Nutq namunalari: Sut bormi? Marhamat, oling. Stolda nimalar bor? Stolda choy, sut, qand, asal, sariyog‘ bor. Gulnora nima ichyapti? Choy ichyapti. Choy issiqmi? Ha, choy issiq.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: oziq-ovqatlar nomlari, ularni tavsiflovchi so‘zlarni tinglab tushuna olish, rasmlar asosida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza olish.
56-57-mavzu. Idishlar. (2 soat, A1+ 4 soat)
Lug‘at: choynak, piyola, qoshiq, kosa, pichoq, idish-tovoqlar kabi tayanch so‘zlar (1 soat); turibdi, ber, bering, olib keling, qo‘y, qo‘ying, yuv, yuving, art, arting kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar (1 soat); dasturxon, oshxona so‘zlari, qayerga qo‘yay? nima qilay? so‘roqlari (1 soat).
Nutq namunalari: Idishlar qayerda? Idishlar javonda. Men nima qilay? Sen mana bu kosalarni yuv va artib qo‘y. Dasturxonga nima qo‘yay? Dasturxonga likopchalar bilan oltita sanchqi qo‘y.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar
(tinglab tushunish, so‘zlash )
A1
o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha topshiriqlarni, kundalik muloqotga oid so‘z va jumlalarni tinglab tushuna oladi;
mavzuga oid tayanch so‘zlar, so‘z birikmalarini tushunib, nutqda qo‘llay oladi; savollarga javob bera oladi, o‘zi (ismi-sharifi, yoshi, yashash manzili va o‘qish joyi), ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi haqida qisqa ma’lumot bera oladi.
A1+
mavzuga oid tayanch so‘zlar, so‘z birikmalarini tushunib nutqda o‘rinli qo‘llay oladi;
savollarga javob bera oladi, o‘zi, oila a’zolari, do‘stlari, qarindoshlari haqida ma’lumot bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:
A1
mavzuga oid so‘zlar va so‘z birikmalarini, nutq namunalarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi va yoza oladi;
mavzular bo‘yicha berilgan so‘zlarni bo‘g‘inlab to‘g‘ri o‘qiy oladi, mavzu bo‘yicha berilgan kichik she’rlarni o‘qib, yoddan ayta oladi;
mavzular bo‘yicha o‘zlashtirilgan so‘zlarni, 2-4 ta yig‘iq gaplardan iborat matnni to‘g‘ri ko‘chirib yoza oladi;
o‘zlashtirilgan so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib yoza oladi;
10-15 ta so‘zdan iborat diktant matnini yoza oladi.
A1+
mavzuga oid so‘zlar va so‘z birikmalarini, nutq namunalarini to‘g‘ri talaffuz qilib, yoza oladi;
so‘zlarni bo‘g‘inlab to‘g‘ri o‘qiy oladi, qisqa dialogik matnlarni ohangga rioya qilgan holda o‘qiy oladi;
mavzu bo‘yicha berilgan she’rlarni ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |