Rezbaning asosiy elementlari va parametrlari:
— rezbaning tashqi diametri ( d ) — yumaloq sirtga o'yilgan rezbaning tashqi diametri, teshikka o‘yilgan rezbaning yuqori qismi sirti (4.108- chizma);
— rezbaning ichki diametri (d1) — sirtga o‘yilgan rezbaning ichki diam etri, teshikka o'yilgan rezbaning tashqi diam etri qismining sirti (4.108-chizma);
— rezbaning nominal diametri — rezba o ‘lchamini shartli belgilashda qo‘llaniladigan diametr;
— rezbaning qadami (R) — rezbaning bir o‘rami, ya’ni silindr yoki konus sirtida nuqtaning bir marta aylanib chiqqandagi vint chizig‘iga teng masofa (4.109- chizma);
— rezbaning sbegi — detaining silliq qismidan rezbaning to‘liq o‘yilgan joyigacha bo'lgan masofa (4.108- a chizma).
Metrik rezbalarni shartli belgilashda M harfi, nominal diametri, mayda yoki yirik qadamliligi, chap yo‘Hi rezbalar uchun LH lar qatnashadi.
Konussimon metrik rezba. Konussimon metrik rezbalar 1:16 nisbatdagi konus sirt iga o'yiladi. Ularning nominal diametri 6 mm dan 60 mm gacha bo'lishi mumkin.
Silindrik quvur rezba. Quvurlarni bir-biri bilan ulashda ishlatiladi. Quvur rezbalar dyuymlarda G harfi bilan belgilanadi.
Rezbalarni chizm ada tasvirlash va belgilash (O ’zD St 2,311:97). Rezba steijen sirtida o‘yilgan bo‘lsa, tashqi rezba deyilib, u bolt, shpilka, vintlarda uchraydi. Teshikka o'yilgan bo'lsa, ichki rezba deyilib, u gayka, mufta, shpilka uyalarida tatbiq qilinadi.
Sterjendagi rezbaning tashqi (katta) diametri d asosiy tutash yo‘g‘on chiziq bilan, ichki (kichik) dimetri d1 ingichka tutash chiziq bilan tasvirlanadi (4.110- a chizma). Teshikdagi rezbaning tashqi (katta) diametri d ingichka tutash, ichki (kichik) diametri d1 asosiy yo‘g‘on tutash chiziqlar bilan tasvirlanadi (4.110- b chizma). Rezbali teshik qirqimga tushmasa, ikkaia (tashqi va ichJki) diametr bir xil yo‘g‘onlikdagi shtrix chiziq bilan tasvirlanadi (4.110- с chizma).
Konussimon rezbalarning chizmalarda tasvirlanishi 4.111- chizmada ko'rsatilgan.
Rezbaning katta diametri d= 20 mm bo‘lsa, kichik diametri d1,=0,85d= 17 mm da chiziladi (4.112- a, b chizma). Sterjenning o‘qiga parallel tekislikdagi tasvirida rezbaning ichki diametri ingichka tutash chiziqda sbegsiz tasvirlansa, toresiga parallel tekislikdagi tasvirida rezbaning ichki diametri aylananing taxminan 3/4 qismiga teng ingichka tutash chiziqda, markaziy simmetrik o'qlarining biriga ozgina yetkazilmay, ikkinchisidan esa ozgina o‘tkazilib tasvirlanadi.
Rezbali detallarning qirqimi va kesimida yuzalar rezbaning konturigacha shtrixlanadi (4.113- a, b chizma).
Berk teshikdagi rezbalar 4.114- a, b, с chizmadagidek tasvirlanadi.
Chizmalarda faskalarda faskalar tores ko‘rinishida tasvirlanmaydi (4.115- a, b, с chizma).
Rezbali birikmalarda steijenning uchi teshik yuzi bilan to‘g‘ri kelsa (4.116- a chizma, ) yoki sterjen chiqib tursa (4.116- b chizma), yon ko'rinishida sterjen rezbasi tasvirlanadi. Sterjen uchi chiqib tursa (4.116- с chizma) teshik rezbasi tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |