Ushbu xalqaro tadqiqotlardan PIRLS xususida ma’lumot beradigan bo’lsak, PIRLS - (inglizcha –Progress in International Reading Literacy Study – matnni o’qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlarni boshlang‘ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish va qabul qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi xodimlar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
PIRLS tadqiqotida ishtirok etayotgan davlatlar dastlab o’z oldiga bir qator savollarga javob olishga harakat qiladi:
boshlang'ich maktab bitiruvchilari boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari bilan solishtirganda qanchalik yaxshi o’qiydilar?
boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligi qanday darajalarga ega?
o’qish holati so’nggi 5 yilga nisbatan yaxshilandimi?
to’rtinchi sinf o’quvchilari o’qishni yoqtirishadimi?
jamiyat asosi bo’lmish oila savodxonlikka qanday hissa qo’shadi?
bugungi kun maktablarida “O’qish” fanini o’qitish jarayoni qanday tashkil etilgan?
boshqa davlatlarga nisbatan “O’qish” fanini o’qitish jarayoniga ko’ra farqli xususiyatlar bormi?
agar boshqa davlatlarga nisbatan farq qiladigan xususiyatlar bo’lsa, bu xususiyatlar qanday?
turli davlatlarda faoliyat yuritayotgan boshlang'ich sinf o’qituvchilari tomonidan qo’llaniladigan o’qitish usullari hamda o’z mamlakatining boshlang‘ich sinf o’qituvchilar tomonidan qo’llaniladigan o’qitish usullarini taqqoslash?
Bundan tashqari, PIRLS o’qish maqsadlarining har birida to’rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular: diqqatni jamlash va aniq ko’rsatilgan ma’lumotlarni topish, to’g‘ridan to’g‘ri xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish, kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish. Yosh o’quvchi uchun o’qish savodxonligining har ikki maqsadi ham muhim hisoblanadi. Shuning uchun PIRLS har bir o’qish turini baholashda matnlarni teng bo’lishni asosiy maqsad qilib olgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi -- jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma’no hosil qila olish qobiliyati ekan, bu borada qanday ishlarni amalga oshirmog’imiz lozim degan fikr uyg’onadi.
Buning uchun esa dars jarayonida boshlang’ich har bir o‘qituvchi PIRLS tadqiqotining topshiriqlarini o‘rgangan holda dars jarayoniga tatbiq etmog‘i lozim. Quyida esa bir namuna sifatida Yozning issiq kunlari, quyosh tikka kо‘tarilgan. Bepoyon, kо‘m-kо‘k dala kо‘ksida yonayotgan quyosh shu’lasi laxcha chо‘g‘ bо‘lib, g‘о‘zalar ustida tovlanib kо‘rinadi. Murod bilan ikkimiz mayda-chuydani kо‘tarib, katta yо‘lning shimol tomonidagi yolg‘izoyoq yо‘ldan jо‘nadik.
Ertalabki shirchoyni bobom bilan birga ichdik. О‘rtog‘imni hovli orqasidagi boqqa olib chiqdim. Bir tarafi gulzor, ikkinchi tomoni turli meva daraxtlari bilan tо‘lgan sо‘lim bog‘dan sira chiqib ketgimiz kelmas edi. Oq olma, kо‘ksulton rosa pishgan ekan, yeb turgan edik, birdan allaqanday hayvonning qichqirgani eshitildi. Murod taajjublanib atrofiga qaradi. Shu chog‘ bobomning bо‘rsig‘i esimga tushdi:
– Nimaning ovozi? – dedi о‘rtog‘im.
– Bobomning bо‘rsig‘i-ku!
– Rostdanmi? Qayerda – dedi hayron bо‘lib Murod.
– Yur, kо‘rsataman, – dedim-da, dо‘stimni boshlab, bog‘ etagidagi qafasda turgan bо‘rsiq oldiga olib bordim. Qafasda turgan bо‘rsiqni har tarafga sakratib, о‘ynatib maza qildik. Shu chog‘ tog‘am chaqirib qoldi. (G‘ayratiy)
1-vazifa. Asardan parchani sekin, yarim ovozda о‘qib chiqing.Hikoyada qahramonni hayratga solgan qanday hodisa yuz berdi?
a) g‘aroyib qush uchib keldi;
*b) allaqanday hayvonning qichqirgani eshitildi;
v) qish keldi va tabiat о‘zgacha tusga kirdi;
2-vazifa. Matndan tabiat tasvirini yorqin tasavvur etishga yordam beruvchi sifatlarni aniqlang? (Bepoyon, kо‘m-kо‘k , sо‘lim )
3-vazifa. Matndan о‘xshatish va jonlantirishlar qо‘llangan gaplarni toping.( Bepoyon, kо‘m-kо‘k dala kо‘ksida yonayotgan quyosh shu’lasi laxcha chо‘g‘ bо‘lib, g‘о‘zalar ustida tovlanib kо‘rinadi.)
4-vazifa. Mazkur matnning turini aniqlang.
a) mualliflik ertagi
*b) hikoya
v) ilmiy-ommabop maqola
O‘quvchilarning o’qish savodxonligini rivojlantirishda dars va darsdan tashqari o’qish soatlarida, to’garak mashg’ulotlarida, takrorlash darslarida yuqorida qayd etilgan topshiriqqa o’xshash vazifalardan foydalanish muhim omil sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |