RESPUBLIKA MAKTABGACHA TA'LIM METODIKASI KABINETINING TUZILISHI VA VAZIFALARI
Reja:
Maktabgacha ta'lim metodikasi
Metodika kabinetining vazifalari
Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi hamda maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, yangi ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etadi, maktabgacha ta'Iimda axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarida uzluksiz metodik xizmat ko'rsatadi1,
Institutning rasmiy nomi:
davlat tilida: to'liq nomi - Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, qisqartmasi - MTMRMQTMOI;
rus tilida; to'liq nomi - Institut perepodgotovki i povisheniyakvalifikatsiirukovoditeleyispetsialistovdoshkolnix obrazovatelnix uchrejdeniy, qisqartmasi - 1PPKRSD0U;
v) ingliz tilida; to'liq nomi - Institute for Retraining and Advanced Training of Preschool Education Personnel and manager, qisqartmasi - IRATPEPM.
Institut o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oiiy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, o'z Ustaviga amal qiladi.
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Institut ta’lim muassasasi sifatida maktabgacha ta’limtizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, ushbu yo'nalishda o'quv, ilmiy- metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi.
Institutning asosiy vazifalari
Maktabgacha ta'lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta'lim tizimini metodik ta’minlash, ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
O'quv-tarbiya jarayoniga, xususan, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o'qitishvatarbiyalashningsamarali shakllari va usullarini joriy etish;
Maktabgacha ta'limning milliy madaniy-tarixiy qadriyat- larni aks ettiruvchi o'quv-metodik, didaktik materiallari, badiiy adabiyotlari sifati va mazmunini yanada boyitish, o'yin va o'yinchoqlar sonini ko'paytirish;
Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo'yicha metodik ishlarni tashkil etish;
O'quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va nazorat qilish bo'yicha rahbarlar va mutaxassislar ko'nikmalarini mustahkamlash va maktabgacha ta’lim sifatini baholash;
Xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar o'tkazish orqali maktagacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan shunga o'xshash xalqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Xorijiymaktabgachata'limtashkilotlariningo'qituvchilarini jalb qilgan holda malaka oshirish va ilg'or tajribani almashish uchun qisqa muddatli seminarlar tashkil etish.
Institutning asosiy funksiyalari
Maktabgacha ta'lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma'naviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta'lim tizimini metodik ta’minlash, ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish sohasida:
O'quv-tarbiya jarayoniga, xususan, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o'qitishvatarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish sohasida:
Milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi o'quv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar sifati va mazmunini yanada boyitish, o'yin va o'yinchoqlar sonini ko'paytirish sohasida:
Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo'yicha metodik ishlarni tashkil etish sohasida:
O'quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni nazorat qilish bo'yicha rahbarlar va mutaxassislar ko'nikmalarini takomillashtirish va ta'lim sifatini baholash sohasida:
Xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar o'tkazish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan shunga o'xshash xalqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish sohasida:
Institutning huquqlari
Institut unga yuklangan funksiyalar va vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
-ta’lim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo'yicha takliflarni vazirlikka kiritish;
-maktabgacha ta'lim mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha dasturlar, o'quv qo'llanmalari, ilmiy asarlar to'plamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik ko'rsatmalar hamda qo'llanmalar tayyorlash va nashr etish;
aholiga, turli tashkilotlarga pulli ta'lim xizmatlari va boshqa xizmatlarni ko'rsatish, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va asosiy faoliyatga zid bo'lmagan faoliyatning barcha turlarini amalga oshirish;
kafedralar va bo'limlarni o'zgartirish, yangilarini tashkil etish va mavjud kafedra va bo'limlarni tugatish, tasdiqlangan shtat jadvali doirasida shtat birliklarini bir bo'linmadan boshqa bo'linmaga o'tkazish bo'yicha Vazirlikka takliflar kiritish;
professor-o'qituvchilar tarkibiga, boshqa xodimlarga belgilangan tartibda rag'batlantiruvchi ustamalar tayinlash;
Institut xodimlarini yuksak mehnat ko'rsatkichlari uchun davlat va idoraviy mukofotlar bilan mukofotlash to'g'risida Vazirlikka takliflar kiritish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish bo'yicha faoliyat sifatini va samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko'rish;
hamkorlik doirasida mualliflik ishlarini ishlab chiqishga tajribali mutaxassislar, pedagoglar va xodimlarni jalb qilish (zarur bo'lsa shartnomalar asosidaj;
qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartishlarga muvofiq o'quv dasturlariga tuzatishlar kiritish;
o'z vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
xorijlik tajribali pedagog-mutaxassislarni jalb qilgan holda ilg'or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlari malakasini muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va aniq maqsadga yo'naltirilgan kurslar tashkil etish;
xodimlarni o'qitish, seminarlar va konferensiyalarda qatnashish uchun xorijga tajriba almashish va innovatsion pedagogika texnologiyalarini va ilg'or metodikalarni o'rganish bo'yicha tajriba orttirishga yuborish;
maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb va istiqbolli vazifalarni hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlarda ishtirok etish;
o'z faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish.
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'Iishi mumkin.
Institut o'z faoliyatida bevosita Vazirlikka bo'ysunadi va unga hisobot beradi. Institut ishlariga O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi.
Institutda o'quv-metodik ishlarga o'quv va metodik ishlar bo'yicha prorektor, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy ishlarga - ma'naviy va ilmiy ishlar bo'yicha prorektor, moliya-iqtisodiy ishlar bo'yicha - moliya-iqtisodiy ishlar bo'yicha prorektor rahbarlik qiladi.
Prorektorlar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Institutda rektor raisligida Ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi.
Ilmiy-metodik kengash tarkibi Institut rektorining buyrug'i bilan tasdiqlanadi. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga prorektorlar, kafedralar va bo'limlar rahbarlari, shuningdek, yetakchi professorlar va o'qituvchilar, jamoat tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.
Ilmiy-metodik kengashning vazifalari:
Institut, uning kafedralari va bo'limlari rejalari va hisobotlarini ko'rib chiqish, Institut faoliyatini takomillashtirish bo'yicha o'quv ish rejalari va kurslar dasturlarini, tavsiyalarni muhokama qilish;
Institut ilmiy-metodik va tashkiliy ishlarining asosiy yo'nalishlarini ta’minlash va belgilash, samarali qayta tayyorlash va malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish, ma’naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirishning davlat talablari, o'quv rejalari va dasturlar bajarilishini ko'rib chiqish;
Institut kafedralari va bo'limlarini ochish, ularning faoliyatini o'zgartirish va tugatish bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqish;
Institut doktorantlari va izlanuvchilari bilan menejment (ta'limni boshqarish) bo'yicha ilmiy faoliyat olib borish;
darsliklar, o'quv qo'llanmalari, ilmiy, o'quv-metodik adabiyotlarni e’lon qilish masalalarini ko'rib chiqish;
Institutni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli rejalarini tasdiqlash.
MAKTABGACHA TA'LIM METODIKASIXONASI
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma sifatida barcha maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z faoliyatida amaldagi qonunchilik, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me'yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi maktabgacha ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko'rsatish, pedagogik jarayonlar va ta’lim- tarbiya ishlarini takomillashtirish, «llkqadam» dasturini to'liq bajarilishini ta'minlaydi;
Ilg'or ish tajribalarni o'rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi (maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari, maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlari, nazoratchi- metodist, mudiralar, metodistlar va tarbiyachilar, murabbiylar faoliyatini tahlil etish asosida);
Maktabgacha pedagogika ilg'or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalq pedagogikasi an'analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiy- uslubiy asoslari, yo'I-yo'riqlarini ishlab chiqadi.
METODIKA KABINETIISHINING MAZMUNI VA
ASOSIY SHAKLLARI
Metodika kabineti o'z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko'ra:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodika kabineti ish faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishlar ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishini o'rganadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |