EM - XASHAKKA BO`LGAN ZOOGIGIENIK TALABLAR.
Qishloq xo’jaligi hayvonlarini oziqlar bilan ta’minlash muhim hisoblanadi. Chorva mollari va parrandalar sifatli oziqlar bilan to’la ta’minlanmasa, ularning mahsuldorligi keskin kamayib ketadi, kasallanadi, oriqlaydi va bu holat xo’jalik uchun katga iqgisodiy zarar keltiradi. Hayvonlar oriqlab ketishi natijasida turli xildagi yukumli, yukumsiz va invazion kasalliklarga beriluvchan bo’lib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, ularning organizmi turli xil mikroorganizm va viruslarga nisbatan o’z qarshiligini susaytirib yuboradi. Barcha chorva mollari va parrandalarni uzluksiz sifatli em-xashak bilan to’ydirib boqish faqatgina ular organizmini chiniqtirib, kasalliklarga chidamliligini oshirish bilan cheklanmasdan,mahsuldorligini ko’paytiradi, sifatini yaxshilaydi, serpushtligini va foydalanish samaradorligini oshiradi. Xo’jaliklarda jamg’arilgan va saqtanayotgan hayvon oziqlarining yuqori sifatli va to’yimli bo’lipshning ahamiyati nihoyatda katgadir.
Ayrim vaqglarda chorva mollariga mog’orlagan, sasigan va tarkibida zaharli o’simliklar hamda ularning donlari nazoratsiz holda berilishi natijasida ko’plab mollar zaharlanadi. Mollarning va parrandalarning zaxarlanishi ayrim hollarda ularning nobud bo’lishiga olib keladi. Ba’zan zaharli moddalar hayvon tanasida to’planib, mahsulotga aralashgan holda tashqariga chikariladi. Xayvonlarga beriladigan em-xashak tarkibida tuproq, kum, maydatosh bo’laklari, metall parchalari (mix, sim, temir bo’daklari va h.q.lar)ni bo’lishi ham ko’plab ko’ng’ilsiz hodisalarga olib kelgan.Ba’zan em-xashakda kasallik ko’zg’atuvchi patogen zamburug’larning bo’lishi ham turli xil kasalliklarga va hayvonlarning’ jarohatlanishiga sabab bo’ladi. Em-xashak orqali hayvon organizmiga yukumli va yukumsiz kasalliklarning mikroorganizmlari o’tishi mumkin. SHuning uchun barcha chorva mollariga va parrandalarga beriladigan em-xashakning sifati zoogigiena talablariga to’liq javob berishi kerak. Ularning to’yimliligi yuqori, sanitariya holati yaxshi va sifatli bo’lishini nazorat qilib turish har bir chorvadorning muhim vazifasi hisoblanadi.
Em-xashak sifatti nazorat qiyaish. Em-xashaklarning sifati ularning tarkibidagi to’yimli moddalarga boy bo’lishi bilangina emas, balki yuqori darajadagi tozalig’i bilan belgilanadi. Binobarin, oziq turlarini sifatli bo’lishi bir qancha omillarg’a: ularni o’z vaqgida o’rib-yig’ib olish va tashish, sakdash, dastlabki ishlov berishga bog’liq. Bundan tashqari, oziq turlaridan o’z vaqtida va unumli foydalanish muhim ahamiyatga eg’a. Agar em-xashak sifati talabg’a javob bermaydig’an va tozaligi jihatidan g’umon hisoblangan qismi bo’lsa, yaxshisi hayvonlarg’a berilmagani ma’kul, uni maxsus laboratoriyalarda tekshirib, analiz qilish kerak.
Em-xashak sifatini baholag’vda ularning tarkibidagi namlik muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. CHunki namligi me’yordan ortiq bo’lg’an em-xashak tez buziladi, mog’orlaydi, ayrim vaqtda ular tarkibida zaharli zamburug’lar vujudga keladi.
Pichan — namligi 15 foizdan ortiq bo’lmasa, o’zining’ to’yimlilik xususiyatini yo’qotmagan holda uzoq vaqt sakdanadi. Bunday pichan sindirilganda undan sinish ovozi eshitiladi. Sifatli pichanning’ rang’g’i yashil, hidi xushbo’y bo’ladi. Agar pichan yomg’ir ostida qolg’an bo’lsa, uning rang’gi kulrang yoki sarg’ish kulrang bo’ladi. Bunday pichanning to’yimliligi past bo’ladi.
Sifati past yoki mutlaqo sifatsiz pichanning xddi ko’lansa bo’ladi. Pichanni baholashda uning’ botanik tarkibig’a alohida e’tibor beriladi. Agar uning’ tarkibida zaharli o’simliklar poyasi 1 foizdan ortiq bo’lsa, uni hayvonlarg’a berish mumkin emas.
Somon va poxol — qanday o’simlik poyasidan tayyorlang’anligig’a ko’ra o’zig’a xos hid va rangg’a eg’a bo’ladi. Uning’ sifati dastlab yaltiroklig’ig’a ko’ra belgilanadi. Ag’ar sifati past yoki buzilg’an bo’lsa, uning’ hidi sassiq, qo’lansa yoki chirig’an o’simlikka o’xshash bo’ladi.
Bunday somon hayvon uchun zararli hisoblanadi. Sifatli somon va poxolda namlik 14 foiz bo’ladi. Uning tarkibida boshqa turdag’i o’simliklarning bo’lmasligi maqbul hisoblanadi.
Don — qanday o’simliqdan olinishiga ko’ra, ma’lum rang va hidga ega bo’ladi. Eskirgan donning ayrim qismida qora dog’lar yoki zamburug’lar uchrashi mumkin. Bu holat uning hidini ko’lansa qilib yuborishi tabiiy. Donning me’yor namlig’i 15 foiz bo’ladi. Uning kislotali (nordonlik) xususiyati 9;5 foizdan oshmasligi kerak.
Ayrim vaqtda don tarkibida zaharli o’simliklarning urug’i yoki mexanik jismlar bo’lishi mumkin. Umuman, sifatli don tarkibida zaharli moddalar 1 foizdan ortiq bo’lmaslig’i va turli yovvoyi o’simliklar urug’i 8 foizdan oshmasligi kerak. Ba’zan omborlarda uchrab turadig’an (uzuntumshuq, kanalar, mita va h.k.lar) zararkunandalar ham donning’ sifatini buzilib ketishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |