Bog'liq Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Tasvirlarnisaqlashusullariningturkumlanishi.TSIBTE tizimlarini rivojlantirish jarayonida tasvirlarni turli ko’rinishida saqlash, buni amalga oshirish uchun ma’lumotlarning turlicha tarkibiy tuzilishilariga turli yondoshish va g’oyaviy yo’nalishlar ishlab chiqilgan. 8.1- chizmada tasavirlarni saqlashning asosiy uslublari keltirilgan. Bunda har bir saqlash uslubi uchun o’ziga mos ma’lumot tarkibiy tuzilishlari guruhi to’g’ri keladi.
Siniflarga ajratishda uslublarning tasvirlarni saqlash joylashtirish tartibiga qarabmi, tarkibiy tuzilishiga qarabmi yoki aralashmi ekanligiga qaraladi.
Joylashtirish tartibiga qarab saqlash uslublarida tasvir yuzasi tasvir kichkina kataklarga (ko’rilayotgan xol uun bo’linmas eng kichik birlik xisoblanadigan) bo’linib , har bir katak yorug’digiga proportsional sonni sonli tasvirning shu katakka mos elementga junatiladi. Saqlanuvchi elementlarning o’z aro munosabatiga ko’ra bu sinf o’z navbatida matretsa ko’rinishida saqlash, peramida va kvadratlar daraxta uslublariga bo’linadi: Bu sinf asosan ko’p qiymatli oq qora tasvirlarni saqlashda ishlatiladi, asosiy kamchiligi – katta hajmli xotira talab etadi.
Tarkibiy tuzulishiga qarab murakkab tasvirlarni xususiyatlari, ementlari xamda ularning o’z aro munosabatlarini tariflashga asoslangan. Bo’nday yondoshish zarur xotira hajmi va bazi amallarni bajarishga ketadigan vaqtni qisqartirish imkonini beradi. Tarkibiy tuzilishi bo’yicha tasvirni saqlash ularning ob’ektlar to’plamidan, ob’ektlarning bazi asosiy elementlar to’plamidan, asosiy elementlarning sodda grafik qisimlari va ularning joylashish tartibotlarini aniqlovchi o’z aro munosabatlaridan tashkil topganligi haqidagi farazga asosolangan. Bu sinf uslublarini ob’ektlar ularning o’z aro munosabatlari bo’yicha hamda aloxida ob’ekt shaklini tariflash bo’yicha saqlashga bo’lish mumkin ( albatta shartli, chunki bazan ob’ekt sifatida birgina sodda grafik qism kelishi mumkin ) tasvirlarning xozirgina sanab o’tilgan bo’laklari xar gal xar xil tanlanishi mumkin. Umumiy xolda ob’ekt deb sodda (grafik) qisimlar va elementlar to’plami bilan uning topologiyasini aniqlovchi xususiyatlsrining to’plami birlashmasiga aytiladi.
tuliq tasvir o’rniga uning tarifini saqlab katta gina hajimdagi xotirani tejab qoladi;
ishlov berish va tahlil etish vaqtini anchagina qisqartiradi, chunki ko’pgina masalalarda tasvir komponentlari orasidagi tarkibiy tuzilish munosabatlari ishlatiladi. Bu usulda saqlash uchun ko’p xotira talab etilmasligidan foydalanib, bitta tasvirning birnecha xil tarkibiy tuzilishi tariflarini saqlash va xar bir amaliy masalada kerakli tariflardan foydalanish mumkin, bu ko’p maqsadli TSIBTE tizimlarini ishlayu chiqishda yordam beradi ;
ko’pqiymatli tasvir va uning tarkibiy tuzilish taьriflarini turli saqlovchilarda saqlash va shu yul bilan o’zaro mustaqil ma’lumotlar majmualari nazorati tizimlarini rejalashtirish imkonini beradi.
TSIBTE tizimining moslanuvchanligini ko’p qiymatli tasvir va uning tarkibiy tuzilishi ta’riflari orasida mantiqiy bog’lanishlar qurish yo’li bilan oshiriladi.
Sanab utilgan ustunliklar tarkibiy tuzulish tariflarini saqlash uslublaring TSIBTE tmzimlarida anchagina keng qo’lanishiga sabab bo’ldi.
Va nihoyat ko’rib o’tilgan ikki sinfning xam uslublaridan foydalanadigan aralash uslublar sinfi mavjud.