2. Xom ashyo va tayyor maxsulot tavsifi.
Konsentratsiyasi 86-88% bo‘lgan
xom glitserin olish uchun, tozalangan
glitserinli suv bug‘latiladi .Bug‘latilganda suv bug‘lari bilan qisman glitserin ham
haydaladi. Bu yo‘qotish miqdori glitserin konsentratsiyasini
va haroratni oshib
borishi bilan ko‘payadi. Haroratning o‘ta yuqorilab ketishi glitserinning termik
parchalanishiga, chiqayotgan mahsulot miqdorining kamayishiga va rangini
xiralashishiga olib keladi. Yuqori konsentratsiyali glitserin eritmasi o‘ta qovushqoq
bo‘ladi, shuning uchun bug‘latish jarayonida intensiv sirkulyasiya qo‘llaniladi.
Glitserinni bug‘lanib ketishi va termik parchalanishni oldini olish uchun glitserinli
suvni bug‘latish, vakuum ostida va suyuqliklarni
sirkulyasiyasi bilan vakuum-
bug‘latish qurilmalarida amalga oshiriladi.
Bug‘latish jarayonida glitserin kuchli ko‘piklaydi, hosil bo‘lgan ko‘pik
vakuum sistemaga so‘rib olinishi natijasida ko‘p glitserin yo‘qotiladi. Shuning
uchun glitserinli suvni konsentrlash uchun faqat vertikal va yetarli bug‘
bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan apparatlardan foydalaniladi. Yog‘-moy korxonalari- da
har-xil konstruksiya va o‘lchamdagi vakuum apparatlar ishlatiladi. Ko‘pincha
alohida isitgichli, bir yoki ko‘p korpusli qurilmalardan foydalaniladi.
Iqtisodiy jihatdan eng samarador uskuna uzluksiz ishlaydigan
bir necha korpusli
bug‘latish qurilmalari hisoblanadi. Bu apparatlarni afzalligi shundaki, bir
korpusdan chiqqan ikkilamchi bug‘ keyingi korpus uchun isituvchi bug‘ vazifasini
o‘taydi. Bu, o‘z navbatida bug‘ sarfini tejalishiga olib keladi.
Glitserinli suvda 10-25% glitserin bo‘ladi. 86-88% konsentratsiyali texnik
glitserin olish uchun glitserinli suv bug‘lantiriladi. Bug‘lanish
vakuumda va
vakuum bug‘latuvchi apparatlarda suyuqlikni intensiv sirkulyasiyasi ostida olib
boriladi.
Yog‘ sanoatida turli konstruksiyadagi va kattalikdagi vakuum-bug‘latuvchi
apparatlar ishlatiladi. Isitkichli vakuum-bug‘latuvchi apparatlar keng tarqalgan. Bu
apparatlar bitta korpusli va ko‘p korpusli bo‘ladi. U ikkita korpusdan iborat bo‘lib,
har bir korpus isitgich va bug‘latgichga ega, birinchi korpus atmosfera bosimida
ishlasa, ikkinchi korpus esa 650-680 mm simob ustuniga teng vakuumda ishlaydi.
1-jadval
Ko‘rsatkichlar
Glitserin navlari
I
II
III
Glitserin miqdori, %, kam emas
86
86
78
Kul miqdori, %,
ortiq emas
0.35
1.8
9.5
Uchmaydigan organik qoldiqlar
miqdori, %, ortiq emas
0.85
2.0
4.0
Sifat ko‘rsatkichlariga qarab ham glitserin I, II va III navlarda ishlab chiqariladi.
Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha I va II nav xom glitserin tiniq,
sirtida
ko‘piksiz va och sariqdan to‘q jigarranggacha bo‘lishi kerak. III nav xom
glitseringa ozgina xiraroq bo‘lishiga ruxsat etiladi, rangi esa jigarrangdan to‘q
bo‘lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: