Yangi
|
Yetarlicha yangi emas
|
Eski, aynigan
|
|
7 kunlik
|
2-3 haftalik
|
|
|
|
|
1
|
Tuxum sarig‘i
|
Tuxum sarig‘i
|
Tuxum sarig‘i
|
Noxush hid
|
yumaloq shaklga
|
markazdan
|
kengayib, yanada
|
tarqatadi va
|
ega. U tuxum
|
chetga surilgan.
|
yassi shaklga tushib
|
tarkibi rangida
|
oqining yopishqoq,
|
Oqining qalin
|
qoladi. Uning oqi
|
taram-taram
|
qalin qatlami
|
qatlami nisbatan
|
yupqalashib, sersuv
|
chiziq paydo
|
yordamida
|
suyuqlashib ketgan
|
holatga kelib qoladi
|
bo‘ladi.
|
tuxumning
|
bo‘ladi
|
|
Iste’molga
|
markazida turadi
|
|
|
yaroqsiz
|
T uxumdan taom tayyorlashdan oldin yaxshilab yuvish, yaxshisi, 1 litr suvga ozuqa sodasidan 2 oshqoshiq qo'shib yuvish tavsiya qilinadi.
Diqqat qiling! Tuxumni saqlash qoidalari:
Tuxumni boshqa oziq-ovqatlardan alohida (muzlatkichning maxsus idishida) saqlash talab etiladi.
Xom tuxumni ushlagandan keyin qo‘lni yuvish lozim.
Tuxumni muzlatkichga nam sochiq bilan artibjoylashtiring.
Qobig‘i yorilgan tuxumni ovqatga ishlatmang.
Tuxumni qaynatish usullari:
Tuxum qaynoq suvga solinib, 3-5 daqiqa ushlanadi. Iliq holda iste’mol qilinadi.
Tuxumni yumshoq pishirish uchun 2 daqiqa qaynatish kerak. Natijada oqsil chalapishib, sarig‘i o‘sha holicha qoladi.
“Xaltacha” usulida pishirishda qaynayotgan suvda 4-5 daqiqa qaynatish kerak - oqsilipishadi, sarig‘ipishmaydi.
Qattiq qaynatib pishirish uchun tuxumni qaynoq suvda 7-10 daqiqa ushlash kerak - oqsili ham, sarig‘i ham pishadi. Qaynatilayotganda tuxum yorilib ketmasligi uchun suvga 1 choyqoshiqda tuz solib qo‘yish kerak (suv tuxumni 1 santimetrcha ko‘mib turishi lozim). Pishgan tuxum qobig‘ini oson archish uchun pishganidan keyin uni darrov sovuq suvda 30 daqiqa tutib turish kerak.
Tuxum quyidagicha pishiriladi:
1) unchalik katta bo‘lmagan idishni tanlab oling;
2) unga suv quying;
3) yuvilgan tuxumni suvga soling;
4) plitani ishlating;
5) suvni qaynating;
qaynatishni pastlatib, vaqtni belgilab oling;
7) tayyor bo‘lguncha pishiring.
Pishirib bo‘lgach, tuxumni sovuq suvga soling.
Tuxumni qovurish. Tuxumdan qovurilgan taom tayyorlash mumkin, masalan, qovurilgan tuxum (oqini sarig‘iga aralashtirmasdan) yoki omlet.
Omlet uchun 2 dona tuxum, 30 g sut, 5 g yog‘ kerak bo‘ladi. Qovurishdan oldin yuvilgan tuxum alohida idishga chaqiladi. Unga sut, tuz qo‘shib, yaxshilab iylanadi.
Yaxshi qizitilgan tovadagi paxta yog‘i yoki o‘simlik yog‘ida omlet qovuriladi.
P
Diqqat qiling! Ishni boshlashdan avval unni yaxshilab elab oling. Tuxumni esa iliq suvda yaxshilab yuving.
ishgan omletning chetlarini o‘rtasiga qayirib, cho‘zinchoq shaklda o‘raladi.
Qovurilgan omletni garnir bilan tayyorlash mumkin. Buning uchun to‘g‘ralgan mahsulot (kolbasa, vetchina, pomidor, piyoz v. b.) tovada oldindan qovurib olinadi.
Qovurilgan tuxumning oqini sarig‘iga aralashtirmasdan tayyorlash
texnologiyasi
B uning uchun tuxumning sarig‘ini buzmasdan, ehtiyotlik bilan chaqiladi. Tayyorlangan tuxumlar qizdirilgan tovaga solinadi, tuz sepiladi va past olovda tuxumning oqi pishgunga qadar qovuriladi. Sarig‘i chala pishirilishi, shakli saqlanishi kerak. Qovurilgan tuxum ehtiyotlik bilan idishga solinadi. Ko‘katlar va boshqa mahsulotlar bilan dasturxonga tortiladi.
Quymoq tayyorlash texnologiyasi
K
2 - amaliy mashg‘ulot
erakli jihozlar: gaz yoki elektr plitasi, sirli tovoq, ko‘pirtirgich yoki mikser, sanchqi, cho‘mich.
Masalliqlar: 1 litr sutga 400 g un, 4 dona tuxum, 20 g o‘simlikyog‘i, ta’bga ko‘ra tuz va shakar kerak bo‘ladi.
Sirli tovoqqa sut, ta’bga ko‘ra tuz, shakar, un solib yaxshilab iylab, qumoqlari ketguncha aralashtiriladi. Bir tekis hosil bo‘lgan massaga ko‘pchitilgan tuxum, yog‘ solib aralashtiriladi. Tovaga ozgina yog‘ solib qizdiriladi. Hosil bo‘lgan aralashma qizib turgan tovani qoplaguncha yoyib chiqiladi va o‘rta olovda pishiriladi. Ara- lashmaning bir tarafi pishgach, kurakcha bilan chetlari ko‘chirilib, ikkinchi tarafiga ag‘dariladi. Pishgan quymoqlar likopchaga ustma-ust taxlanadi. Tayyor quymoqni dasturxonga tortishdan oldin ichiga go‘shtli, kartoshkali qiyma yoki tvorog, murabbo solib o‘raladi. Tayyor o‘ralgan quymoqlarning ustiga ta’bga ko‘ra smetana yoki sariyog‘ solib dasturxonga tortiladi.
Tuxumdan tayyorlangan taomlar yuqori kaloriyali hisoblanadi. Ularda oqsillar, yog‘lar, vitaminlar, inson uchun kerakli bo‘lgan mineral moddalar - temir, fosfor, kalsiy mavjud. Tuxumdagi oziq moddalar oqiga qaraganda sarig‘ida ancha ko‘proq.
Qiziqarli ma’lumot
Y aponiyada qaynatilgan tuxum uzun rulet shaklida qayta ishlanadi. U maxsus mashinada tuxumning oqi sarig‘idan ajratilib tayyorlanadi. Tuxum sarig‘i ustidan oqi o‘ralib, rulet shakliga keltiriladi. Bu usulda qaynatib tayyorlangan tuxum dasturxonga estetik zavq va did bag‘ishlaydi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar •
Tuxumning yangiligini qanday bilish mumkin ?
Tuxumdan taom tayyorlashda qanday qoidalarga amal qilinadi?
Tuxum qaynatilayotganda yorilib ketmasligi uchun nima qilish kerak?
Internetdan qaysi qushlarning tuxumlarini taomda ishlatish mumkin, qaysilarini mumkin emas, nima sababdan bunday ekanligini bilib oling.
-
J
113
Texnologiya, 5-sinf
BUTERBROD. BUTERBROD TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI. ISSIQ VA YAXNAICHIMLIKLAR
“
/
Buterbrod” so‘zining ma’nosi nima?
“Buterbrod” so‘zi nemis tilidan olingan bo‘lib, “yog‘li non” degan ma’noni bildiradi. Buterbrodlarni tayyorlash juda qulay va oddiy. Chiroyli tayyorlangan buterbrodlar bilan istalgan dasturxonni bezash mumkin. Ular juda mazali.
Buterbrodlar eng oson tayyorlanadigan taom turiga kiradi. Ular turli xil ko‘rinishda bo‘lib, dasturxonga ko‘rk bag‘ishlaydi. Buterbrodlarning oziqaviy qiymati mahsulotning sifatiga qarab belgilanadi.
Buterbrodlarni tayyorlash uchun non (qora yoki bug‘doy non) asos hisoblanadi. Non uyimizda doimo bo‘ladi. Xalqimizda “Non - rizq-ro‘zimiz”, “Nonning ushog‘i ham - non”, “Doni yo‘qning noni yo‘q, noni yo‘qning joni yo‘q”, “Nonni yerdan so‘ra, oqqan terdan so‘ra” va boshqa maqollar bejiz aytilmagan. Nonni maxsus non qutichada saqlagan afzal, chunki shunda u o‘zining sifatini yaxshi saqlaydi. Bu- terbrod uchun nonning qalinligini 1,0 cm dan oshirmay, turli shakllarda (dumaloq, yarim dumaloq, uchburchak, to‘rtburchak v. h.), tayyorlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |