M ustahkamlash uchun savollar •-
Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida ish o‘rinlarining joylashishini tu- shuntirib bering.
Mashg‘ulot o‘tkazish joyini tashkil qilish deganda nimani tushunasiz? Javobingizni izohlang.
Nima uchun asbob-uskuna va moslamalar maxsus saqlashjoyida saqlanishi kerakligini tushuntiring.
16
YOG‘OCHGA ISHLOV BERISHDA ISH 0‘RNINI TASHKIL ETISH VAXAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
D uradgorlikda bajariladigan ish turlarini erkin bajarish imkonini beradigan bar- cha turdagi asbob-uskuna va moslamalar bilan jihozlangan, ishni bajarish tartibini ko‘rsatuvchi texnikaviy hujjatlar (buyum chizmalari, texnik rasmlar) hamda buyum tayyorlash uchun kerak bo‘lgan yog‘och materiallar bilan ta’minlangan duradgorlik o‘quv ustaxonasining bir qismi duradgorlik ish o‘rni deb ataladi.
Duradgorlik ustaxonalarida ish o‘rnining asosini duradgorlik dastgohi tashkil etadi. Yog‘ochni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dastgoh duradgorlik dastgohi deb nomlanadi (6-rasm).
D
6-rasm. Duradgorlik dastgohi tuzilishi:
1 - oldingi (bo‘ylama) iskanja; 2 - ish taxtasi; 3 - nov; 4 - orqa (yon) iskanja;
5 - asboblar tokchasi.
astgoh barcha turdagi duradgorlik ishlari bajariladigan, maxsus oyoqlarga o‘matilgan ish stolidan iborat bo‘lib, unda arralash, randalash, o‘yish-teshish, qismlarni biriktirish kabi ishlar bajarila- di. Stolning asosiy qismlari bo‘ylama va ko‘ndalang tiskilardan, ponalar o‘matish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob-uskunalar qo‘yish uchun moslan- gan novdan iborat.
Duradgorlik dastgohidan foydalanish- da dastgohning balandligi o‘z bo‘y-bas- tingizga qarab moslanadi. Dastgoh ba- landligining o‘z bo‘yingizga mosligini tekshirishda qaddingizni bukmagan holda ikkala qo‘lingiz kaftini dastgoh ish taxtasi
u
b)
stiga qo‘yasiz (7-rasm, a). Bu holda qaddingiz bukilmasdan qo‘l kaftingiz ish tax- tasiga yetsa, ish o‘rnining balandligi bo‘yingizga mos hisoblanadi. Bundan tashqari, duradgorlik dastgohlarini o‘z bo‘yingizga moslash imkonini beradigan yog‘och tagliklar bo‘lib, ular yordamida ish taxtasi balandligini o‘zgartirish mumkin (7-rasm, b).
a)
7-rasm. Duradgorlik dastgohining balandligini tekshirish (a) va yog‘och taglik (b).
- Texnologiya, 5-sinf
Ustaxonada barcha mehnat topshiriqlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi qoida- larini yaxshi bilib olish va ularga to‘liq rioya etish lozim. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
Ish kiyimi to‘g‘ri kiyilganini tekshirish (xalatning qo‘l va old tugmalari qadalgan bo‘lishi kerak), bo‘yinbog‘ uchlarini qistirish.
Ish o‘rnini, asboblami ko‘zdan kechirish va ishlatishga tayyorligini tekshirish.
Kesuvchi asboblarning tig‘i o‘tkir yoki o‘tmasligini tekshirish. Ular bilan ish- laganda gaplashmasdan, hushyorlik bilan ishlash.
Elektr asboblaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish.
Asboblar va xomashyolarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish.
Faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish, ularni o‘z o‘rnida ishlatish, asboblarni ish o‘rniga ulardan foydalanish uchun qulay holatdajoylashtirish.
0‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘midan uzoqlashmaslik.
Har bir ish turi uchun belgilangan xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish.
Ish joylarini almashtirib ko‘chib yurmaslik, boshqa ish o‘rinlaridagi asbob- uskunalardan ruxsatsiz foydalanmaslik.
Ish o‘mini payraha va qipiqlardan maxsus cho‘tka bilan tozalash.
Ishdan keyin qolgan materiallar va tugatilmagan ishlarni navbatchiga top- shirish.
Ish yakunlangandan keyin ish qurollarini ko‘zdan kechirish, belgilangan joy- larga qo‘yish, nosoz asboblar to‘g‘risida o‘qituvchini ogohlantirish.
Ish oxirida kiyimni almashtirish, qo‘lni yuvish.
Mashg‘ulot jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilgan va jarohatlanish
y uz bergan hollarda yoki o‘zingizni yomon his qilsangiz darrov o‘qituvchiga xabar qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |