1-Mavzu: Kirish. Chizmachilik fanining maqsad va vazifalari.
Reja:
1. Kirish.
2. Chizmachilik fanining maqsad va vazifalari.
3. Insonning amaliy faoliyatida chizmackilikiting ahamiyati.
4. O‘rta Osiyoda chizmaning rivojlanish tarixi.
Chizmachilik aniq texnik fan hisoblanib, insonlarda o’z vaqtida ish bajarish, ya'ni aniqlik, talabchanlik, hamisha tozalikka rioya qilish hissini tarbiyalaydi. Har qanday chizma aniq chizishni talab qiladi. Standart talablariga rioya qilib chizilgan chizma o'ziga xos san’at hisoblanib, kishilarda estetik zavq uyg‘otadi.
Insonlar chizmalar yordamida bir-birlarining texnik flkrlarini anglashga harakat qiladilar, ularni birovga tushuntirmoqchi bo‘Iib, chizmalar chizishadi, Demak, har ikkala vaziyatda ham chizma insonlar orasida texnik fikrlarni anglashga vositachi rolini o‘ynar ekan. Hozirgi ishlab chiqarishda chizmalar bilan ishlashning asosiy uchta yo‘na!ishini ta’kidlab o‘tish mumkin:
tayyor chizmalar asosida detal, huyutn va boshqalami yasash. Bunday sharoitda chizmalarni aniq va to‘g‘ri o‘qish talab qilinadi;
tayyorlartgan detal, buyum va boshqalami astiga qarab eskizlarini chizish. Bunda ilgari tayyorlangan chizmalar asosida yasalgan detal, buyum va boshqalami tuzatish yoki birovning texnik fikriga o'zgartirishlar kiritishga to'g‘ri keiadi;
hali yaratilmagan detal, buyum va boshqalar chizmasini chizish. Bunda inson o‘zining fazoviy tasawur qilish qobiliyatini ishga solish bilan mutloq yangi ko'rinishdagi mashinalarni yaratishga yoki bor narsalarga o'zgartirish kiritishga intiladi. Insonning bu harakati yuqori malakali konstruktor bo’lishni talab etadi.
Sanoatda har bir ishlab chiqariladigan detal, buyum va boshqalar chizmalar vositasida nazorat qilinadi. Detaining zagotovka holatidan tayyor mahsulot boigunga qadar davrida „chizma-detar yonma-yon bo‘ladi.
Chizmachilik fanining maqsad va vazifalari Ushbu o‘quv qo’llanmani yozishdan asosiy maqsad, o‘z sohasini nazariy va amaliy jihatdan mukammal biigan malakali o‘qituvchilar tayyorlashga ko‘mak berishdir. 0 ‘quv qoMlanmaning asosiy vazifasi konstruktorlik hujuatlarining yagona tizimi (KHYAT) da ko'rsatilgan shartli belgiiardan foydalanib, chizmani o‘qish va tuzish (chizish) uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga, bo'lajak o'qituvchign pcdagogik amaliyot davrida zarur bo'ladigan chizmachilik madnniyatini egallashga yordam berishdan iboratdir.
Fanni o'zlashtirish natijasida quyidngi bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo'lish nazarda tutiladi:
— chiziq turlari, o'lchamlar, masshtablnr uchun belgilangan Davlat standard talablarini;
— geometrik yasash usullaridan erkin foydnlanishni;
— proeksiyalash usullarini;
— kompleks chizma hosil qilish, asosiy ko'rinishlarni to‘g‘ri joylashtirishni;
— fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlay olish va ular orasidagi munosabatlarni aniqlay olishni;
— detal (buyum) ning to‘g‘ri burchakli proeksiyalarini to‘g‘ri tasvirlay olishni;
— detaining aksonometrik proeksiyasini bajara olishni;
— detaining eskizini, texnik rasmini va ishchi chizmasini bajara olishni;
— yig‘ish chizmalarini o'qish va ularni tuza olishni;
— sxemalar va ularning turlarini o‘qiy olishni;
— qurilish chizmalarini o‘qiy olishni.
Do'stlaringiz bilan baham: |