Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/203
Sana05.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#317892
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   203
Bog'liq
Kiber

5.2.3. RAID texnologiyasi 
Ko’plab tashkilotlar muhim ma’lumotlarini RAID  texnologiyasiga asosan 
zaxira nusxalashni amalga oshiradilar. RAID  texnologiyasida ma’lumotlar bir 
qancha disklarning turli sohalarida saqlagani bois, IO  (kirish/ chiqish)  amallarini 
bajarishni osonlashtiradi. RAID texnologiyasi ko’plab qattiq disklarni bitta mantiqiy 
disk sifatida o’rnatish orqali ishlaydi. Ushbu texnologiya disklar massivi bo’ylab bir 
xil ma’lumotni muvozanatlashgan shaklda saqlash imkoniyati beradi. Ushbu 
texnologiya odatda serverlarda ma’lumotni saqlashga mo’ljallangan. Shaxsiy 
kompyuterlar serverlarga qaraganda ixcham bo’lgani bois ularda ushbu 
texnologiyadan foydalanish zaruriyati mavjud emas.  
RAID  texnologiyasida amallarni samarali bajarish uchun 6 ta sath mavjud: 
RAID 0, RAID 1, RAID 3, RAID 5, RAID 10 va RAID 50. RAIDning har bir sathi 
quyidagi xususiyatlarga ega: 
-
 
Xatoga bardoshlilik: 
bu xususiyat agar disk ishlashdan to’xtasa, boshqa 
disklar normal ishlashini davom ettiradi.
 
-
 
Unumdorlik: 
RAID  ko’plab disklar bo’ylab o’qish va yozishda yuqori 
unumdorlik darajasini qayd qiladi.
 
-
 
Kompetensiya: 
bu saqlanayotgan ma’lumot hajmi orqali aniqlanadi. Disklarni 
ma’lumotlarni saqlash imkoniyati mos RAID  sathini tanlashga asoslanadi. 
Saqlash hajmi individual RAID  disklar o’lchamini bir xil bo’lishini talab 
etmaydi.
 
Barcha RAID sathlari quyidagi saqlash usullariga asoslanadi: 
-
 
Chizish: 
ma’lumotlar chizish ma’lumotni ko’plab bloklarga bo’ladi. Mazkur 
bloklar keyinchalik RAID  tizimi orqali yoziladi. Chizish ma’lumotni 
saqlashni yaxshilaydi. 


178 
 
-
 
Akslantirish:
 ma’lumotlarni akslantirish ma’lumotlarni nusxalashni va RAID 
bo’ylab ushbu ma’lumotni uzluksiz saqlashni amalga oshiradi. Ushbu ta’sir 
xatoga bardoshli va yuqori amalga oshirish darajasiga ega hisoblanadi. 
-
 
Nazorat  qiymati:
  nazorat qiymati ma’lumotlar bloki butunligini tekshirish 
funksiyasini amalga oshirishda chizish funksiyasidan foydalanadi. Diskni 
buzulishi vaqtida, nazorat qiymati xatolikni tuzatish funksiyasi yordamida 
ushbu funksiyani qaytadan hisoblaydi. 
RAID texnologiyasining afzalligi va kamchiligi. 
RAID texnologiyasi taqdim 
etilishidan oldin, tashkilotlarda ma’lumotlar yagona qattiq diskda saqlangan. RAID 
texnologiyasi amalga oshirilgan sathiga bog’liq holda o’ziga xos afzallik va 
kamchiliklarga ega. 
RAID tizimlarining afzalligi: 
Unumdorlik va ishonchlilik: 
RAID texnologiyasi disklarda ma’lumotni o’qish 
va yozish unudorligini oshiradi. Ushbu texnologiya IO jarayonini taqsimlash orqali 
unumdorlikni yaxshilaydi va shuning uchun jarayonlar tezligi yagona diskda 
ma’lumotni saqlashga qaraganda yuqori. RAID  kontroller  RAID  tizimida yagona 
diskda ortiqcha yuklanishni hosil qilmaslik uchun bir qancha disklar bo’ylab 
ma’lumotni taqsimlashni amalga oshiradi.  Hattoki, disk buzulishga uchrasa ham 
ma’lumotni ishonchligini RAID  tizimi saqlab qoladi va tizimni o’chirmasdan 
buzilgan komponentlarni almashtirish imkoniyati tug’iladi. Ushbu xususiyat 
“Qaynoq almashtirish” (Hot-Swapping)  deb ataladi. Almashtirish jarayoni qolgan 
disklar vazifasiga va tarmoqqa ta’sir qilmaydi. 
Xatolikni nazoratlash: 
xatolikni nazoratlash jarayonida buzilgan tizimda 
saqlangan ma’lumotni qolgan diskdagi ma’lumotlar bilan taqqoslash amalga 
oshiriladi. Ushbu tekshirish jarayoni barcha disklarda amalga oshiriladi. Xatolikni 
nazoratlash dastlabki ma’lumotni akslantirishdan so’ng amalga oshiriladi. Xatolikni 
nazoratlashni davomiy amalga oshirilishi tizimni buzilishi ehtimolini aniqlash va 
ma’lumotni yo’qolishidan himoyalash imkoniyatini beradi. 
Ma’lumot ortiqchaligi (ma’lumotni nusxalash): 
diskning buzilishi istalgan 
vaqtda yuzaga kelishi mumkin va shuning uchun ma’lumotni nusxalash tashkilot 


179 
 
uchun muhim hisoblanadi. RAID  tizimi qurilma buzilishi mumkin bo’lgan holda 
ishonchli ma’lumot ortiqchaligini ta’minlaydi. 
Disklarni navbatlanishi: 
disklarni navbatlash ma’lumotni o’qish/ yozish 
unumdorligini oshiradi. Ma’lumotlar kichik bo’laklarga bo’linib, bir qancha disklar 
bo’ylab tarqatiladi. RAID  ni amalga oshirilish sathiga bog’liq bo’lgan holda 
ma’lumotlar baytlarga, bitlarga yoki bloklarga bo’linadi. RAID tizimida ma’lumotni 
o’qish va yozish bir vaqtda bajariladi. 
Tizimni ishlash davomiyligi: 
ushbu o’lchov kompyuterning ishonchligini va 
turg’unligini aniqlaydi. Tizimni ishlash davomiyligi tizimni biror yordamsiz 
avtomatik ishlash vaqtini aniqlaydi. Tashkilotda yuqori tizimni ishlash davomiyligi 
mahsuldorlikni yuqori bo’lishiga ta’sir qiladi. 
RAID tizimlarining kamchiligi: 
Tarmoq  drayverlarini  yozish: 
RAID  texnologiyasi asosan serverlarda 
foydalanish uchun loyihalangani bois, uning asosiy kamchilishi -  barcha tarmoq 
drayverlarini yozishidir. RAID texnologiyasi murakkab tuzilishga ega va bu jarayon 
ko’p vaqt talab etadi. 
Mos kelmaslik: 
turli tizimlar turlicha RAID drayverlarini qo’llab quvvatlaydi. 
Muayyan apparat yoki dasturiy komponent serverda sozlangan RAID tizimi bilan 
mos kelmasligi mumkin. Mos kelmaslik RAID tizimini o’z vazifasini to’g’ri amalga 
oshirilmasligiga olib kelishi mumkin. RAID drayveri, qurilma va dasturiy vositalar 
orasidagi moslik tizimni sozlashdan oldin tekshirilishi shart. RAID tizimi tarmoqda 
mavjud bo’lgan barcha ilovalar uchun ma’lumotni himoyalashi talab etiladi. 
Ma’lumotni yo’qolishi: 
RAID  drayverlari mexanik muammolar tufayli o’z 
funksiyalarini bajarmaydi. Disklar ketma-ket buzilishga uchragan holda potensial 
ma’lumotni yo’qolish xavfi ortadi. Ikkita disk bir vaqtda buzilishga uchrasa, diskdan 
ma’lumotni tiklash imkoniyati kamayadi. 
Qayta qurishning uzoq vaqt olishi: 
katta hajmli disklardan foydalanish 
ma’lumot uzatish tezligini ortishiga olib keladi. Biroq, katta hajmli disklardan 
ma’lumotni tiklash uzoq vaqt talab etadi. Bu holda, buzilgan disklarni qayta 


180 
 
to’g’irlash ham uzoq vaqt talab etadi. Bu o’rinda disklar sonini ortishi ham 
ma’lumotlarni uzatish tezligini ortishiga ta’sir ko’rsata olmaydi. 
Narxning yuqoriligi: 
RAID  texnologiyasini  amalga oshirish iqtisodiy 
jihatdan yuqori narxni talab etadi. Bundan tashqari, tashkilotlar tizim ishini 
yaxshilash uchun qo’shimcha RAID  kontrollerlari va qurilma drayverlarini sotib 
olishi talab etiladi.  
RAID 0: diskni navbatlanishi. 
Tashkilotdagi talablarga bog’liq holda RAID 
sathini tanlash amalga oshirilib, RAID sathlarida unumdorlik, xatolikni nazoratlash 
yoki har ikkalasi uchun imkoniyatlar mavjud (67-rasm). 
RAID 0 sathi ma’lumotni unumdorligi bilan shug’ullanadi. RAID 0 sathi 
kamida ikkita diskni talab qilib, ushbu sathda ma’lumotlar sektorlarga bo’linadi va 
ko’plab disklar bo’ylab yoziladi. Bunda,  saqlanayotgan ma’lumot hajmi qattiq disk 
hajmiga teng bo’lgani bois, RAID 0 sathi xatolikni nazoratlashni ta’minlamaydi. Bir 
diskdagi buzilish 0-sathdagi barcha disklarni buzilishiga olib keladi. Mazkur holda 
ma’lumotni tiklash imkoniyati minimal darajada bo’ladi. RAID 0 sathining afzalligi 
ma’lumotni o’qish va yozish unumdorligi, narx va amalga oshirishning osonligi kabi 
afzalliklarga ega bo’lsa, ma’lumotni nusxalash imkoniyatining yo’qligi, ma’lumotni 
tuzatish imkoniyati yo’qligi va ishonchsizligi kabi kamchiliklarga ega. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish