda ishlatiladi. 
O’z navbatida axborot tizimlarining o’z maqsadiga xizmat qilishiga imkon beruvchi 
foydalanuvchanlikni ta’minlash muhim hisoblanadi. 
Foydalanuvchanlik tushunchasiga turli soha korxonalari va olimlar tomonidan 
turlicha tavsiflar keltirilgan, xususan: 
-
 
vakolatli  ma’lumotlarga  yoki  manbalarga  ehtiyoji  bo’lganlar  uchun 
foydalanish imkonini berish [8]; 
-
 
vakolatli  foydalanuvchilar  uchun  ma’lumotlar  va  axborot  tizimlaridan  o’z 
vaqtida va ishonchli foydalanish [9]; 
-
 
obyektlardan  qonuniy  foydalanish  imkoniga  ega  vakolatli  shaxslarning 
kirishiga to’sqinlik qilmaslik [10]; 
-
 
tizimlar  tezkor  ishlashini  va  qonuniy  foydalanuvchilarga  rad  etilishini 
kafolatlashga qaratilgan talab [11]. 
Hozirda  barcha  sohalarda  axborot  texnologiyalarini  keng  joriy  qilinishi, 
tashkilot  yoki  korxonalar  faoliyatini  yuritishda  muhim  ahamiyat  kasb  etayotgan 
bo’lsa, boshqa tomondan, agar tashkilotda axborot tizimlari bilan bog’liq muammo 
kuzatilsa, tashkilot faoliyati uchun katta yo’qotishlarga duch kelishi mumkin. Faraz 
qilaylik,  hosting  provayderlarida  xizmat  ko’rsatishda  99%  foydalanuvchanlik 
ta’minlangan bo’lsin. Bu qiymat ko’rinishdan katta bo’lsada, bir yilda 87 soat (3.62 
kun)  xizmat  ko’rsatilmaganini  anglatadi.  Bu  vaqt  ichida  tashkilotning  xizmat 
ko’rsatish  hajmiga  bog’liq  holda  turlicha  zarar  ko’rilgan  bo’lishi  mumkin. 


172 
 
Yuqoridagi  holatda  hattoki  99.9%  xizmat  ko’rsatishda  foydalanuvchanlikka 
erishilgan bo’lsada, yilida 9 soat yo’qotish kuzatiladi. Boshqa so’z bilan aytganda, 
yaxshilanish  kuzatilgan  taqdirda  ham  ma’lum  darajadagi  yo’qotilishlar  mavjud 
bo’ladi.  
Xizmat ko’rsatishdagi mazkur zararlarni kamaytirish nafaqat Facebook yoki 
Amazon  kabi  yirik  korporasiyalar  uchun,  balki  barcha  tashkilotlar  uchun  ham 
muhim  hisoblanadi.  Xususan, 2013 yilda  30  daqiqa  davomida  Amazon.com 
saytining  ishlamay  qolishi  kompaniyaga  2  million  dollarga  (daqiqasiga  66 240  $) 
tushgan [12].  
Yuqoridagi misollar har bir tashkilot uchun foydalanuvchanlikni ta’minlash 
qanchalik  muhimligini  anglatadi.  O’z  o’rnida  yuqori  foydalanuvchanlik  o’zida 
quyidagi 3 ta omilni birlashtiradi: 
-
 
xatolarga  bardoshlilik:
  bu  omil  tizimda  xatolik  kuzatilgan  taqdirda 
ham ishlamay qolmaslik shartini ko’rsatadi;
 
-
 
taqdim  etilayotgan  xizmatlarning  kafolati: 
xizmatlar,  shuningdek, 
tizimlar ham har doim majud bo’lish kerak;
 
-
 
ma’lumotlar xavfsizligi: 
infratuzilma tarkibidagi ma’lumotlar yaxlitligi 
undagi  jarayonlar  va  odamlar  ishlamay  qolgan  taqdirda  ham 
ta’minlanishi shart.
 
Yuqori  darajadagi  foydalanuvchanlik  o’zida  birorta  ham  xatolikni  qamrab 
olmaydi.  
Boshqa  so’z  bilan  aytganda,  hosting  provayderlari  yuqori 
foydalanuvchanlikni  ta’minlashi  uchun  o’zidagi  biror  tarmoq  qurilmasi  (masalan, 
marshrutizator yoki tarmoqlararo ekran) ishlamay qolishini oldini olish talab etiladi.  
Tizim yoki xizmat foydalanuvchanligini buzilishiga olib keluvchi hujum bu – 
xizmat  ko’rsatishdan  vos  kechishga  undash  (Denial of Service, DoS)
  hujumi 
hisoblanib,  mazkur  hujumning  asosiy  maqsadi  tizim  yoki  tarmoqni  qonuniy 
foydalanuvchilar  uchun  xizmat  ko’rsatishini  to’xtatishdan  iborat.  Ushbu  hujumni 
amalga  oshirishda  turli  usul  va  vositalardan  foydalanilib,  turli  tizim  va  muhit 
xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.  


173 
 
Xizmat  ko’rsatishdan  vos  kechishga  undash  hujumini  oldini  olish  va 
foydalanuvchanlikni ta’minlash uchun kompleks yondashuvdagi himoya choralarni 
ko’rish tavsiya etiladi. Keyingi boblarda aynan ushbu masala bilan tanishib chiqiladi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish