USKUNALARNI TANLASH VA ULARNI SONINI XISOBLASH
Avtokla yog’larni parchalash uchun xizmat qilib, bu jarayon natijasida
gliserinli suv va yog’ kislotalari xosil bo’ladi. Yog’ kislotalari yuqori xaroratda
juda agressiv ta’sir qilgani uchun avtoklav kislotaga chidamli bo’latdan yasalgan.
Avtoklavni xamma ichki detallari xam kislotaga chidamli bo’latdan tayyorlangan.
Avtoklavni tashqi yuzasi 150 mm qalinligi izolyasiya bilan qoplangan. Yog’ va suv
avtoklavni tagigacha etadigan (2) truba orqali kiradi. Shu truba orqali birinchi
gliserinli suv chiqariladi. Yog’ kislotalari va 2chi gliserinli suv (2) trubaga paralel
qilib tushirilgan va avtoklavni tagiga 0,7 m etmaydigan truba orqali siqib chiqariladi.
Trubani avtoklavni tagiga etmasligi 1,3t gliserin suvni qolishini ta’minlaydi va bu 1-
davr parchalanishi uchun ishlatiladi. (3) truba orqali yuqori bosimli bug’ beriladi. Uni
oxirida barbatyor (4) bor, ochiq bug’ uchun. (5) truba orqali (7) difragma orqali
avtoklavdan soatiga 200 kg ga yaqin bug’ chiqarib turiladi. Avtoklavni to’ldirish
paytida xavo (9) krandan chiqarilib yuboriladi. Sovutish paytida xuddi shu kran
orqali avtoklavga xavo beriladi. Avtoklav qopqog’i ustida suxoparnik (7) bor va
avtoklav tayanchlar ustiga o’rnatilgan. Avtoklav kislotaga chidamli bo’latdan
yasalgan namunaolgich bilan ta’minlangan. Uni yordamida 0,5-1,0 l suyuqlik olsa
bo’ladi.
Parchalash jarayoni tamom bo’lgandan so’ng avtoklav ichidagi moddalar bosim
pasaytirgichga yuboriladi.
Yog’larni parchalash uchun avtoklav
.
1 – avtoklavning to’liq payvandlangan silindrik korpusi ustki va ostki sferik
qopqoqlari bilan; 2 – yog’ va kondensat beriladigan trubka; 3 – yuqori bosimli
bug’ beriladigan trubka; 4 – sferik qopqoqdagi tuynuk (lyuk); 5 – yog’ kislotalari
va ikkilamchi gliserinli suv siqib chiqariladigan trubka4 6 – bo’shatishi shtuseri;
7 – tayanch oyoqlar; 8 – termoizolyasiya; 9 – rezbali biriktirish muftalari; 10 –
nazorat oynasi.
Yuqori xaroratli gidrolliz maxsulotlari reaktordan chiqayotganda yuqori
xaroratga va bosimga ega bo’ladi. Yog’ kislotalari va gliserinni qayta ishlash
odatda past xaroratda va bosimda olib boriladi. Masalan: labirintli bosim
pasaytirgichda. Bu apparat slindrsimon idish bo’lib, sferik qopqoq va tagdan
iborat. Apparat kislotaga chidamli po’latdan yasalnag bo’lib, muxofaza klapani,
manometr, ikkilamchi bug’ni chiqarish uchun truba bilan jixozlangan.
Apparatni ichiga, bir-birini ichida turuvchi va diametri 105-186 mm bo’lgan
maxsus kengaytiruvchi labirintlar (3), (4), diametri 14 mm bo’lgan sopol (2)
joylashtirilgan.
Xosil bo’lgan bug’lar qaytargich orqali o’tib, (7) shnekdan chiqib ketadi.
Ajralgan suyuqlik balandligi 350 mm bo’lgan (5) truba orqali quyib olinadi,xosil
qilingan gidravlik zatvor yog’ kislota lari va gliserinli suv bilan suv bug’ini chiqib
ketmasligi ta’minlaydi. Apparat 0,12 Mpa bosimda ishlashga mo’ljallangan.
Texnik gliserin qayta ishlab, undan distillangan, kimyoviy toza, dinamit va
tibbiy maqsadlarga ishlatiladigan gliserinlar olinadi. Yuqoridagi gliserinlarni olish
uchun Ruimbek va Skot tipidagi texnologik uskunalardan foydalaniladi.
Ruimbeka tipidagi texnologik sxemada asosiy uskunalar isitgich bilan
disstillyasion kubdir.
Isitgich slindrsimon uskuna bo’lib, elipssimon qopqoqdpan tashkil topgan.
Isitgich ikki qismdan iborat bo’lib, ular fdyanes yordamida birlashtirilgan.
Apparatni pastki qismida 3 ta slindrsimon zmeevik joylashtirilgan bo’lib, ularni
qizdirish uchun bosimi 0,3-0,4 Mpa ga teng bo’lgan suv bug’i beriladi. Qizdirish
jarayonini olib borish uchun 5-chi shtuser orqali texnik gliserin berilib 90oS gacha
isitiladi. Qizdirish natijasida xosil bo’lgan suv bug’i (8) shtuser orqali chiqib
kondensatorga yuboriladi. Qizdirish jarayoni vakuum ostida olib boriladi. Ko’rish
oynasi (6) orqali jarayon kuzatiladi. Isitgichni tashqi yuzasi izolyasiya bilan
qoplangan.
Isitgich 2 ta trubali reshyotkadan diametri 55/50
bo’lgan trubalardan, ularni isitish yuzasi 30 m2, yuqoriga va
pastgi galovkalardan tashkil topgan. Korpusda to’lqin
forma kompensator (2) bor.
Yuqorigi
boqa
flanes
yordamida
trubali
reshyotkaga
birlashtirilgan.
Qaytaruvchi shit bug’ suyuqlik aralashmasini keng
patrubok (9) toion yo’naltiriladi. Pastki boshcha konus
formasiga ega va u pastki trbali reshetkaga birlashtirilgan.
Bu boshchada sirkulьyasiya trubasini, gliserinni kirishi va
chiqishi uchun shneklar bor. Isitgich korpusida bug’
uchun (6), kondensat uchun (7), muxofaza klapani uchun (5) shneklar bor.
Apparatni eritma tegadigan qismi qizil misdan, trubali reshyotkalar esa latundan
tayyorlangan.
n=10/4.5=2 ta avtoklav kerak bo’ladi.
XULOSA
Kurs loyihamning mavzusi “10 tonna salomasni parchalab texnik glitserin
olish”ishini yoritib mustaqil ishlab
davriy ishlaydigan avtoklav haqida malumotga
ega bo’ldim
O’zbekistonimizda iqtisodiyotimizni isloh etish modernizasiya qilish har
tomonlama asosli va chuqur o’ylangan siyosat bizni inqirozlarni salbiy ta’siridan
ximoya qiladigan mustahkam ximoya vositasini yaratdi.
Loyihalangan
mavzuda
sexni
texnologik
qayta
jihozlash
zamonaviy
moslashuvchan texnologiyani joriy etdik.
Sexda tejamkorlik tizimi
joriy
etilganligi
sababli
mahsulotni
raqobatbardoshligi oshiriladi. Iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini diversifikasiya
va modernizasiya qilishni izchil davom ettirish, ishlab chiqarishni texnik va
texnologik yangilash, shuningdek, transport, muhandislik, kommunikasiya va
ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga
qaratilgan faol investisiya siyosati olib borilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |