Respublika Ta'lim Markazi



Download 10,94 Mb.
bet109/116
Sana03.03.2022
Hajmi10,94 Mb.
#480318
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   116
Bog'liq
5-sinf word

T/r

Ish
ketma-ketligi

Ishni bajarish bo‘yicha ko‘rsatma

Asboblar

Jihoz va moslama­lar

O‘lchov va rejalash

Ish

1

DC markali 9 yoki 12 voltli dvigatel tanlab olinadi








dvigatel

2

Dvigatelga ulash uchun sim olinadi






keskich

sim

3

Olingan sim dvigatelga ulanadi va yelimli pistolet yordamida mahkamlanadi






keskich

yelimli
pistolet,
dvigatel





210




4

Dvigatelni aylantirib tok hosil qilish uchun faner va qattiq simdan aylanma harakatlantiruvchi dasta tayyorlanadi

1
Ш A

chizg‘ich,
qalam

arra,
ombur

jilvir qog‘oz, faner, qattiq sim

5

Dasta dvigatelga yelimli pistolet yordamida o‘rnatiladi




-

-

dasta,
dvigatel

6

Ikkinchi DC markali 9 yoki 12 voltli dvigatel olinadi

jm -

-

-

dvigatel

7

Dvigatelga sim ulanadi va yelimli pistolet yordamida mahkamlanadi

<

r-

-

keskich

yelimli
pistolet,
sim,
dvigatel

8

Ventilator uchun parrak tanlab olinadi

\




-

-

parrak

9

Tanlangan ventilator parragi dvigatelga
o‘matiladi




-

-

yelimli
pistolet

10

Dvigatel simlari bir- biriga ulanadi. Tayyor bo‘lgan ventilator dastasi tez aylantirilib, ventilator ishlashi tekshiriladi




-

-

-




ь


ж
MEXATRONIKA - IEG0 EDUCATION ~ b “ODDIY MEXANIZMLAR”


M EXATRONIKA HAQIDA TUSHUNCHA.
ODDIY MEXANIZMLAR
Siz mexatronika bobini o‘rganishni boshlaganingizda o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi:
Mexatronika o‘zi nima?
Mexatronika zamonaviy ilm-fan va texnologiyaning yangi yo‘nalishi bo‘lib, so‘ng- gi o‘n yillikda butun dunyoda jadal rivojlanmoqda. Bu rivojlanish barcha sohalarda, jumladan, ishlab chiqarish sohasidagi kasb egalarining yuqori faolligini rag‘bat- lantiradigan, mehnat sifati va samaradorligini oshiradigan mexatronik tizimlarning yangiligidir.
Zamonaviy “Mexatronika” atamasi, yapon manbalariga ko‘ra, “Yaskawa Electric” kompaniyasining katta muhandisi Tetsuro Mori tomonidan 1969-yilda joriy etilgan va 1972-yilda savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu atama ikkita qismdan iborat - “mexan”, MEXANIKA va “tronik”, ELEKTRONIKA so‘zlari birikmasidan olingan bo‘lib, mexanika va elektronikaning yutuqlarini birlashtirish natijasida paydo bo‘lgan.
Mexanika [yun - mechanike (teche) - qurol, inshoot] - tashqi kuch ta’siridajismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan.
Elektronika - fan va texnikaning elektronlar zaryadlangan zarralarning turli jismlar bilan o‘zaro ta’siri qonuniyatlarini o‘rganish, bu o‘zaro ta’sirdan foydalanib, energiyani o‘zgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan soha.
1980-yilning boshlariga kelib, “Mexatronika” atamasi dunyo texnik ada- biyotlarida kompyuter tomonidan boshqariladigan harakatga ega mashina va mexanizmlarni loyihalashga nisbatan ishlatilgan.
Shu tariqa mexanika, informatika sohalaridagi hamda texnikaning ayrim tarmoqlaridagi (mikroprotsessorli texnika, mashinalar va agregatlarning harakatini kompyuterda boshqarish) bilimlar negizida hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan yangi texnika fani sifatida vujudga keldi.
Mexatronikaning maqsadi - yangi imkoniyatlarga ega bo‘lgan aqlli va harakat- lanuvchi mashina va mexanizmlarni loyihalash va ishlab chiqarishdan iborat.
Mexatronikaning vazifasi - mexanika, elektronika va axborot texnologiyalari (kompyuter) sohalaridagi bilimlarni birlashtirishdir. Ushbu sohalardagi bilimlarni birlashtirilishi natijasida mexatronikaning yangi g‘oyalari paydo bo‘ladi.
Mexatronika - dastur asosida boshqariladigan mashina va mexanizmlar yaratish hamda ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan mexanika, informatika va elektronika vositalari va tamoyillari majmuyidir.
2,2>


Ishlab chiqarish


MEXA-
TRONIKA

%

£
3

*

%
%

Kompyuter
texnologiyasi

6-rasm. Mexatronika tizimi.

Ushbu ta’rif mexatronik tizimlarning mexanika, elektronika va kompyuter
elementlarining chuqur o‘zaro bog‘liqligi g‘oyasiga asoslangan uch mohiyatni
ta’kidlaydi. Shu sababli, mexatronikaning ramziga aylangan va eng keng
tarqalgan grafik shaklda
“Ishlab chiqarish”, “Menejment (boshqaruv)” va
“Bozor talablari”ning
ichki qobig‘iga joylashtirilgan uchta kesishuvchi aylana bilan
ifodalanadi (
6-rasm).
Shunday qilib, ushbu uch turdagi element-
laming tizimli bog‘lanishi mexatronik tizimni
tashkil etishning zaruriy sharti hisoblanadi.

Mexatronika nafaqat professional, balki
oddiy insonlarning kundalik hayotiga ham kirib
ulgurdi. Masalan, aqlli uylar, zamonaviy uy-
ro‘zg‘or texnikalari, raqamli videokameralar
kabilar mexatronik prinsiplarga asoslanadi.

Mexatronika va robototexnika tushun-
chalari nima uchun birgalikda ishlatiladi?

Ushbu tushunchalarning ko‘pincha bir-
galikda qo‘llanilishi sababi oddiy: roboto-

texnika mexatronikaning eng mashhur sohasi hisoblanadi. Bundan tashqari,
mexatronika aynan robototexnika va robototexnik tizimlar, mashinalar kabi qu-

rilmalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Mexatronika va uning eng mashhur sohasi bo‘lgan robototexnika
bugungi kunda eng istiqbolli yo‘nalishlardan hisoblanadi.

LEGO haqida nimalarni bilasiz?
LEGO (Leg-godt - “yaxshi o‘ynang”) - turli xil obyektlarni yig‘ish
va modellash uchun har xil o‘lchamdagi detallar to‘plamidir.

LEGO Group kompaniyasining asosiy idorasi Daniyada joy-
lashgan bo‘lib, 1932-yilda tashkil etilgan. LEGO detallari dastlab

oddiy yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, asosan, o‘yinchoqlar ishlab chiqarilgan.
LEGOdan transport vositalari, binolar va harakatlanuvchi robotlar kabi obyekt-
larni yig‘ishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, LEGO to‘plamlarida odamlar
va hayvonlarning figuralari, g‘ildiraklar, elektr dvigatellari, turli xil sensorlar va
hatto mikrokontrollerlar ham mavjud. Bu to‘plamlar Sizga avtomobillar, samolyotlar,
poyezdlar, kemalar, binolar, robotlarning modellarini yig‘ish uchun imkon beradi.

Siz birinchi bobning 4-paragrafidagi “Texnikaning asosiy konstruktiv elementlari.
Texnikaning ishchi organlari” mavzusini o‘rganish davomida oddiy mexanizmlar va
ularning turlari bilan tanishgansiz (qarang).




M ustahkamlash uchun savollar

  1. Mexatronika o‘zi nima?

  2. Mexatronikaning maqsadi va vazifasini tushuntirib bering.

  3. M
    213

    exatronika va robototexnika tushunchalari nima uchun birgalikda ishla­tiladi?


AYLANMA HARAKATLANUVCHI SODDA MEXANIZM YASASH. KARUSEL. KARUSEL TEZLIGINI OSHIRISH

  1. a maliy mashg‘ulot. Aylanma harakatlanuvchi sodda karusel yasash.

Jihozlar: LEGO A6 va A7 modelli komplektlar to‘plami, namunalar.



I shni bajarish tartibi:
Birinchi bosqich. 1. Avval A6 modelli karuselni yig‘ish tartibi bilan ta- nishib chiqing. Berilgan 1 dan 11 gacha bo‘lgan rasmlar ketma-ketligiga amal qilgan holda ishlarni bajaring (7-rasm).


Download 10,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish