mavzu. Tasvirlarga raqamli ishlov berishning qo’llanilish
sohalari va yechiladigan masalalari Reja:
Tasvirlarga raqamli ishlov berish nima?
Tasvirlarga raqamli ishlov berishning kelib chiqishi
Tasvirlarga raqamli ishlov berishni qo’llash sohalari
Tasvirlarga raqamli ishlov berishning asosiy bosqichlari
Tasvirlarga raqamli ishlov berish nima?
Tasvirlar ikki o’lchovli funktsiya f(x,y) bilan aniqlanadi, bu yerda x va y – ma’lum fazoda (aniqrog’i tekislikda) va bunda f ning qiymati ixtiyoriy nuqtada (x,y) kordinatada intensivlik yoki kulrang bosqich deb ataladi. Ba’zi adabiyotlarda yorqinlik deyiladi.
Agar x, y va f kattaliklar diskret qiymatlar qabul qilsa, raqamli tasvirlar deyiladi. Tasvirlarga raqamli ishlov berish deganda raqamli tasvirlarni raqamli hisoblash mashinalari (Kompyuterlar) yordamida qayta ishlash tushuniladi. Bilamizki, har qanday raqamli tasvir aniq maydonlarda chekli elementlarga ajraladi va aniqlangan qiymatlarni qabul qiladi. Bu elementlarni tasvir elementlari yoki piksellar deb yuritiladi (pixel so’zi inglizcha picture element ma’noni anglatadi va tasvir elementi deb tarjima qilinadi. Ingliz adabiyotlarida pel qisqartmasidan foydalaniladi).
Ko’rish insonning eng mukammal sezgi organi hisoblanadi, chunki vizual tasvirlar inson idrokida muhim rol o’ynaydi. SHu bilan birga ba’zi odamlar aniq bir diapazonda elektromagnit radiatsiyalarini qabul qiladi, mashinali tasvirlarni qayta ishlash esa radioto’lqinlarni gamma nurlaridan deyarli butun elektromagnit spektrlarini qabul qiladi. Qayta ishlanayotgan tasvirlar uchun o’rganilgan tasvirlar manbaa bo’lib xizmat qiladi. Masalan, ulьtra tovushli tasvirlar, elektron mikroskop yoki Kompyuterdan olingan rasmlar. SHunday qilib, tasvirlarga raqamli ishlov berish keng va xilma-xil sohalarda qo’llanilishlarni o’z ichiga oladi.
Umumiy nuqtai nazarda, boshqa yonma-yon sohalarda tasvirlarni qayta ishlashning boshlashnishi va tugashi mavjud emas, masalan tasvirlarni taxlil qilish va mashinali ko’rish. Ba’zan bu tushunchadan chegaralanish bo’lib, kirish va chiqish jarayoni tasvirlari mavjud bo’lganda tasvirlarni qayta ishlash fan sifatida o’rganiladi.
Tasvirlarni taxlil qilish sohasi (ba’zida tasvir “talqini” yoki “tushunishi”) Kompyuter ko’rishi bilan tasvirlarni qayta ishlashni o’zaro bog’laydi. Tasvirlarni qayta ishlashdan mashina ko’rishigacha barcha diapazonda aniq chegara yo’q, lekin Kompyuterlashtirish jarayonini quyi, o’rta va yuqori bosqichlarga ajratish mumkin. Tasvirlarni tiniqligini va yorqinligini oshirish, shovqinlarni kamaytirish maqsadda qayta ishlashgacha bo’lgan jarayon quyi bosqich deb ataladi. Quyi bosqich kirish va chiqish tasvirlari mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |