Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


Dasturning asosiy maqsadi -



Download 27,87 Mb.
bet296/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

Dasturning asosiy maqsadi - o’quvchilar ta’lim dargohida olayotgan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir.

SHuning uchun ham hozirgi kunda o’quvchilarda ko’nikma va malakalarni hosil qilishda, o’quv jarayonida ta’lim oluvchilar va psixologlar o’rtasida o’ziga xos munosabatlar o’rgatilib bu jarayon ikki tomonning birgalikdagi faoliyati natijasida boradi. SHuning uchun ham ta’lim jarayoni ikki tomonlama xarakterga ega deyiladi. O’qituvchilar va o’quvchilarning faollik darajasi ta’lim jarayonining samarasini belgilaydi. Albatta bu jarayonda o’qituvchi yo’naltiruvchi sifatida maydonga chiqadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab reja va dastur asosida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiradi. O’quvchilar esa ularni faol o’zlashtirib olishlari kerak. Ta’lim jarayonida o’qituvchi o’rgatish, bilim, malaka, ko’nikma hosil qilish vazifasini bajarsa, o’quvchilar o’zlashtirish jarayonini o’z boshidan kechiradilar. Bu murakkab psixik jarayon bo’lib, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabilar ishtirokida boradi. O’qish o’quvchilarning o’zlashtirish, bilish qobiliyatlari, fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv tomoshabinlik jarayoni emas, balki o’quvchiga noma’lum bo’lgan xaqiqatlarni ochib beradigan faol, ijodiy faoliyat jarayonidir.
Ta’limning asosiy vazifalaridan biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun asos bo’lib xizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, axborotlar hajmi tobora oshib borayotgan bir davrda ta’lim tizimi o’quvchilarga berilishi kerak bo’lgan bilimlar, malaka va ko’nikmalar hajmini belgilash hamda, o’quvchilarni xalqaro baholash dasturlarida faol ishtirok etishlari uchun psixologik omillari, iqtidor va qobiliyat imkoniyatlari xarakterlanadi. Bir xil sharoitda qobiliyatli o’quvchilar qobiliyati past o’quvchilarga qaraganda ko’proq ulkan yutuqlarni qolga kiritadi.
Ta’limning asosiy maqsadi - zamonaviy ilmiy bilimlarni egallagan, mustaqil fikrlash va muammolarni yechish imkoniyatiga ega bo’lgan ma’naviy jihatdan boy shaxslarni shakllantirishdir. Jamiyat rivojlanar ekan, hayotiy talablarning darajasi ham ortib boradi. Demak, ilmiy bilimlarning hajmi kengayib, ilmiylik darajasi chuqurlashib borar ekan, mantiqiy fikrlash va muammolarni tezda hal etishga bo’lgan talab yanada kuchayib boradi. Bu fikrdan kelib chiqqan holda ta’lim tizimi bugungi kun talabinigina hisobga olgan holda emas, balki kelajak talablarini aniqlagan va hisobga olgan holda ish olib borishi kerak degan xulosaga kelamiz. CHunki, bugungi kun talablari kelajakda jamiyatning asosiy o’zagiga aylanadi. Demak, ta’lim tizimi o’quvchilarni bugungi kundagi hayotga emas, balki kelajakdagi hayotga tayyorlashi, inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir.
Ta’limning yana bir o’ziga xos xususiyati uning tarbiyaviy xarakterga ega ekanligidir. Har qanday tarbiya asosida bilim mavjud bo’lganidek har qanday ta’lim o’zida ma’lum tarbiyaviy ta’sirni mujassamlashtiradi. Bilimlarning o’quvchining faqat fikrlash qobiliyatiga emas, balki ichki kechinmalariga, his-tuyg’ulariga, fazilatlariga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.
O’quvchilarni xalqaro baholash dasturlarida samarali ishtirok etishlari uchun ularda motivatsiya yaratish lozim. Bu xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo’lib, unga tashabbus, yo’nalganlik tashkilotchilik, qo’llab-quvvatlash kiradi. Ta’lim jarayonida o’qish motivlari "nima uchun?", "nimaga?", "qanday maqsad bilan?" kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o’quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo’l va usullar tanlashga yordam beradi. O’quv faoliyatida o’quv motivlar o’quvchilar tomonidan tanlanib, ular o’quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog’liq bo’ladi.
Xalqaro baxolash dasturlari o’quvchining aqliy kamolotini, bilish qobiliyatini, o’qishga, mehnatga bo’lgan munosabatini rivojlantirish va o’ziga bolgan ishonchni yuksaltirishni yangi pog’onaga ko’tarishni nazarda tutadi.
Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish (zarurati) O’zbekistonga nima beradi?

      • Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o’rni to’g’risida xulosalar chiqarish imkonini beradi;

  • Dunyoning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim sifatini pedagogik o’lchash texnologiyalaridan foydalanish va dunyo standartlari darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi;

  • Milliy mutaxassislarda monitoring tadqiqotlarini o’tkazish madaniyatini rivojlantirib, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlariga moslashuviga olib keladi;

  • Milliy ta’lim sifatini baholashda nazorat materiallarini xalqaro tadqiqotlarda qo’llaniladigan nazorat materiallari sifatini ta’minlovchi tizimlardan foydalanib ishlab chiqish imkonini beradi;

  • Ta’lim va uning pirovard natijalari, o’quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash, shuningdek ta’limni boshqaruv organlari va muassasalari faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga erishiladi;

  • Ta’lim sifati va o’quv-tarbiya natijalarining davlat ta’lim standartlari va kadrlar tayyorlashga qo’yiladigan milliy va xalqaro mehnat bozori talablariga muvofiqligini ta’minlash imkonini beradi;

  • Ta’lim sifati va samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ta’limning sohasini takomillashtirishda davlat siyosati va strategiyasini belgilab olishga erishiladi.



Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish