Respublika Ta'lim Markazi


Tolalarni namlik va issiqlik bilan yumshatish



Download 10,94 Mb.
bet89/116
Sana03.03.2022
Hajmi10,94 Mb.
#480318
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   116
Bog'liq
5-sinf word

Tolalarni namlik va issiqlik bilan yumshatish.

  • Bosim bilan ma’lum shakl berish.

  • Issiqlik va bosim yordamida namlikni ketkazish va buyum shaklini mustah­kamlash.

    Namlab-isitish jarayoni kiyimni tikishning barcha bosqichlarida (bichishdan oldin gazlamani dazmollash, mashina chokini berishdan oldin, mashina chokidan keyin, yakuniy pardozlash jarayonida) o‘tkaziladi. Namlab-isitish orqali kiyimning detallari tekislanadi, burchaklar hosil qilinadi, kiyimning etak qismlariga kerakli shakl beriladi. Zamonaviy namlab-isitish vositalarida bug‘ berish, suv purkash hamda xavfsizlikka moslashgan (avtomat o‘chirish) funksiyalari o‘rnatilgan. Bu esa kiyimni sifatli dazmollashga yordam beradi.
    Dazmollash usullari:

    1. Dazmollash - gazlamani yoki tayyor kiyimni tekislash va pardozlash.

    2. Yorib dazmollash - choklar orasini bir tekis ochib, ikki tomonga yotqizib daz- mollash.

    3. Bostirib dazmollash - choklarni bir tomonga tekis yotqizib dazmollash.

    4. Dazmollab yupqalashtirish - suvlab dazmollab yupqalashtirish.

    5. Bug‘lash - kiyimda hosil bo‘lgan yaltiroqlikni yo‘qotish.





  • Qiziqarli ma’lumot
    Eng birinchi dazmol qachon paydo boTganligi to‘g‘risidagi savolgajavob berish qiyin. Ba’zi manbalarda dazmolning tarixi matodan kiyimlar tikish yuzaga kelgan paytlardan boshlangan deb hisoblashadi.
    XVI asrda Yevropada gazlamalarning g‘ijimlarini dazmollashda temirdan yasalgan issiq plastinkalarni qo‘llay boshlashgan. Ayrim manbalarda gazlamani silindrsimon yog‘ochga o‘rab, ustidan og‘ir taxtani bosib tekislashgan. Dazmollar juda og‘ir metalldan yasalganligi uchun uni faqat erkaklar ishlata olgan. Buyumlarni dazmollash uchun “gavkalar” - suv toTdirilgan shisha shar yoki temir krujkalardan foydalanishgan.
    Dastlabki temir dazmollar keyinchalik alohida e’tibor talab qilinadigan bantiklar, ryushalar, buklovlar keng tarqala boshlagandan so‘ng paydo bo‘lgan. O‘sha paytlardagi dazmollar juda qimmat bo‘lib, o‘yma shakllar bilan bezatilgan dazmollar mehmonlar kelganda ko‘rgazma uchun sa- movarlar bilan birga qo‘yilgan. Uyda bunday dazmolning borligi, uy egasining badavlat yashayotganini ko‘rsatib turgan.
    Rossiyada dazmolni XVIII asrda Demidovlar zavodida yasay boshlashdi. Temir dazmol ichiga qizib turgan ko‘mir tashlab qizitishgan. Ko‘mirda qizitiladigan dazmol o‘z davrida katta e’tibor qozongan edi.
    XIX asrda germaniyalik ustalar tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi spirt bilan ishlaydigan dazmol paydo bo‘ldi. Lekin u qimmat bo‘lgani uchun hamma ham foydalana olmagan. Shu bilan bir qatorda gaz bilan ishlaydigan dazmollar ishlab chiqarila boshlandi. Uning ichida yonilg‘i moslamasi (gorelka) bo‘lgan. Dazmolning qopqog‘iga shamollatkich, aniqrog‘i nasos o‘rnatilgan. Dazmol kalit orqali ishlatilgan. Ishlatish oldidan idish, so‘ng shamollatkich haydagan bug‘ isitilgan. Keyingi 0^^ bosqich esa uni yondirish va dazmollashdan iborat bo‘lgan.




    Download 10,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   116




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish