Kirish.
Respublikamiz mustaqilikka erishgach, ishlab chiqarishning barcha jabhalarida bo’lgani kabi chorvachilikda ham qator o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, davlat tasarrufidagi ko’plab chorvachilik ferma va komplekslari aksionerlik jamiyatiga, shirkat va xususiy xo’jaliklarga aylantirildi. Ular aholiga imkoni boricha ko’p hamda sifatli mahsulot (go’sht, sut, tuxum, asal va h.k.) etishtirib beradigan xo’jaliklar qatoriga o’gdi. Viloyatlardagi ko’plab jamoa xo’jaliklari shirkat xo’jaliyutariga aylantirildi va ular qaramog’idagi chorvachilik fermalari jismoniy shaxslar, ya’ni fermerlar tomonidan boshqariladigan bo’ldi. Ma’lumki, chorvachilik qishlok xo’jaligining eng sermashaqqat, ko’p mehnat talab qiladigan va ayni vaqgda serdaromad tarmogi hisoblanadi.
CHorva mollari va parrandalardan ko’p va sifatli mahsulot etishtirish uchun ularni o’z vaqtida oziqlantirish, sugorish, ferma va molxonalardagi haroratni me’yorida bo’lishini kuzatib borish, vaqgida urchitish, nasl olish, talab asosida parvarishlash kabi tadbirlarni ko’llash ko’zda tutiladi. Chorvachilikning barcha tarmoqlari (qoramolchilik, ko’ychilik, yilkichilik, parrandachilik, quyonchilik, mo’ynali hayvonlar, asalarichilik, ko’l baliqchiligi)da zoogigienaning talablari, tegishti qonun-qoidalari ishlab chiqilgan va ushbu sohaga keng miqyosda tavsiya etilgan. Aynan ana shu barcha zoogigienik talablar, hayvonlarni sanoat asosida boqish, parvarishlash va saqlash natijasida vujudga keldi.
Veterinariya hayvonlar qasalliklarining oldini olish va ularni davolashga, insonlarni zoonozlardan himoya qilishga, chorvachilik mahsulotlarini sanitariya jihatdan sifatli qilib chiqarishga hamda atrof-muhitni muhofaza qilishning veterinariya-sanitariya masalalarini hal etishga qaratijan ilmlar, amalyy faoliyatga katga e’tibor qaratadi. Hayvonlarni kasallik qo’zg’atuvchilar, birinchi navbat virus kasalliklari va gelьmintozlardan sakdash hozirgi zamon veterinariyasining asosiy masalalaridan hisoblanadi. Veterinariya ishi uchun chorvachilikda va unyng mahsulotlarini qayta ishlash sanoatida veterinariya tadbirlarini jarayonlari bilan muvofiqlashtirish, hayvonlarni davolati kabilar xarakterlidir.
Hozirgi vaqtda chorvachilik bo’yicha fermer va shirkat xo’jaliklarida zoogigaena fanining barcha qonun-qoidalarini tatbiq etish borasida harakat qilinmokda. Biroq ayrim fermerlar o’zi bilganicha mollarni yozda ochiq maydonlarda, bostirmalar ostida boqsa, qish oylarida zamon talabiga mutlaqo javob bera olmaydigan, isitilmaydigan, qorong’i va zax molxonalarda sakdashmoqtsa. Bu hol mollar mahsuldorligini past va sifatsiz bo’lishiga olib kelayotir. SHuning uchun hayvon va parrandalarni normal saqlash, mikroiqlim yaratib berish, sanitariya-gigiena tadbirlarini mahalliy sharoitga mos holda ishlab chiqish masalasi dolzarb bo’lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |