Respublikasi axborot texnologiyalari



Download 3,73 Mb.
bet1/55
Sana18.11.2022
Hajmi3,73 Mb.
#868040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI




TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG`ONA FILIALI

KOMPYUTER INJINIRINGI” fakulteti


Axborot texnologiyalari” kafedrasi




TASVIRLARGA RAQAMLI ISHLOV BERISH


FANIDAN


MA`RUZALAR MATNI


TATU Farg`ona filiali Uslubiy Kengashida tasdiqlangan.
Bayonnoma № 1
29 avgsut 2015 y.


Farg`ona – 2015


Ushbu Ma`ruzalar matni «5330200-Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar bo`yicha)» bakalavr yo`nalishi talabalari uchun yaratilgan bo`lib, uning maqsadi “Tasvirlarga raqamli ishlov berish” fanidan nazariy va amaliy bilimlar berishga mo`ljallangan. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2014 yil 14 martdagi 107-sonli buruq bilan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan.
Ma`ruzalar matni “Axborot texnologiyalari” kafedrasining uslubiy seminarida ko`rib chiqilgan (Bayonnoma № 1, 27 avgust 2015 yil).
Ma`ruzalar matni TATU Farg`ona filiali Uslubiy Kengashida ko`rib chiqilgan (Bayonnoma № 1, 29 avgsut 2015 yil).

Tuzuvchilar: TATU Farg`ona filiali


“Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o`qituvchi SH.A. Umarov

Taqrizlar: TATU Farg`ona filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi F.Yu.`olvonov


FarDU “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi mudiri,
fizika-matematika fanlari nomzodi I.Xaydarov

KIRISH


Texnika ham ko’ra oladimi? Ko’rish qobilyati inson miyasining eng muhim funktsiyalaridandir. Ko’p amallarni inson miyasi ongsiz holda yoki katta kuch sariflamagan holda bajaradi. Zamonaviy raqamli kompyuter ixtirochisi va sun’iy miya sohasidagi asoschilarda biri Alan Tyurin raqamli Kompyuter ongni va voqealikni tahlil qilishni egallab olishiga ishongan. Bu kabi yuqori darajadagi maqsadlar qiyin amalga oshiriladigan hisoblanadi va insonning tasavvuri injener imkoniyatlaridan yetarli darajada yuqoridir. Biroq, bir qator tekshiruvlardan so’ng ajayib jarayonlarga erishildi.
Hozirgi global raqamli Kompyuter rivojlanish davrida bemalol ayta olamizki, Kompyuter ko’rish texnologiyalari yetakchilik qilmoqda. “Kompyuter ko’rish xususiyati” termini ko’p ma’nodosh so’zlarga ega. Masalan, mashina ko’rish xususiyati, ko’rishga oid shakllarni aniqlay olish, tasvirlarning tahlili va hakazolar. Lekin bularning hammasi bu termini mohiyatini to’laligicha ochib bera olmaydi. Kompyuter ko’rish xususiyati bu – Kompyuterni inson ko’zi kabi ko’ra olishni va har qanday hodisani inson kabi qabul qilishni o’rgatishga qaratilgan jarayondir. Ko’p Kompyuter ko’rish xususiyati haqida kitob yozgan olimlar uning aynan ilmiy tomondan rivojlangan davri XX asrning 50- yillariga to’g’ri kelishini ta’kidlashadi. Aynan shu davrdan boshlab Kompyuter axborotni omma tomonidan tahlil qilinishi va qayta ishlanishi boshlandi. Biroq shuni ta’kidlab o’tish kerakki, birinchi vizual tasvirni baholaydigan sistemalar juda sodda bo’lgan, tasvirlar esa kam axborotga ega bo’lgan. SHu sababli, o’sha davrning eng dolzarb masalalaridan biri bosma harf va raqamlarni avtomatik ravishda baholash bo’lgan. Olimlar inson miyasini funktsiyalarini yaratishga qaratilgan intilishlari miyaning biologik neyronlar va uning bog’lanish sistema aparat (keyinchalik esa dasturiy) modeli yaratish natijalarini berdi. Birinchi mashinani ko’rish xususiyati bo’yicha Kornell aeronavtika laboratoriyasi psixologi Frenk Rozenblankning percepton (pereception so’zi inglizchadan olingan bo’lib, “o’zlashtirish” degani) bo’yicha ishlanmalari bilan bog’lash mumkin. Perceptron birinchi bora 1958-yil mukammal IBM-740 EHMiga modulyatsiya qilingan. 1960- yil perseptronning birinchi apparat varianti Mark I Perceptron ishlab chiqarilgan va u ko’rgan shakllarni aniqlashga moslashtirilgan edi. 60- yillarning boshida juda katta raqamli tasvirlani qayta tahlil qilishga talab kuchayganlik sababli Kompyuter ko’rish xususiyatining asosiy vazifasi kosmik tadqiqotlar bilan bog’lash mumkin. Yerdan uchirilgan minglab kosmik kemalar yerning koinotdan ko’rishini, Oyning teskari tomonini ko’rsatib beradigan tasvirlarni yuborish kerak bo’lgan. 80 va 90- yillarda har xil fizik xususiyatga ega ikki o’lchamli axborot maydonli datchiklar paydo bo’ldi. Bularga kechqurun ko’ra oladigan datchiklar, televizorlar, lazer lakatorlari va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bu kabi texnologiyalar ommaga taqdim e’tilgandan so’ng juda katta tezlik bilan rivojlandi. Ularning narxi tushishi bilan hamma foydalana olishi mumkin bo’ldi. Hozirgi kunda Kompyuter ko’rish xususiyati kibernetikaning alohida bo’limi hisoblanadi.
Kompyuter ko’rish xususiyatining asosiy vazifasi - datchiklar oqali haqiqiy hayotga tegishli obe’kt va voqealikdan olingan analizlangan tasvirlardan foydali xulosa chiqarishni tashkil qilish. Haqiqiy hayotdagi obe’ktga tegishli xulosa chiqarishni tashkil qilish uchun shu obe’ktlar asosida qurilgan tasvirning modeli yoki ta’rifi kerak bo’ladi. SHuning uchun ko’p ekspertlar shundek xulosa beradilar, Kompyuter ko’rish xususiyatining maqsadi voqealikni tasvir orqali tasvirlashni tashkil etishdir. SHu o’rinda savol tug’ilishi aniq. Qanday qilib datchiklar orqali hayotdagi voqealikni tasvirlash mukin?


1-rasm
Odam yuzining tasviri (chap tepa tomondan), ko’z qirrasidan olingan 8x8 pikseldan iborat tasvir (o’rtada), Kompyuter dasturi tomonidan aniqlangan ko’zning joylashuvi (o’ng tomonda), 8x8 pikseldan iborat fragmenting ravshanlik ma’nosi (pastda).


Hozirgi kunda Kompyuter ko’rish xususiyati tibbiyotdagi tasvirlarni tahlil qilishda ko’p qo’llanilmoqda. Bu jarayon videolavhalar orqali qabul qilinadi va qayta ishlanadi. Videolavhalar asosan mikroskop, rentgenofrafiya angionagrafiya, tomografiya va ultrotovush tahlillari orqali olinadi. Bu jarayonni jarrohlik amaliyotlarida katta samara berayotganini ta’kidlab o’tish mumkin.
Yana bir soha bu ishlab chiqarishdir. Bu holatda ishlab chiqarilayotgan tovarlaning defektlarini aniqlash, yaroqlilik muddati, sifat nazoratlari avtomatik
tarzda bo’lib o’tadi. Harbiy soha esa Kompyuter ko’rish xususiyatining asosiy ishlatiladigan sohalaridandir. Misol uchun dushman tomonnig harbiylarini, raketalarini, transportlarini aniqlashni misol, keltirish mumkin. Ayniqsa raketalar mo’ljallangan aniq bir yo’nalish emas balki harakatlanuvchi tasvirlarni videolavhalar orqali qabul qilib oladi. Yana bir yangi qo’llanilayotgan sohalardan biri avtonom transport vositalari. Bunga suvosti yerusti va havodagi transportlarnim kiritish mumkin. Nega avtonom deyilmoqda? Bunda transport vositasini haydovchiga yordam beruvchi kompyuter ko’rish xususiyati ya’ni avtopilotlar boshqaradi. Bunda ham datchiklardan foydalaniladi. Bu tizimning ishlash sohalari turli tuman va aytish mumkinki hozirgi kunda ahmma sohada qo’llanilmoqda. Ayniqsa robot bilan bog’liq sohalarda. Sababi hayotimizni har bir jabhasini texnologiya egallamoqda.

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish